N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va


  Obyekt tabiatining fizikaviy tavsifi



Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/229
Sana23.09.2021
Hajmi10,21 Mb.
#183066
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   229
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)

1.4.1.  Obyekt tabiatining fizikaviy tavsifi

Har  qaysi  matematik  modelning  qurishi  modellashtirish 

obyektining 

fizikaviy 

tavsifi 

qurishdan 

boshlanadi. 

Bunda 


modellashtirish  obyektida  modelda  aks  etishi  lozim  bo‘lgan  yuz 

berayotgan  «elementar»  jarayonlar  ajratiladi  va  ularning  tavsifida 

qabul  qilinadigan  asosiy  farazlar  ifoda  etiladi.  0 ‘z  navbatida, 

hisobga  olinadigan  «elementar»  jarayonlar  ro‘yxati  obyektni 

tavsiflaydigan  matematik modelga kiritiladigan  hodisalar  majmuini 

aniqlaydi.  Bu  holda  «elementar»  jarayon  deb  ma’lum  hodisalar 

sinfiga  tegishli  fizik  -  kimyoviy  jarayon  tushuniladi,  masalan, 

modda  almashish,  issiqlik  o ‘tkazish  va  h.k.  Bu  yerda  «elementar» 

jarayonlar  nomi  aslo  bu  jarayonlar  eng  sodda  va  murakkab 

bo‘lmagan 

tenglamalar 

bilan 


tavsiflanadi 

degan 


ma’noni 

anglatmaydi.  Shunday  qilib,  modda  almashish  hozirgi  vaqtgacha

43

www.ziyouz.com kutubxonasi




to‘liq  tugatilmagan  butun  bir nazariya  predmetidir.  Bu  nom  bunday 

jarayonlar  ancha  murakkab  boiib,  butun  kimyo  -  texnologik 

jarayonning tashkil etuvchilari ekanligini  anglatadi.

Odatda,  kimyo-texnologiya  obyektlarini  matematik  modellash- 

tirishda quyidagi  «elementar» jarayonlar  inobatga olinadi:  1)  fazalar 

oqimining  harakati;  2)  fazalararo  modda  almashish;  3)  issiqlik 

o‘tkazish;  4)  agregat holatining  o‘zgarishi  (bug'lanish.  kondensatsi- 

yalash, erish  va sh.o‘.); 5) kimyoviy o ‘zgarishlar.

Modelda  «elementar»  jarayonlaming  matematik  tavsifining 

to‘liqligi  ulaming  butun  kimyo-texnologik  jarayondagi  roliga, 

o‘rganish  darajasi,  obyektdagi  «elementar»  jarayonlarning  o ‘zaro 

bog‘lanish  chuqurligiga  va  barcha  tavsifning  istalgan  aniqligiga 

bog‘liq.  «Elementar» jarayonlaming o‘zaro  bog‘liqligi juda murakkab 

bo‘lishi  mumkin.  Shuning  uchun  amalda  aloqalar  xarakteri  nisbatiga 

ko‘pincha  turli  farazlar  qabul  qilinadi,  bu  esa  modelga  to‘liq 

o‘rganilmagan  bogMiqliklami  kiritish  zarurati  va  tavsifming  ortiqcha 

murakkablashtirishdan xalos bo‘lish imkonini beradi.

Masalan,  aralashmalarni  rektifikatsiya  jarayonini  fizik  tavsif- 

lashda  quyidagi  «elementar»  jarayonlar  ajratiladi:  1)  kolonnada 

suyuqlik  va bug‘  oqimlarining gidrodinamikasi; 2)  suyuqlik va bug‘ 

orasida  modda  almashish;  3)  suyuqlik  va  bug‘  orasida  issiqlik 

uzatish;  4)  suyuqlikning  bug‘lanishi  va  bug‘ning  kondensatsiya- 

lanishi.  Barcha  ko‘rsatilgan  «elementar»  jarayonlar  yoki  tarelkada 

yoki  kolonnalarning  nasadkali  seksiyasida  bo‘lib  o‘tadi  va  o ‘zaro 

to‘g‘ri  bog‘langan.  Bu  jarayonlarini  to‘liq  tavsifi  o‘ta  murakkab 

tenglamalar,  tizimlar  bilan  ifodalanadi.  Faqatgina  Nave-Stoks 

tenglamasi yordamida tarelakadagi  (yoki  nasadkada)  suyuqlik oqimi 

gidrodinamikasining  tavsifi  yechimi  jihatidan  o‘ta  murakkab 

bo‘lgan  hisoblash  masalasini  anglatadi.  Suyuqlik  va  bug‘  orasidagi 

oqimlar  modda  almashishini  to‘liq  tavsiflash  masalani  yechish  ham 

murakkablik  jihatidan  undan  kam  emas.  Shu  bilan  birga  bu 

masalalar  birgalikda  yagona  tenglamalar  tizimi  sifatida  yechilish 

kerak.  Bundan  kelib  chiqadiki,  oqilona  soddalashtiruvchi  farazlarsiz 

bu  masalalarni  yechib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  odatda  bug‘  va 

suyuqlik  oqimlar  harakati  haqida  ideallashtirilgan  ifoda  qabul 

qilinib (bug‘  to‘liq siqib chiqish rejimida harakatlanadi,  suyuqlik esa 

tarelkada  to‘liq  aralashadi),  modda  almashishni  esa  bo‘linish

44

www.ziyouz.com kutubxonasi




pog‘onalari  samaraligi  orqali  ifodalanadi.  Ko‘pincha  modda 

almashishni  aks  ettiruvchi  ifodalar  yarim  empirik  usullar  bilan 

aniqlanadi  yoki  bo‘linishning  har  bir  pog‘onasida  muvozanatga 

erishilishini hisobga olib, umuman,  inobatga olinmaydi.

Ayrim  hoilarda  modellashtirish  obyektining  fizik  tavsifi 

matematik  modellashtirish  natijasida  o‘rnatilishini  aytib  o‘tish 

kerak.  Masalan,  obyektda  bo‘lib  o‘tayotgan  jarayonlar  mexanizmi 

haqidagi 

ayrim 

gipotezalami 



tekshirish 

uchun 


matematik 

modellashtirish  qo‘llanadi.  Buning  uchun  model  tarkibiga  keyingi 

modellashtirish  natijalari  bo‘yicha  u  yoki  bu  fizik  farazning 

haqqoniyligi  haqida  hukm  chiqarish  uchun  tadqiqlanayotgan 

bog‘liqliklar  kiritiladi.  Masalan,  katalitik  kimyoviy  o‘zgarishlar 

mexanizmlari  tadqiqotchilarga  ko‘pincha  noma’lum.  Matematik 

modelga  u  yoki  boshqa  kimyoviy  reaksiyaning  o‘tish  mexanizmini 

kiritib  va  modellashtirish  natijalarini  tajribadagi  natijalar  bilan 

solishtirib,  haqiqiyga eng yaqin mexanizmini topish  mumkin.


Download 10,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish