N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment



Download 3,44 Mb.
bet47/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

7.3. O„z-o„zini boshqarish

O‗z-o‗zini boshqarish muammosini o‗rganishda qator savollar paydo bo‗ladi: o‗z-o‗zini boshqarishni qanday tushunish kerak va uni namoyon bo‗lishining ichki va tashqi shakllari qanday? Zamonaviy sharoitlarda o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanish darajasi qanday? Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilma, xo‗jalik hisobi munosabatlari o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanganlik darajasiga qanday bog‗liq?


O‗z-o‗zini boshqarish insonning, mehnat jamoasi boshqaruv faoliyatining obyektidan uning subyektiga aylanish jarayoni sifatida namoyon bo‗ladi. Bu boshqaruvni tashkil qilishning alohida varianti bo‗lib, bunda uning har bir ishtirokchisi unga berilgan vakolatlar doirasida masalalarini o‗zi hal qiladi.
Yangi xo‗jalik mexanizmi ijtimoiy tashkil etishning turli bosqichlarida o‗z-o‗zini boshqarishning o‗rnatilishi va rivojlanishi kafolatini ko‗zda tutadi.
Bozor tuzilmalarida o‗z-o‗zini boshqarish xarakteri uning namoyon bo‗lishidan qat‘i nazar o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanishi va

147


mukammallanishi uchun ko‗maklashadi. Chunki ishlab chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining shaxsiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaati tashkilotni boshqarish samaradorligiga bog‗liq. Jamoaviy moddiy va ma‘naviy manfaatdorlik barcha boshqaruv subyektlarini jamiyat faoliyatining barcha jabhalarida, jamoatchilik asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashishga chorlaydi. Mehnat va iste‘mol ustidan nazorat va hisob-kitobni o‗tkazishda ishtirok etish, tovar-moddiy qimmatliklarni saqlash majburiy bo‗lib qoladi. Shunday qilib nazorat funksiyasi o‗z-o‗zini nazorat qilishga aylanadi.
O‗z-o‗zini boshqarish nafaqat boshqaruv subyekti tomonidan u yoki bu qarorlarni mustaqil qabul qilishni, balki ularning bajarilishini ham nazarda tutadi. Undan tashqari, jamoaning har bir a‘zosi qarorlarning bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas‘uliyat his qiladi.
O‗z-o‗zini boshqarish faqat har bir ishchi yoki mehnat jamoasi o‗zini mulk subyekti sifatida iqtisodiy sharoitlardagina amalga oshirish mumkin. O‗z-o‗zini boshqarish sharoitlarida mehnat bilan boshqaruv mulkiy munosabatlar orqali birlashadi. Chunki ularning amalga oshishining iqtisodiy shakli bo‗lib korporatizm hisoblanadi. Lekin korporativ o‗z-o‗zini boshqarish katta mehnat bilan amalga oshiriladi. Jarayonning sekinlashuvida, umumiy sabablari bilan bir qatorda, mehnat jamoalari ichida individual sabablar ham mavjud. Undan tashqari, amalda mustaqillik va o‗z-o‗zini boshqarish orasidagi munosabatni aniqlash mushkul.
Jamoa ishtirokidagi boshqaruv tahlili shuni ko‗rsatdiki, ishlovchilarning bir qismi boshqaruv bilan faol shug‗ullanadi, qolgan qismi (ko‗pchiligi) esa sust. Mehnat jamoasi yetarlicha miqdorda axborotga ega bo‗lmay turib nafaqat boshqaruv qarorlari qabul qilish, balki ularni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish, nazorat funksiyasini sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi.

148


O‗zini o‗zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir o‗z huquqlarini ro‗yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‗maklashadi, o‗z hududlaridagi ijtimoiy va xo‗jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‗tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O‗zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‗zbekiston Respublikasi hukumatining, xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
O‗zini o‗zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo‗yicha tuziladi. Ular ish olib boradigan hududlarni fuqarolarning takliflariga ko‗ra tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolarning yig‗ini (yig‗ilishi):


  • o‗zini o‗zi boshqarish organining faoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasi, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;




  • rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo‗nalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;




  • o‗z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun aholining, tashkilot va muassasalarning mablag‗larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;




  • pul mablag‗lari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur bo‗lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlaydi;




  • qonunlarda belgilangan tartibda o‗z hududida kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini tashkil etish masalalarini ko‗rib chiqadi;




  • yig‗inning, ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini o‗zgartirishga, ko‗cha, maydon va boshqa joylarning nomini o‗zgartirishga doir masalalrni ko‗rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;

149


  • O‗zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shunday qilib, bozor munosabatlariga o‗tish davrida, tashkiliy-iqtisodiy o‗zgarishlar bilan bir qatorda, demokratiyalashtirish va o‗z-o‗zini boshqarish muammolari birinchi o‗ringa ko‗tarilmoqda. Mehnat jamoasi tashkilotning o‗z-o‗zini boshqarish tizimiga kirgandagina o‗z-o‗zini boshqarish imkoniyati tug‗iladi. Umuman, odamlarni majmuaviy rag‗batlantirish texnikasi uchta asosiy guruh usullaridan iborat:




      1. Ishlovchilarga yo‗naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar

kiradi:



    1. ishlovchi oldiga aniq maqsadlarni qo‗yish (masalan, ishlab chiqarish me‘yorini oshirgan ishchilarga mukofotlar to‗lanadi);




    1. xulq-atvor modifikatsiyasi (inson xulq-atvorini yaxshilash maqsadida mukofot va jazo qo‗llash);




    1. qayta tayyorlash (istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan o‗qitish).




      1. Ishga yo‗naltirilgan usullar. Bular:




  1. ish joylarini mukammallashtirish va ishlovchilar faoliyati sohasini kengaytirish;




  1. egiluvchan ish grafigi (bunday ish rejimida ishlovchi, ish boshlash va tugatish vaqtini mustaqil rejalashtiradi);




  1. uy ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish (ofisga ulangan telefon, kompyuter yoki faksda uyda ishlash);




  1. ishdan bo‗shatishlar sonini kamaytirish uslublari sifatida ish vaqtini qisqartirish va funksional og‗irlikni bo‗lish.




    1. Tashkilotga yo‗naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi:

a) xizmatchilar vakolatlarini kengaytirish (ishlovchilarga tashkilotning kundalik ishlarida qatnashish uchun keng imkoniyatlar berish);




  1. maqsadlarga erishishda ishtirok etish (jamoa ishining muvaffaqiyatli natijalari uchun muntazam pul mukofotlari olish).

150


Qisqa xulosalar

Ijtimoiy menejment usullari mohiyati. Boshqaruv ta‘siri usullari yig‗indisida ularning o‗rni va roli. Har xil yondashuvlar, yo‗sinlar, yo‗llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmuasi boshqaruvning aniq va o‗ziga xos usullari deb yuritiladi. Boshqaruv usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta‘sir ko‗rsatish usullari bo‗lib, bu usllar qo‗yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‗unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‗llari majmuasidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish masqadida biror-bir organning yoki rahbarning bo‗ysi-nuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta‘sir ko‗rsatish usuli va yo‗llari majmuasidir. Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o‗ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‗l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda, u o‗z vazifalariga muvofiq ish ko‗radi


Tashkiliy-ma‘muriy usullar boshqaruv organlarining o‗zaro bog‗lanib ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi obyektlarga ma‘muriy ta‘sir ko‗rsatishning butun mexanizmini xarakterlaydi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‗lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma‘naviy vaziyatga ta‘sir etish yo‗li bilan kishilarning fe‘l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, sotsial-ruhiy metodlar – bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi ―psixologik iqlimni‖, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‗rganishga

151


asoslangan usullardir. O‗z-o‗zini boshqarish - ijtimoiy menejmentning eng samarali usullaridan biri. Turli usullarni birlashtirish zarurati - ijtimoiy menejment tamoyili.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish