N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo„linishi



Download 3,44 Mb.
bet59/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

9.4. Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo„linishi

Boshqaruv kadrlariga boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi yoki ularning amalga oshishiga ko‗maklashuvchi ishlovchilar, ya‘ni boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlar kiradi.


Menejer – bu maxsus tayyorgarlik ko‗rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo‗lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo‗lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma‘muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Boshqaruv pog‗onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo‗linadi.


  • Yuqori pog‗onadagi menejerlar.




  • O‗rta pog‗onadagi menejerlar.




  • Quyi pog‗onadagi menejerlar.

Yuqori pog‗onadagi menejerlar firma istiqbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi. Bir so‗z bilan aytganda, firma andozasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.

179

O‗rta pog‗onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o‗zlashtirish texnologiyasini qo‗llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug‗ullanadi.


Quyi pog‗onadagi menejerlar quyi bo‗g‗inda, masalan, sex, bo‗lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To‗g‗ri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo‗lish shart emas. Shu xususdan, orkestrni boshqaruvchi dirijyor musiqa asboblarining egasi bo‗lmasa ham o‗z ishini qilaverishini eslash o‗rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o‗zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish quruvchi menejer bajaradi.
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o‗z ishining ustasi farang bo‗lgan maxsus ijtimoiy toifa menejerlar toifasi paydo bo‗ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Ular g‗oyat murakkab, o‗ta mas‘uliyatli ish bilan shug‗ullanishi, firmaning hayot-mamotiga javobgar bo‗lgani uchun yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar.
Boshqaruv kadrlarining turli tavsiflari mavjud: lavozim buyrug‗i bo‗yicha, boshqaruv iyerarxiyasidagi darajalar (pog‗onalar) bo‗yicha, maxsus malakasi bo‗yicha, ishlab chiqarish sohalari bo‗yicha va h.k. Lekin bazaviy tasnif bo‗lib, ishlovchilarning qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonidagi tasnifi hisoblanadi. Bu belgi bo‗yicha boshqaruv kadrlari uch katta guruhga bo‗linadi: rahbarlar, mutaxassislar va yordamchi personal.
Rahbarlar - jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning alohida bo‗g‗inlari ishini yo‗naltiruvchi, qo‗yilgan vazifalar va maqsadlarga erishish bo‗yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi xodimlar. Rahbarlar chiziqli va funksional turlarga
180

bo‗linadi. Chiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas‘ul, hamjihatlik asosida harakat qiluvchi shaxslar. Funksional rahbarlarga boshqaruv tizimida ma‘lum funksional ish qismi uchun mas‘ul va boshqaruvning aniq funksiyalarini amalga oshiruvchi bo‗linmalarga boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar, shuningdek, boshqaruv darajalari bo‗yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar quyi (sexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o‗rta (korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo‗mitalar raislari) bo‗g‗inlar rahbarlari hisoblanadi.


Mutaxassislar - maxsuslashtirilgan xodimlar bo‗lib, ular mavjud bo‗lgan axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarini hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv funksiyalarini va ularning kasbiy tayyorgarligi bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar, turli kategoriya, darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga muhandislar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar, psixologlar va boshqalar kiradi.
Yordamchi-texnik personal-rahbarlar va mutaxassislar faoliyatiga xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar. Ularni qoida bo‗yicha, alohida boshqaruv operatsiyalariga qarab tasniflanadi. Bunday xodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi. Texnik xodimlar tor va aniq kasbiy tayyorgarlikka ega, rahbarlar va boshqaruv mutaxassislariga texnik yordamni ta‘minlash, xususan, boshqaruv qarorlarini qayta ishlash va amalga oshirish yordamida ta‘minlashga chaqirilgan.
Boshqaruv kadrlarini bunday tasniflash har bir xodimga aniq talablar qo‗yish va bunday xodimlarni tanlash, tayyorlash va ishlatish tizimini tashkil etishga imkon beradi. Bevosita menejerning qo‗l ostida bo‗lgan odamlar soni boshqaruv me‘yori yoki nazorat sohasi deyiladi. Agar bevosita menejerning qo‗l ostidagi odamlar soni ko‗p bo‗lsa, u
181

yuqori boshqaruv me‘yoriga ega bo‗ladi, bu son kichik bo‗lsa, menejerning boshqaruv me‘yori past bo‗ladi. Tabiiyki, qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun qancha kam menejer talab qilinsa, ular shuncha yuqori boshqaruv me‘yoriga ega bo‗ladi.


Boshqaruv me‘yorining shakllanishiga qator omillar ta‘sir etadi. Ular orasida boshqaruvchining individual psixologik qobiliyat, kasb darajasi va xodimlar madaniyati, ularni rag‗batlantirish turlari va kasbiy faoliyati kasb omillar mavjud. Odatda, yuqori malakali xodimlar kichik malakali xodimlarga nisbatan kamroq boshqaruvga muhtoj. Shuning uchun, yuksak malakali tashkilot menejeri yuqori boshqaruv me‘yoriga ega bo‗lishi mumkin.
Boshqaruv me‘yori tashkilotdagi iyerarxik darajalar soni bilan, ya‘ni uni vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori tuzilma past boshqaruv me‘yori va ko‗p iyerarxik darajalarga ega bo‗ladi, pastdagisi esa yuqori boshqaruv me‘yori va kam iyerarxik darajalariga ega bo‗ladi. Yuqori tuzilmalar ko‗p mablag‗ talab qiladi, ish muomalasi va qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, majburiyat va mas‘uliyat aniqligini qiyinlashtiradi. Har qanday ijtimoiy tashkilotda rasmiy tuzilmalardan tashqari o‗zaro munosabatlar tizimi mavjud. Ular norasmiy guruhlarda, shaxslararo darajada xodimlar o‗rtasida paydo bo‗luvchi o‗zaro aloqalar tarmog‗idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma sifatida xarakterlanadi. Bu ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy tuzilmalarning maqbul variantini yaratish sohasining mutaxassislari bo‗lgan ijtimoiy menejerlarning diqqat markazidagi obyektdir.
Boshqaruv tuzilmasi shunday bo‗g‗inlarni o‗z ichiga oladi: umumiy boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari va boshqaruvning texnik vositalari. Bazaviy boshqaruv tuzilmasi - chiziqli funksional boshqaruv kombinatsiyasi asosida shakllanadi. Boshqaruv organlari boshqaruvning eng asosiy elementi hisoblangan boshqaruv kadrlaridan shakllanadi. Boshqaruv tuzilmasining keyingi
182

tarkibiy qismi - boshqaruv mehnati samaradorligini oshirishni ta‘minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish