N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va


  Obyektning matematik tavsifini tuzish



Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/229
Sana23.09.2021
Hajmi10,21 Mb.
#183066
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   229
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)

1.5.  Obyektning matematik tavsifini tuzish

Matematik  tavsifni  tuzishda  blokli  tamoyil  umumiy  usul 

hisoblanadi.  Bu  tamoyilga  muvofiq,  matematik  tavsifni  tuzishdan 

oldin  modellashtirish  obyektida  bo‘lib  o‘tadigan  alohida  «ele- 

mentar» jarayonlar  tahlil  qilinadi.  Bunda  har  bir  «efementar»  jara- 

yonni  o‘rganish  bo‘yicha  tajribalar  modellashtirish  obyektning 

ishlash  sharoitlariga  maksimal  yaqinlashadigan  sharoitlarda  o‘tka- 

ziladi.


Avval 

matematik 

tavsifning 

strukturasi 

asosi 

sifatida 



jarayonning  gidrodinamik  modeli  tadqiq  qilinadi.  Keyin  topilgan 

modelning gidrodinamik  sharoitlarini  hisobga olgan  holda kimyoviy 

reaksiyalar,  modda va  issiqlik o ‘tkazishIarning kinetikasi  o‘rganiladi 

va  bu  jarayonlar  har  birining  matematik  tavsifi  tuziladi.  Bu  holda 

barcha  tadqiqlangan  «elementar»  jarayonlar  (bloklar)  tavsiflarini 

yakuniy  bosqichi  -   modellashtirish  obyektining  matematik  tavsifini 

yagona  tenglamalar  tizimiga  birlashtirishdir.  Matematik  tavsifning 

qurislmi  blokli  tamoyilining  yutug‘i  shuki,  undan  apparaturali 

rasmiylashtirishning  yakuniy  varianti  hali  noma’lum  bo‘lgan 

obyektni  loyihalash  bosqichida  foydalanish  mumkin.  Matematik

45

www.ziyouz.com kutubxonasi




tavsifmi tuzish usullari.  Ko‘rsatilgan  usullarga  analitik,  tajribaviy  va 

tajribaviy-analitiklar kiradi.

Matematik  tavsifini  tuzishning  analitik  usullari  deb  odatda 

tadqiqlanayotgan  obyektda  bo‘lib  o ‘tayotgan  fizik  va  kimyoviy 

jarayonlaming 

nazariy 


tahlili 

hamda 


qayta 

ishlanayotgan 

moddalarning  tavsiflari  va  berilgan  apparaturaning  konstruktiv 

parametrlari  asosida  statika  va  dinamika  tenglamalarini  chiqarish 

uslublariga  aytiladi.  Bu  tenglamalami  chiqarishda  modda  va 

energiyani  saqlash  fundamental  qonunlaridan  hamda  modda  va 

issiqlik,  kimyoviy  o ‘zgarishlar  jarayonlarining  kinetik  qonuniyat- 

laridan  foydalaniladi.

Analitik  usuilari  yordamida  matematik  tavsifni  tuzish  uchun 

obyektda  qandaydir  tajribalar  o ‘tkazish  kerak  bo‘lmaydi,  shuning 

uchun  bunday  usullar  yangi  loyihalanadigan  fizik-kimyoviy 

jarayonlari  yetarli  darajada  yaxshi  o‘rganilgan,  statik  va  dinamik 

tavsiflarini topish uchun yaroqli bo‘lgan obyektlarga qo‘llanadi.

Tuzilgan  tenglamalaming  parametrlari  (koeffitsiyentlari)  kim- 

yo-texnologik  apparatning  aniqlovchi  oTchamlariga  (diametri, 

uzunligi  va  sh.o‘.),  fizik-kimyoviy  jarayonlarni  yuz  berishini 

tavsiflovchi  qayta  ishlanadigan  moddalarning  xossalari  va  miqdor- 

lariga  (reaksiyalar tezligi  konstantalar,  diffuziya  koeffitsiyentlari  va 

b.)  bogTiq.  Tenglamalaming  ayrim  parametriari  hisobiy  yo‘1  bilan 

aniqlanishi  mumkin,  boshqalari  oldin  bajarilgan  tadqiqotlar 

natijalari  bo‘yicha  o ‘xshashlik  tamoyili  yordamida  topiladi. 

Matematik  tavsifni  tuzishni  analitik  usullarining  kamchiligi  sifatida 

obyektni  yetarli  toTiq  tavsifidan  kelib  chiqqan  tenglamalar  tizimini 

yechishning qiyinligini ko‘rsatish mumkin.

Matematik  tavsifni  tuzishning  eksperimental  usuli  kirish  va 

chiqish  o ‘zgaruvchilari  tor  «ishchi»  o‘zgarish  diapazonida  o ‘zgar- 

ganda  obyektlarni  boshqarish  va  tadqiq  qilish  uchun  qoTlaniladi 

(masalan,  ayrim  texnologik  parametrlarni  avtomatik  stabillash 

tizimini  qurishda).  Bu  usullar  ko'pincha  obyekt  parametrlarining 

chiziqliligi  va mujassamlashganligi  haqidagi  farazga asoslanadi.  Bu 

farazlami  qabul  qilish  kuzatilayotgan  jarayonlarni  algebraik  yoki 

chiziqli  differensial  doimiy  koeffitsiyentli  tenglamalar  bilan 

nisbatan  oddiy  tasniflashga  imkon  beradi.  Matematik  tavsifni

46

www.ziyouz.com kutubxonasi




tuzishga  tajribaviy  yondashuvda  o‘rganilayotgan  obyektda  bevosita 

tajribalarni qo‘yish doim talab etiladi.

Tajribaviy usullaming  afzalligi -  obyekt xossalarini  yetarli  aniq 

tavsifida  parametrlarni  o ‘zgarish  tor  diapazonida  olinadigan 

matematik  tavsifining  soddaligidir.  Tajribaviy  usullaming  asosiy 

kamchiligi  -   obyektning  konstruktiv  tavsiflari,  jaryonning  rejimli 

parametrlari,  moddalarning  fizik-kimyoviy  xossalari  va  tenglamaga 

kiruvchi  sonli  parametrlari  orasida  funksional  aloqani  tiklab 

bo'lmasligidir.  Bundan  tashqari,  tajribaviy  usul  bilan  olingan 

matematik  tavsiflarni  boshqa  bir  xil  turli  obyektlarga  yoyish 

mumkin emas.

Matematik  tavsifini  tuzish  analitik  va  tajribaviy  usuliarining 

«kuchli»  va  «kuchsiz»  tomonlarini  borligi  kombinatsiyalangan 

tajribaviy-analitik usulini  ishlab  chiqish  zaruratiga  olib  keldi.  Uning 

mohiyati  tavsifning  tenglamalarini  analitik  tuzish,  eksperimental 

ladqiqotlar  o‘tkazish  va  ular  natijalari  bo‘yicha  tenglamalaming 

parametrlarini  lopislulan  iborat.  Matematik  tavsifini  olishga  bunday 

yondashishda  tajribaviy  va  analitik  usullaming  ko‘p  ijobiy 

xossalarini saqlab qoladi.

M atem atik  tavsifining  tarkibi.  Shaklan  matematik  tavsif 

o‘zida 

tenglamalarning 

yagona 

tizimiga  jarayonning 

turli 

o‘zgaruvchilarini  bog‘lovchi  bog‘lanishlar  majmuini  ifodalaydi.  Bu 



bog‘lanishlar  orasida  umumiy  fizik  qonunlami  aks  ettiruvchi 

(masalan,  modda  va  energiya  saqlash  qonunlari)  tenglamalar 

bo‘lishi mumkin,  «elementan> jarayonlarini tavsiflaydigan  (masalan, 

kimyoviy  o‘zgarishlar)  tenglamalar,  jarayonning  o‘zgaruvchilariga 

chegaranishlar  va  sh.k.  Bundan  tashqari,  matematik tavsifi  tarkibiga 

jarayonning 

har  xil  parametrlari  orasidagi  turli  nazariy  shakli 

nomaMum  yoki  o‘ta  murakkab  empirik  va  yarim  empirik 

bog‘lanishlar ham  kiradi.

Jumladan,  modellanayotgan  obyekt  haqida  nazariy  ma’lu- 

motlarning  yo‘qligida  yoki  ancha  chegaralangan  hajmida,  hatto  uni 

xossalarini  tavsiflovchi  bog‘liqliklarning  orientirlangan  ko‘rinishi 

maMum  boMmaganda  ham  matematik  tavsifning  tenglamalari 

ishlayotgan  obyektning  (matematik  tavsifini  tuzish  eksperimental 

usuli) 

statistik 

tekshirishlari 

natijasida 

olingan 

empirik 


bogManishlarning  chiqish  va  kirish  o‘zgaruvchilarini  bogMayotgan

47

www.ziyouz.com kutubxonasi




tenglamalar  tizimlari  orqali  ifoda  etishi  mamkin.  Bu  modellar 

odatda  obyektning  kirish  va  chiqish  parametrlari 

orasidagi 

regression  bog‘lanishlar ko‘rinishiga ega va,  albatta,  modellashtirish 

obyektning  fizik mohiyatini  aks ettirmaydi,  bu  esa ularni qoMlashda 

olinayotgan  natijalami umumiylashtirishni qiyinlashtiradi.

Regression  bog‘lanishlarga  asoslangan  modellardan  farqli 

o ‘laroq,  tavsifni  tuzish  analitik  usul  asosida  qurilgan  matematik 

modellar  jarayonning  asosiy  qonuniyatlarini  aks  ettiradi  va  uni 

modelning  yetarli  bo‘lmagan  aniq  parametrlar  mavjudligida  sifatli 

va  to‘g‘riroq  tavsiflaydi.  Shuning  uchun  ular  yordamida  ma'lum 

sinfga  tegishli  modellashtirish  obyektlarining  umumiy  xossalarini 

o‘rganish  mumkin.  Modellanayotgan  obyektnirtg  fizik  tabiati  aso- 

sida  ishlab  chiqilgan  matematik  tavsifi  tarkibida  quyidagi  tengla- 

malar guruhini ajratish mumkin:


Download 10,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish