N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


-BOB. MUNITSIPAL MENEJMENTNING INQIROZGA QARSHI STRATEGIYASI



Download 3,44 Mb.
bet79/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

14-BOB. MUNITSIPAL MENEJMENTNING INQIROZGA QARSHI STRATEGIYASI

14.1. Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv.
14.2. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish.
14.3. Mahalliy boshqarishning korporativ modeli.
14.4. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining konsepsiyasi.

14.1. Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv

Mahalliy boshqaruv organlariga haqiqatdan ham byurokratik hokimiyat izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o‗z-o‗zini boshqarish organlarini tashkil qilish juda qiyin. Shunga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarini tashkil qilish uchun juda katta ishlar qilindi. Munitsipal ta‘lim ma‘muriyatining boshliqlari saylandi, deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida boshqaruv apparati shakllanmoqda.


Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarini rivojlantirishning oddiy bo‗lgan, faqat tepadan qarash usuli o‗zini oqlamadi. Shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, mahalliy xalq o‗z muammolarini yechishga jalb qilinishi kerak, buning uchun ularga hokimiyat vakolatlarining moddiy va moliyaviy resurslarini berish zarur. Bu holat ularda mahalliy xo‗jalikni rivojlantirishda boshqa bir prinsipial motivatsiyani uyg‗otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional yo‗llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir-oqibat o‗zlarining ijtimoiy ehtiyojlari uchun aktiv pul ishlab topish yo‗liga o‗tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani tashkil qilish kerak.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarining mahalliy hayot muammolari bilan bog‗liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni
226

boshqarish, mahalliy sanoat rivojlantirish bilan bandlar va, shuning uchun, mahalliy yashovchilar shahar, tuman ma‘muriyati oldida tilamchi, da‘vochi sifatida namoyon bo‗lmoqda. Bunday vaziyat yana mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlari davlat boshqaruv vertikalining davomiga aylanmoqda, o‗zining tub mohiyatini yo‗qotmoqda. Natijada eskirgan mahalliy boshqaruv konsepsiyasi yuzaga chiqmoqda, bu esa o‗zini oqlamaganligi sir emas.


Bunday «yuqori»dan rivojlanish konsepsiyasi jamiyatdagi inqirozning chuqurlashuvi, ayniqsa, davlat boshqaruvidagi sabablardan biri.
Vaziyat davlat tomonidan puxta o‗ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni amalga oshirish uchun mablag‗lar yetishmasligi natijasida jamiyatda
ijtimoiy norozilikning kuchayishi shaharlarning ijtimoiy infrastrukturasini yo‗q qiladi. Muammo nafaqat resurslarning yo‗qligida, balki undan samarali foydalana olmaslikda, rivojlanish mablag‗lari va boshqaruvchilarning yo‗qligidadir.
Bir so‗z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi professionallikning pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatni – mas‘uliyatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun mahalliy boyliklardan qoniqarli darajada foydalanilmaydi. Boshqa bir rivojlanish strategiyasi, ayniqsa, jamiyatni inqirozdan olib chiqadigan strategiya kerak.
Strategiya – inqirozga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi. Strategiya (grekcha strategia, strotos voysko + ago – olib boraman) – umuman, urush va kompaniyalarda olib boriladigan juda katta operatsiyalar san‘atidir. Hozirgi vaqtda «strategiya» so‗zi tagida boshqaruv hamda jamiyat muammolarini yechish bilan bog‗liq boshqaruv san‘ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi va davlat siyosati bilan juda bog‗liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya ularning bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal
227

natijalarga erishish texnologiyasini ishlab chiqishni ta‘minlab beradi. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan shaxsiy strategiyalar vujudga keladi. Bular – iqtisodiy, ijtimoiy-moliyaviy, pul-kredit, huquqiy, ma‘naviy.


Bunday holatning o‗zi tashkilotning strategik maqsadlarini aniqlaydi va bu faoliyatning alohida elementlarini, funksiyalarini qamrab oladi. Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi maqsadlarga erishish uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya‘ni tashkilotni rivojlantirish konsepsiyasi tuziladi. Bu konsepsiya esa rahbariyat uchun strategiya bo‗lib xizmat qiladi. Bunday muhitni tahlil qilishda turli xil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning ichki holati ham tahlil qilinadi Shu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi. Shundan so‗ng, tashkilotchilik qobiliyatlari ishlab chiqiladi: innovatsiyaga qodirligi, malakaviy potensial.
Bizning boshqaruvdagi kamchiligimiz (mahalliy regionlarda)dan biri kichik dasturlar doirasida ishlashimiz va doimiy muammolarimizni bosqichma-bosqich hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, bizning hamma kamchiligimiz to‗liq ishlab chiqilgan, zamonaviy strategik fikrlardan holi bo‗lgan boshqaruv inqirozi natijasidir.
Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda uzoq vaqt qolib ketgan. Shunga qaramasdan ko‗pgina professional boshqaruvchi – menejerlar paydo bo‗lishdi, o‗zlarining amaliyotlarida ular strategik rejalashtirish va konseptual usulni keng qo‗lladilar. Buning asosida innovatsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni yaratish va qo‗llash vazifasi turibdi.
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga olib tushish, o‗zlarining muammolarni hal qilish uchun o‗zlarini jalb qilish hamda mahalliy hokimiyatni mustahkamlash – antiinqiroz rivojlanishining asosiy strategiyasidir. Asosiy g‗oya – mahalliy
228

hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila olish, moddiy-texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjetni, soliq tushumlarini va boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish