8.3. Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish
Bashorat ijtimoiy ko‗ra bilish shakli sifatida u yoki bu maqsadlarga erishishning imkon darajasini ifodalaydi. Bunda bashorat ham boshqariluvchi, ham boshqarilmaydigan jarayonlarni qamrab olishi mumkin va shart.
Boshqaruv jarayonida bashoratlar qator funksiyalarni bajaradi: mo‗ljallash, me‘yoriy, ogohlantiruvchi va b. Ular boshqaruv organlarining istiqbolli muammolarini yechishga yo‗naltiriladi, bashorat modelini amalga oshirish mumkin bo‗lgan sharoitlarni aniqlaydi, ulardan mumkin bo‗lgan chetlashtirishlar haqida ogohlantiradi. Shunday qilib, bashoratlar butun boshqaruv jarayonining zarur elementi sifatida namoyon bo‗ladi, uning maqbullashishiga ko‗maklashadi.
Ijtimoiy organizmdagi aloqalarni qiyinlashtiruvchi va jamiyat dinamikasini oshiruvchi ilmiy-texnika inqilobi sharoilarida bashorat
155
qilishning roli va ahamiyati ortadi. Ilmiy-texnika inqilobi boshqaruv subyekti faoliyat natijalarining mumkin bo‗lgan rivojlanishini aniq oldindan ko‗ra bilishni talab qiladi.
Bashorat qilish, modellashtirish sifatida ham bu murakkab ilmiy-tadqiqot va mantiqiy-konstruktiv faoliyatdir. U shunday tashkil etilishi kerakki, boshqaruv qarorlarini tayyorlashda zarur axborot berishi kerak. Ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda bashoratlarning ahamiyati shundan iboratki, ular rejadan oldingi hujjatlar sifatida namoyon bo‗ladi. Shubhasiz, bashorat qilish va modellashtirish uslublari XXI asrda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma‘lum o‗rin egallaydi.
Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va bashorat qilish – o‗zaro uzviy bog‗liq faoliyat turlari: ma‘lum ma‘noda bashoratni kelajak modeli sifatida qarash mumkin. Modellashtirish uslubi bashorat qilish faoliyatida keng qo‗llaniladi.
Nazariya va amaliyotda turli ekspert baholash uslublari ham ma‘lum. Ular bashorat qilish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda keng qo‗llaniladi.
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruv jarayoni qiyinchiliklarining o‗sishida boshqaruvga xizmat qiluvchi maxsus mehnat turi - konsultativ mehnat shakllanmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ekspert baholarini ishlab chiquvchi va rahbarlarga maslahatlar beruvchi ko‗pgina jamiyatlar, idoralar, tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ko‗pchilik olimlar boshqaruv bo‗yicha mutaxassislar va tashkilot rahbariyati o‗rtasida kommunikatsiyalar tizimini yaratish kerak degan fikrda.
Kompaniyalarni boshqarish tuzilmasiga tez-tez biror batlar orqalariga mas‘ul bo‗lmagan va hokimiyat tomonidan berilmagan figura (informal man) kiritilmoqda. U prezident yoki bosh boshqaruvchining maslahatchisi, mustaqil ekspert bo‗ladi. U kompaniyalardagi narsalar holatini biror-bir bo‗linma yoki xizmat pozitsiyasidan emas, balki keng strategik masshtabda baholaydi. Shartnoma asosida boshqaruv bo‗yicha
156
konsultativ firmalardan jalb qilinadigan mutaxassislardan farqli ravishda bu ekspert bosh rahbariyatning ishongan odami hisoblanadi. Undan ish holatiga sezilarli ta‘sir qiluvchi keng masshtabli muhim maslahatlar, obyektiv baholar talab qilinadi.
Mustaqil ekspertizaning xilma-xilligi sifatida kompaniya direktorlar kengashiga iqtisodiyot, bozor munosabatlari, moliya, kapital, ijtimoiy boshqaruv masalalari bo‗yicha ixtisoslashgan olimlar kiritiladi. Institut yoki ilmiy tadqiqot markazida doim ishlovchi olim bir vaqtning o‗zida kompaniya direktorlaridan biri hisoblanadi. Ma‘lum ish qismiga javob bermay va kelajakda biror-bir alohida ishlab chiqarish funksiyasi bilan bog‗liq bo‗lmay, u oliy rahbariyat qarorlari xarakteriga ta‘sir qilishi mumkin.
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish yo‗llari va vositalari ko‗rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik tadqiqotlar rolini ham ko‗zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning faoliyatida yordam beruvchi o‗rganilayotgan obyekt to‗g‗risida axborot yig‗ish ta‘minlanadi, uning xarakterli jihatlari va rivojlanish tendensiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga ta‘sir qilish mexanizmini o‗rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga, boshqaruv qarorlari odamlar fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida qanday aks etishini, ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoalardagi munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini kuzatishga ham yordam beradi.
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo‗llaniladi. Bu uslub o‗rganilayotgan jarayonlar va hodisalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari to‗g‗risida axborot beradi. Bunday axborot juda zarur, lekin jarayon va hodisalarning chuqur mohiyatini ochish uchun
157
yetarli emas. Zamonaviy bosqichda haqiqatni aniq o‗rganishning barcha uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |