13.3. Inson resurslarini boshqarishning yangi shakli
Raqobatda ustunlikka erishish bu yangilanishga qo‗yilgan birinchi qadam. Boshqaruvning yangi yo‗nalishiga ko‗ra menejer quyidagi maxsus xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak.
Qo‗l ostidagilarga e‘tibor. Ishchilarga g‗amxo‗rlik qilish, ularni samarali mehnat qilishga undash, ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish kabi boshqaruvning asosiy vazifalaridan biridir. Boshqaruvchini ishchilarga nisbatan «ochiq eshiklar» siyosatini olib borishi korxona yuksalishining garovidir.
Iste‘molchilar talabini o‗z vaqtida o‗rganish va ularni qondirishga intilish. Talabni doimiy o‗rganish bu menejerning asosiy vazifalaridan biri bo‗lib, yangiliklarni qo‗llash orqali iste‘molchilar talabini o‗z vaqtida qondirish imkonini beradi.
Faoliyat jarayonida tashkiliy madaniyatni shakllantirish. Samarali tashkiliy madaniyat tarkibiga quyidagilar kiradi:
o‗zaro fikr almashish;
shaxsga bo‗lgan e‘tibor;
buyuk insonlarni tan olish;
223
turli urf-odatlarni hurmat qilish va ishonish;
yozilgan qonun-qoidalarga rioya qilish;
ishchilar qilayotgan har bir ish boshqalar uchun muhimligini ko‗rsatish.
Barcha imkoniyatlar va kamchiliklarni o‗rgangan holda tuzilgan uzoq muddatli reja korxonalarning doimiy hamrohi bo‗lishi kerak. Boshqaruvchilar korxona faoliyatining texnik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy aspektlarini bir butun holatda ko‗rib chiqishi kerak. Bu aspektlarning har biri o‗zaro to‗ldiruvchi bo‗lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy menejer muammolarni yechishda o‗z qo‗l ostidagilarning fikrlarini ham inobatga olishi kerak.
Yuqorida keltirilgan faktlar inson resurslarini boshqarishning yangi shakllarini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Bunday jarayon faqatgina yuqori madaniyatli tashkilotlarda samarali tatbiq qilinishi mumkin.
Yapon tajribasi ta‘siri ostida AQSh menejerlari qaror qabul qilishni individual variantidan jamoa usuliga o‗tishmoqda. Tashkilotda motivatsion iqlimning mavjudligi menejerni o‗z faoliyatiga bog‗liq xususiyatlarni rivojlantirishga undaydi. Bu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda kuchli menejer o‗z-o‗zini obyektiv baholashga intiladi.
Qisqa xulosalar
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, yuqoridagi manbalarda ―Shaxs‖ tushunchasi va uning ahamiyati, ijtimoiy menejer xususiyatlari, superliderning beshta umumiy xususiyatlari to‗g‗risida ma‘lumotlar berilgan. Rahbar madaniyati deganda rahbar adabi va iqtidori o‗rtasidagi dialektik bog‗lanish tushuniladi. Ijtimoiy menejer – qobiliyatli ijodkor shaxs. Ijtimoiy menejerning shaxsiy sifatlari, ijtimoiy liderligi o‗zini-o‗zi anglashi va o‗zini-o‗zi rivojlantirishi zamonaviy imkoniyatlardan foydalanishi eng muhim, dolzarb vazifalardan sanaladi.
224
Do'stlaringiz bilan baham: |