14.3. Mahalliy boshqarishning korporativ modeli
Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarishning korporativ modeli turli xilda bo‗lishi mumkin. Korporativizm mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv tizimida turli xil aloqa hamda munosabatlarni chuqurlashtiradi va tartibga soladi. Bu holda munitsipal huquq mohiyatiga katta ahamiyat berish zarur. Bu yangi huquq tarmog‗i Rossiya Federatsiyasida realizatsiya jarayonida yuzaga keladigan quyidagi munosabatlarni tartibga soladi, birinchidan, «xususiy» vakolatlar o‗z-o‗zini boshqarish organlarining mahalliy hayot bilan bog‗liq bo‗lgan, ikkinchidan, alohida davlat vakolatlari. Gap, birinchi navbatda, quyidagi munosabatlarni tartibga solish haqida ketmoqda.
232
Munitsipal mulk va mahalliy xo‗jalikni boshqarishda mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish.
Xalq tomonidan o‗z-o‗zini boshqarish shaklining tanlanishi va b.
Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ularga berilgan alohida vazifalarni amalga oshirish.
Yuqoridagi aytilganlar mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlarining sistemali xarakterini namoyon etmoqda. Hammaga ma‘lumki, mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlari moddiy-moliyaviy mablag‗larni xalqning davlat tomonidan e‘tibor berilmaydigan ehtiyojlariga yo‗naltiriladi. Bunga nafaqat mahalliy xo‗jalikni, balki mahalliy hayot sifatini ham kiritish mumkin. Faqat shunday sharoitlarda mahalliy jamiyatda ziyolilarning o‗sishini, korporativ prinsiplar asosida xalqning g‗oyasi mustahkamlanishini kuzatishimiz mumkin. Bunday korporativ menejment antiinqiroz hisoblanadi, boshqaruv ideologiyasini shakllantirishga xalq oldida ularning professionalligini oshirishga yordam beradi.
Bu haqida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‗z chiqishlarida: ―Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‗zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e‘tiborni talab qiladi. Eng avvalo,
korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‗rish zarur. Chunki bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o‗rin tutadi. Mamlakatimizda ham mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega bo‗lib bormoqda. Bugun shuni tan olish zarurki, aksiyalashtirish jarayonini rivojlantirish ko‗lamining o‗sib borayotgani korporativ boshqaruv va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidan tushadigan daromadlarni
233
taqsimlash tizimi hamda xususiylashtirish jarayonining boshqa bir qator yo‗nalishlarida hal etilmagan ko‗plab muammolar mavjudligini yaqqol ko‗rsatmoqda. Bu, ayniqsa, aksiyalar paketlariga davlat egalik qilayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga taalluqlidir. Bunday jamiyatlarda aksiyadorlar, ayniqsa, minoritariylar kam hajmdagi aktsiyalarga egaligi va aksiyalar paketlarining tarqoqligi tufayli boshqaruv va qaror qabul qilish jarayonidan amalda chetda qolmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish ustidan boshqaruvni ilgarigidek direktorlik korpusi amalga oshirmoqda.
Ko‗p hollarda direktorlik korpusi, shuni ta‘kidlashimiz kerakki, o‗z faoliyatida hali-beri eski tizim qolipidan chiqolmasligi, ishni zamon talab qiladigan usulda tashkil qilishdan uzoq bo‗lishi ko‗zga tashlanadi. Bunday holat boshqaruvchi kadrlarning yuqoridan buyruq kutib o‗tirishiga, sustkashligi va tashabbus ko‗rsatmasligiga sabab bo‗lmoqda.
Bugun mamlakatimizda shunday amaliy tajriba to‗plandiki, unga ko‗ra, O‗zbekiston sharoitida yurtimiz sarmoyadorlari bilan bir qatorda chet ellik investorlar aktsiyalariga ega bo‗lgan mulkchilik shakli eng maqbul bo‗lib, har jihatdan o‗zini oqlamoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ushbu kompaniyalar O‗zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma‘lum. O‗zbekiston hududida to‗liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur o‗rganishimiz va ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur28.
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga
234
14.4. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining konsepsiyasi
Mahalliy hamjamiyatning eng ustivor rivojlantirish strategiyasi ijtimoiy strategiya hisoblanadi. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishi konsepsiyasi boshqa bir universal texnologiya bo‗lib, maqsadli rivojlanishni almashtirmagan holda oddiy usullar orqali (bozor xo‗jaligi, reforma) yashash sifatini oshirish hisoblanadi. Bunday ish yuritish, birinchidan, jahon tajribasiga mos tushadi, munitsipal hamjamiyat maqsadini iqtisodyot emas, balki ijtimoiy parametlar belgilaydi. Ikkinchidan, munitsipal ta‘lim strategik maqsadlarini tuzish va olib chiqish tizimni o‗zgartiradi. Buning asosida quyidagi loyihalar chiqadi:
birinchidan, munitsipal hamjamiyat daromadlarini oshirish, kambag‗allar yo‗q sharoitni tashkil qilish, faqat boylar va juda boylar mavjud;
ikkinchidan, salomatlikni mustahkamlash, buning natijasida aholining hayot davomiyligi 85 yoshni, bir ishchiga yiliga 1 kun kasal to‗g‗ri kelsin;
uchinchidan, ijtimoiy himoya.
Bu maqsadlarga erishish uchun korporativ usuldan foydalanish kerak. Natijada quyidagi masalalar hal bo‗ladi:
kasalliklarsiz uzoq umr ko‗rish, ijodiy va ijtimoiy faollik;
xalqning yuqori daromadi, oilalar o‗zlarini byudjetlarining faqatgina 10% ini oziq-ovqatga sarflashadi;
o‗sib kelayotgan avlod ishlayotgan xalq va pensionerlar birga teng huquqli mulkdorga aylanishadi;
xalq – o‗zi yashayotgan joyning egasi va xo‗jayini.
Birinchi marotaba munitsipal hamjamiyat maqsadlari, uni amalga oshirish mexanizmlari, yashovchilarning birlamchi qiziqishlari bilan
oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖ mavzusidagi ma‘ruzasi. ―Xalq so‗zi‖ gazetasi, 2015-yil, 17-yanvar.
235
hamohanglashgan, bu narsa zamonaviy motivlarni ochadi (faoliyatiga), boshqacha bir hayotiy sifatga o‗z-o‗zini boshqarishni rivojlantirishga olib keladi. Munitsipal hamjamiyat innovatsiyalashgan strategiyasi boshqacha bir umumjamiyat hayotiy munitsipal ta‘lim prinsiplariga asoslanadi:
Munitsipal hamjamiyat yashovchilar – bu bir chegara ostidagi joy emas, balki odamlarning ijtimoiy jamiyati.
Korporativ qiziqishlar bir oila va har bir odam qiziqishi orqali amalga oshiriladi.
Xalqning iqtisodiy mustaqilligi shaharning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yechish sharti sifatida yuzaga chiqadi.
Munitsipal hamjamiyatning regional jamiyat bilan aloqalari shartnoma asosida amalga oshirilishi.
Tadqiqot loyihasida strategiyani ishlab chiqish jarayoni va uni realizatsiya qilish texnologiyasi bir nechta bosqichlarni o‗z ichiga oladi.
Rejadan oldin:
a) strategik rejalashtirish uchun g‗oyalar o‗rganiladi. Buning asosiga hayot sifatini oshirish, salomatlikni mustahkamlash yotadi.
b) mahalliy darajada demokratik tarzda qabul qilingan qarorlar amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda munitsipal hamjamiyat holatini ijtimoiy-iqtisodiy diagnostikasi amalga oshiriladi, pozitsiya aniqlanadi – Biz kim? (soni, mashg‗uloti, daromadi va b.). Ikkinchi bosqich, strategik rivojlanishning texnologiyasini tanlash turida va bu texnologiya yashovchilarning qiziqishlariga javob berishi lozim. Texnik tarzda quyidagilar hal etiladi:
mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishini qanday tezlashtirish mumkin;
strategiyani ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda qanday tanlash zarur;
236
mavjud dasturlarni yangi strategiya asosida qanday baholash
kerak.
Uchinchi bosqich, mavjud bo‗lgan alternativlardan rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish texnologiyasi qabul qilinadi, bu holat orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:
qo‗yilgan maqsadlar uchun resurslar yetarligini;
mavjud resurslardan unumli foydalanish uchun nima qilish
kerak?
rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun aniq yo‗llar qanday, degan savolga javob beradigan turli dasturlar, metodlarning taqdim etilganligi;
munitsipal ta‘lim rivojlanish ko‗rsatkichlari qayta ishlanadi.
Bularga quyidagilar e‘tiborga olinadi:
Iqtisodiyotning agrar sektori va ishlab chiqarishni rivojlantirish maromidaligi.
Innovatsiyalarni, texnologiyalarni singdirish darajasi. Jamiyat hayotining demokratiyalashuvi.
Jamiyat fikri, tavsifnomasi, boshqaruv organlari faoliyatlarini baholash.
Munitsipal ta‘limning kadrlar tayyorlanishini baholash.
Munitsipal ta‘lim ma‘naviy va moddiy texnika bazasi holati.
Munitsipal ta‘lim regionlardagi mavjud resurslardan foydalanishning samaradorligi.
Ilm-fan, savdo, ta‘lim, sog‗liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy rivojlanishning ko‗rsatkichlari.
Ekologik vaziyat ko‗rsatkichlari.
To‗rtinchi bosqich, faoliyat texnologiyasi, unda tashkilotning resurslari, asosiy boshqaruv va tashkilotchilik modellari va ushbu modellar munitsipal ta‘lim rivojlanish strategiyasini mahalliy hokimiyat organlari, sanoat-moliyaviy tashkilotlar va munitsipal ta‘lim bilan birgalikda bog‗liqligi.
237
Umuman, munitsipal ta‘lim konsepsiyasini ishlab chiqarishda munitsipal ta‘lim xususiyatlarini aniqlash, iqtisodiy hayot xarakteristikasi va rivojlanish mexanizmlarini aniqlash ko‗zda tutiladi.
Konsepsiyada mualliflar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini, balki munitsipal ta‘limda ijtimoiy boshqaruvning vazifalarini ham aniqlab beradilar va oxirgi holatda quyidagilar baholanadi:
oila byudjeti va har birining salomatligi darajasiga qarab odamning hayot sifati;
munitsipal ta‘limda hayotiy sifat integral ko‗rsatkichlari;
ekologiya, salomatlik va aholining oziq-ovqati;
barcha yashovchilvrning daromadlari va moddiy ta‘minlanganligi;
xo‗jalik faoliyati natijalari;
ijtimoiy aloqalar holati munitsipal ta‘lim rivojlanishining inqirozga qarshi konsepsiyasida boshqa mexanizmlar taqdim etilgan.
Munitsipal ta‘lim rivojida inqirozga qarshi konsepsiyasida bir qancha mexanizm ko‗rsatilib o‗tilgan. Ulardan biri munitsipal ta‘limni korporativ boshqarish texnologiyasi. Bu loyihada bir qator moliyaviy-iqtisodiy texnologiyalar berilgan. Ularning barchasi ushbu g‗oyani realizatsiyalash uchun yo‗naltirilgan. Shunga monand loyihada quyidagilar taqdim etiladi:
munitsipal ta‘lim iqtisodiyotining normal rivojlanishini ta‘minlaydigan, uning moliyaviy infratuzilmasini yaxshilaydigan texnologiyalar;
mavjud moliyaviy resurslar hamda texnologik baza va «nou-xau»ni baholaydigan metodikalar.
Inqirozga qarshi rivojlanish strategiyasini mahalliy va, umuman, butun jamiyatni sistemali inqirozdan olib chiqishning qanday asosiy yo‗nalishi bor, degan savolga javob sifatida xo‗jalik hayotini korporativ metod orqali tashkillashtirish ta‘kidlanadi. Xo‗jalik yuritishning korporativ metodi orqali markaziy hokimiyat bilan o‗z-o‗zini boshqaruv
238
organlarining o‗zaro aloqalari muvozanatlashtiriladi, resurslarni taqsimlashda ratsional yo‗l tanlanadi va boshqalar mohiyatdan xo‗jalik yuritishning korporativ shakllari jamiyati o‗rta mulkdorlarning paydo bo‗lishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |