N qodirov, I. M. Fayzullaev, K. S. Shamsiev qozon qurilmalari



Download 3,85 Mb.
bet20/69
Sana11.03.2022
Hajmi3,85 Mb.
#489782
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
fayl 1912 20210923

2H4 + О2 —> N2 + 2Н2О.
Suvdagi uglekislota Н2СО3, ta'minlovchi suvga kiritilgan ammiak NH3 (сув oksid eritma NH4OH holatda) yordamida, ammoniy karbonati hosil qilinadi:
NH4OH + Н2СО3 —> NH4C03 + Н2О (6.1)
Bu usul to'g'ri oqimli va barabanli qozonlarda keng ishlatiladi.

  1. Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash. Nurlanish (radiasion)

qizdirish sirtlarini tozalash
Gazlarning yuqori harorat (700-800°C dan yuqori) sohalarida qizdirish sirtlarida ham sochiluvchan, ham zich shlak qoldiqlari paydo bo'lishi mumkin. Gazlarning kamroq harorat (6000C dan past) sohalaridagi qoldiqlar, asosan quvurlarning g’adur - budur sirti va bir - biriga mexanik ilashishi bilan bog’liq sochiluvchan razryadga kiradi.
O'thona qizdirish sirtlari va konvektiv gaz yo'llari ifloslanishi - yuzalarning issiqlik ishi samaradorligi yomonlashuviga, natijada o'thonaning FIK pasayishiga olib keladi. Zich joylashgan konvektiv quvurlar ifloslanishi, bundan tashqari, gaz trakti gidravlik qarshiligining va xususiy ehtiyojlari uchun sarflanishini oshishiga olib keladi.
Nurlanish (radiasion) qizdirish sirtlarini tozalash.
O'choq tik ekranlarini va o'ta qizdirgichlarni bug’ oqimi bilan tozalash keng tarqalgan (6.1- rasm). Apparat bug’ni uzatish puflash quvuri va uzatma mexanizmidan iborat. Dastlab puflash quvuriga ilgarilanma harakat beriladi. Puflash quvurining naycha boshchasi o'choqqa kirgach, quvur aylanishni boshlaydi. Shu vaqtda bug’ klapani avtomatik tarzda ochilib, bug’ qarama - qarshi joylashgan puflash naychasiga olib boriladit. Tozalashning bunday usulida, boshcha atrofidagi radiusi 2,5...3 m masofadagi ekran sirti tozalanadi. Bug’ bosimi

  1. .4,0 MPa va harorat 350... 4000C bo'lishi kerak. Bu turdagi apparatlar “Ilmarike” zavodida ishlab chiqariladi. Ishlamayotgan holida naycha boshchasi quvur orqasida turib, uning o'ta qizib ketishidan saqlaydi. Puflash apparatlari butun ekran sirtini qamrab oladigan qilib joylashtiriladi. Natijada o'choqning har bir devori ko'plab apparatlarga ega bo'lishi kerak, bu esa o'choq va uning ekspluatasiyasini qimmatlashtiriladi.







  1. rasm. Ekran quvurlarini puflaydigan apparat: 1-naycha kallagi; 2- bug’ klapani; 3-o’thona ekrani.

Keyingi vaqtlarda, ayniqsa shlak qoldiqlarni tozalashda ekran sirtlarini suvni impulsli puflash o'zining ko'proq samaradorligini ko'rsatadi. Bu apparatga 0,4 - ..0,5 MPa bosim ostida texnik suv beriladi. Ingichka, uzoqni uruvchi (10 m gacha) oqim yaratilib, apparat o'rnatilgan devor qarshishini tozalaydi (6.2 -rasm). Maxsus yoyish apparati bilan, naycha va undan chiqayotgan suv oqim tozalanayotgan devor bo'ylab yotiq-qiya ilgarilanma qaytma harakat qiladi. Har bir quvur ekrani qarshisida suv oqimi 0,2 sekunddan ortiq turmaydi, bu esa o'ta qizigan qoldiqlar uchun sovuq zarba hosil qiladi. Tashqi qavatning bir lahzalik sovushi 4000S atrofida bo'ladi. Qavatning siqilishi va undan keyingi qizishi natijasida parchalaniladi va quvurdan ko'chadi. Ekran quvurining toza joylaridagii metallga bunda qisqa vaqtdagi suvning ta'siri o'ning mustahkamligi xavf tug’dirmaydi. Bitta bunday apparat ekranning katta yuzasiga xizmat ko'rsatgani uchun bug’ apparatlariga nisbatan ularning soni keskin kamayadi.

  1. Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan nurlanish (radiatsion) qizdirish sirtlarini pardalarni va konvektiv ilonsimonlarni tozalash

Pardalarni va konvektiv paketli qizdirgichlarni tozalashda vibrasiyali (titrashli) tozalash keng qo'llaniladi. Vibrasiyali tozalagichlar hozirgi kunda 200 dan ortiq o'rta va katta quvvvatli bug’ qozonlarida o'rnatilgan. Tozalash usuli shundan iboratki, metall sirtidan qoldiqlarni (ham sochiluvchan, ham shlak bog’lanishli) ajratadigan inersiya kuchlarini yaratuvchi yuqori chastotali tebranishlar aylanma quvurlarga beriladi.
Sochiluvchan qobiqlarni yo'qotish uchun 5...6 g tezlanishni yaratish kifoya, bu erda g - erkin tushish tezlanishi, m/s2, 50 Gs li tebranishlarni inersiyalash bilan erishiladi. Shlak bog’lanishli qoldig’ini 8...10g tezlanishlarda yo'qotiladi, bu esa 190 Gs yuqori chastotali tebranishlarga to'g’ri keladi.
Erkin osilgan vertikal (tik) sirtlarni (parda, konvektiv qizdirgichlarni) titratib tozalash yuqori samara beradi. 6.3-rasmda parda (A-A-qirqim) va konvektiv qizdirgichlarni (B-B qirqim) yotiq gaz yo'lida titratib tozalaydigan apparat batafsil misol qilib ko'rsatilgan. Sovitiladigan shtanga orqali parda va aylanma quvur quyi uchlariga tebratgich tebranishlarni uzatadi. Tebranishlarni barcha aylanma quvurlarga 1 ta vibrasiyani uzatish uchun payvandlangan qavariqli quvur bo'linmasi ko'rinishdagi mahkamlaydigan belbog’ ishlatiladi.






  1. - rasm Pardali va konvektiv o’taqizdirgichlarni titratib tozalash tizimi: a- apparatlarni o’rnatish; b-bikrlik tasmasi; A-A-gorizontal gaz yo’li bo’yicha pardali o’taqizdirgichning kesimi; B-B shuning o’zi konvektiv o’taqizdirgich bo’yicha; 1- pardalar; 2-konvektiv paket; 3-titratish shtangasi; 4-elektr titratgich; 5,6- sovutuvchi muhitni berish va chiqarish; 7- suzgichsimon plastina.

Qizdirgich paketlaridagi sochiluvchan qoldiqlardan tozalash uchun OG seriyadagi chuqur suriluvchan bug’ apparatlar ishlatiladi. U 18.1 - rasmda ko'rsatilgan apparatga o'xshash bo'lib, aylanadigan naycha boshchasining gaz yo'liga chuqur surilishi bilan farq qiladi (8...10 m gacha). Yon tomon devori darchasidan apparat kirgizilganda ikki qizdirgich paketi orasida har ikkala paket

  1. .1,5 m chuqurlikka tozalash amalga oshiriladi.

Bunday tozalash usulining kamchiligi shundaki, paket ichida (ayniqsa, shaxmatsimon quvurlar joylashganda) bug’ oqimi energiyasining tez yo'qotilishi va yaqin joylashgan quvurlarning bug’ning kuchli oqimi natijasida kuchli eroziyali emirilishdir.
Gorizontal (yotiq) burilgich (aylanma) konvektiv shaxta sirtlarini tozalash uchun ko'proq drob oqimi bilan tozalashda ishlatiladi.(6.4-rasm)





6.3-rasm. Vakuum ostida ishlaydigan drob bilan maydalab tozalash tizimi: 1-drob bunkeri; 2-drobni yuqoriga uzatish quvuri; 3-drob tutgich (siklon); 4-bug’ ejektori; 5-avtomat klapani; 6-tarelkali ta'minoti; 7-drob tarqatgich; 8- gazlarni qonzondan chiqishi.
Diametri 3-6 mm bo'lgan po'lat zoldirlar tozalanayotgan tik joylashgan gaz yo'li yuqori qismiga bir tekis ta'minlanib (yoyilib) sirtga o'rnalayotgan kinetik energiyasining ishlatilishi hisobiga tozalash yuz beradi. Bunday tozalashda 20-30 minut davom etib, 1m shaxta kesimidan o'rta hisobda 250-400 kg pitra o'qiga mo'ljallanadi. Pastda pitralar bunkerga yig’iladi, kuchli havo oqimi bilan ijektorda ushlab olinib, yana yuqoriga ko'tariladi, havodan ajratilib, bug’li sochgichda yana yuqoriga ko'tariladi, havodan ajratilib, bug’li sochgichda yana shaxtaga tushiriladi. Ko'chirgan kul va shlak bo'laklari maydalanib, elektrofiltrlarida tozalanadi.
So'nggi yillarda konvektiv shaxtalarda ilonsimon paketlarini tozalashda yangi - impuls-issiq to'lqinli tozalagich qo'llanilmoqda. Bu usul suyuq yoqilg’i ishlatilganda quvurlarda yopishqoq moddalar paydo bo'lganda zoldirlar bilan tozalash usuli yordam bermaganda yuqori samara beradi. Usulning ma'nosi shundan iboratki, quvurlar sirtiga yuqori haroratli zarbiy gaz to'lqinli davriy ta'sir ko'rsatib, yopishqoq moddalarni quritadi, so'ng ko'chirib, quvur sirti tozalanadi. Zarb to'lqini impuls kamerasida yaratiladi, u erga tabiiy gaz bilan havo aralashmasi kirib, uch kundan keyin alangalanadi. Qaynoq gazlar bir zumda maxsus shaklga ega naychadan o'choq gaz yo'liga kiritilib, 0,2...0,4 MPa bosimli zarb to'lqini yaratiladi. Konvektiv paketda zarb bosimi tez susayadi. Shuning uchun har bir paket oldida 2...4 impuls kamerasi o'rnatiladi. Ular juft-juft, yuqoridan past tomon, navbatma-navbat ishga tushiriladi. Impuls davri 2-8 s., 1 smenada 1...3 marta ishlatiladi. Shaxta sirtini tozalash vaqti 0,5-1 soat.
Kata quvvatli qozonlarda hozirgi vaqtda regenerativ havo istgichlar (RXI) keng qo'llanilmoqda. Ularni ishlatish tajribasi shuni ko'rsatadiki, har qanday yoqilg’i turi ishlatilganda ham gaz va havo harorati past va to'ldirish varaqlari orasidagi masofa (7-10 mm) kichik bo'lgani uchun doimo ifloslanadi.
RXI (RVP) larni tozalash uchun sirtlarni o'ta qizigan bug’ bilan (r=2,2 MPa, t=3000C) puflab tozalanadi. 1 naychali tebranma shtangali yoki ko'p naychali qo'zg’almas OP turidagi ko'p naychali apparatlar ishlatiladi, ulardan bug’ -

  1. 700 m/s tezlikda chiqib, sirtni 15 metr uzoqlikkacha kinetik energiya hisobiga tozalaydi. Puflash ishlab turgan RXIda 1 smenada 1..3 marta, 15..20 minutdan amalga oshiriladi.

Zich, oltingugurtli qoldiqlar paydo bo'lganda (RXI ning sovuq qismida) suvli yuvishni qo'llashga to'g’ri keladi. Buning uchun qaynoq (80..900C), ishqorli suv (pH=10..12) ishlatiladi. Yuvishdan so'ng sirtlar to'ldirish varaqlari va konstruksion materiallar korroziyaga uchramasligi uchun yaxshilab quritiladi. Suvli yuvishni faqat boshqa usullarni qo'llash tavsiya qilinadi.
Vaqt o'tishi bilan zichlashib boradigan yopishqoq qoldiqlardan RXI larni termik tozalash yaxshi natijalar beradi. (6.4-rasm)






  1. rasm. Isitish sitrlarini impulsli tozalash apparati:

1-aralashtirish kamerasi; 2-naycha; 3-havo va gazni berish; 4-elektr yondirgich; 5-
konvektiv paket; 6-impuls kamerasi.
Buning uchun ishlayotgan RXI ga kelayotgan havo 20..30 minutga uzib qo'yiladi.To'ldirgich kelayotgan haroratiga (280-3000C) qizib, undagi qoldiqlar quriydi va to'kilib tushadi. Lekin bu usul RXI ratorining issiqlik deformasiyasiga sabab bo'ladi, shuning uchun bu usul qo'llash chegaralangan.
RXI sovuq qismini issiqlik to'lqini bilan tozalash tizimini qo'llash ham ishlatiladi. Bu holda aralashtirgich kamerasi RXI radiusi bo'yicha joylashgan uzun quvuri chiqish esa quvur bo'yicha yassi naycha ko'rinishida tayyorlanadi. Ekspluatasiya ma'lumotlariga ko'ra to'lqinli tozalash samaradorligi bo'yicha o'ta qizigan bug’ bilan puflash usulidan qolishmaydi. Uning ustunligi -tutun mo'rigacha bo'lgan yo'lda bug’ning kondensasiyalanishi yo'qligidadir.

  1. Kul - shlak ajratish tizimi

El.stansiyalaridagi kul - shlak ajratish bu IES tashqarisiga yoqilg’i qoldiqlari (kul va shlak) ni tashib beruvchi qurilma va mexanizmlar tizimidir. Yirik elektrostansiyalarda o'choqlardan chiqmagan shlaklar va kul tutgichlarda yig’ilgan kullar miqdori ko'p bo'lgani uchun, elektr energiyasi, suv, siqilgan havolarni ko'p sarflanishiga olib keladi. Misol uchun, quvvati 4000 MVT li, enibastuz tosh ko'mirini yoqadigan IES da taxminan 60 t/soat shlak va 1160 t/soat kuldan tozalanib turishi kerak.
IESlarda asosan 3 xil kul - shlak ajratish usuli qo'llaniladi: mexanik (shnek yoki lentali transporterlar yordamida), pnevmatik (yopiq quvur yoki kanallar ichida havo bosimi ostida), va gidravlik (ochiq yoki yopiq kanallarda suv bosimi yordamida).
Pnevmatik kul - shlak tizimi quruq, kerakli xossalarga ega kul qurilish meteriallar olish uchun ishlatilganda yoki IES joylashgan erlarda suv taqchil bo'lsa qo'llaniladi.
Suvli kul - shlak ajratish tizimi. Kul shlaklarning gidrotransporti eng sodda va ishonchli usul bo'lib, samaradorligi yuqoriligi, tizimning to'liq mexanizasiyasi, ishchi tarkibga boshqa tizimlarga nisbatan yaxshi sanitar sharoitlari yaratilishi sababli IESlarda keng qo'llaniladi.
Suvli kul - shlak ajratish usulda o'txona ostida joylashgan shlak va kul yuvish qurilmalari, kul va shlakli suvlarni transporti uchun beton kanallar yordamida stansiyadan bir necha km uzoqlikdagi botqoq yoki jarliklarga etkazuvchi quvurlardan iborat.(6.5-rasm)






  1. rasm Gidropulpani chiqarib tashlash kanalining konstruksiyasi: 1-temir beton asos; 2-bazaltli qoplama; 3-metall shchiti;

Bu quvurlar puls o'tkazgichlar deyiladi. Shlakni yig’ish va transportirovka qilish uchun o'thona ostiga o'rnatilgan shlak ushlash qurilmalarida amalga oshiriladi. Bu erda shlak suvli vannada sovutilib, turli mexanizmlar bilan undan chiqariladi.
Katta quvvatli qozonlarda shlakli tasmali kirish transportyorlari yoki shnek mexanizmlari yordamida beto'xtov uzatish qo'llaniladi (6.5, 6.6-rasm). So'ngra shlak maydalagichga tushib, u erdan o'thona ostidan o'tuvchi s.k.a. kanaliga tashlanadi.
Kul yuvish qurilmalari kulni tutgich bunkerlaridan suv kanaliga uzatish uchun ishlatiladi. Ular kulning suv bilan yaxshi aralashishi va hosil bo'lgan pulpani kanalga beo'xtov uzatilishini ta'minlashi kerak. Ochiq oqib tushishli kul yuvish qurilmalari keng tarqalgan (6.4). Suv bosimi bilan naycha orqali beriladi va suv oqimi energiyasi hisobiga jadal ravishdv pulpa hosil bo'lib, chiqish teshigi orqali suv kanali kolektoriga ketadi.
Suvlar shlak, kul kanallari (6.5) gidropulpani shlak-kul yuvish qurilmalaridan nasosgacha transport qilish uchun xizmatqiladi. O'thona bo'limida pulpa harakati yaxshi bo'lishi uchun 2,5% kanallar pasaytirib yasaladi. Bu har 10 metr kanal uzunligiga mos ravishda 15sm ga to'g’ri keladi. Kanalning har 5-10 m da pulpani kerakli tezligini saqlash va cho'kindilar hosil bo'lmasligi uchun qo'zg’atuvchi suv naychalari o'rnatiladi. Kanallar tag qismi bazaltli temir betondan yasaladi, usti metall panjara bilan yopiladi. Nasos stansiyasi (6.6) odatda erga nisbatan 3..4 m chuqurda joylashadi. Bu erda el.stansiyadan uzoqdagi kul to'kish joyiga pulpani haydash nasoslari o'rnatiladi.






  1. rasm Elektrostansiyadan kul va shlakni birgalikda gidravlik chiqarib tashlash sxemasi: 1-qozonning shlak shaxtasi; 2-kultutgich bunkeri ostidagi kulni yuvish moslamasi; 3-kul va shlak oqadigan kanali; 4-bosim suvini taqsimlash quvuri; 5- bager markazdan qochirma nasosi; 6-pulpani quvuri; 7-markaziy maydalagich; 8-

metall tutgich.
Shlak, shlak-kul pulpalarni haydaydigan nasoslar bager, faqat kul pulpasini haydaydiganlarni esa shlam nasoslari deyiladi. Ular bir pog’onali yasaladi.
Markazdan qochma nasoslarni qullash gidroejektor apparatlariga nisbatan iqtisodiy samara beradi. Nasosolar 30..40% FIK bilan ishlab 6..8 kVt s/t shlak va kulga energiya sarflaydi, bu esa 3..4 marta kam. Nasos, ishchi g’ildiragi detallarining emirilishini kamaytirish uchun u chidamli marganit po'latidan yasaladi. Korpusi esa ichki tomonidan oqartirilgan cho'yan plitalari bilan qoplanadi. Shu bilan qoplanadi. Shu bilan birga pulpani beo'xtov jo'natishni ta'minlash uchun nasosxonada har bir pulpani hisobiy to'liq savrfiga mo'ljallangan uchtadan kam bo'lmagan nasoslar o'rnatiladi. Chunki ishchi g’ildirak xizmat vaqti emirilish sharoitiga ko'ra bir oydan oshmaydi.
Nasosxonadan kulxonagacha pulpa quvurlari diametri 300..400 mm li, devori qalinligi 10 mm gacha bo'lgan po'lat quvurlardan yasaladi. Ishlatish jarayonida quvurning tag qismi tez emiriladi. Tarkibida ko'p oxak bo'lgan ba'zi yoqilg’i kullarni transportida esa quvurda Sa(ON)2+SaSO3 dan iborat kristal o'simtalar paydo bo'ladi. Quvur tag qismini bir yillik emirilishi 5mm gacha etadi. Uzoq muddat ishlatish maqsadida quvurlarni davriy aylantirib turish, tag qismalarida cho'yan bazalt yoki rezina ariqchalar o'rnatish ko'zda tutiladi. Pulpa tezligi 1,7..1,75 m/s ni tashkil etadi. Elektrostansiyadan tashqari pulpani quvurlari er ustida, maxsus tayanchlarga o'rnatiladi.
Kulxona-shlak va kullar yig’iladigan er maydoni. Bu maqsadda ishlatib bo'lmaydigan, botqoq, jarlik, pastqam joylar ishlatiladi. Korxona hajmi elektrostansiyaning tanlangan yoqilg’i turi uchun 25 yilga oshiriladi. To'lgan kulxona uchastkasi changlanmasligi uchun tuproq bilan ko'milib, o't ekib qo'yiladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash uchun qanday moslamalar ishlatiladi?

  2. Reguperativ va regenerativ havo isitgichlarni tozalash uchun ishlatiladigan usullar nimadan iborat?

  3. Yonish mahsulotlar tarkibidagi kulni ushlab qolish uchun qanday kultutgichlar ishlatiladi.

  4. Kul va shlak ajratish tizimini ishlash prinsipi.

  1. BOB. bug’ qozonlaridagi issiqlik almashinuvlari. QOZON QURILMASINING ASOSIY ELEMENTLARI

  1. Bug’ qozonini istish yuzalarining issiqlikni o’ziga olishi Tayanch iboralar: O’txona ekrani, ekran quvurlari, festoon, to’yingan bug’

O'txona ekranlari - qozonning radiasion kizdirish sirtlaridir. U suv sirkulyasiyasining umumiy tizimiga kiradi va yonayotgan yoqilg'ining alanga nuridan hamda o'txona gazlaridan chiqayotgan issiqlikni qabul qiladi. Ekran sirtlari kamera devorlarini shlaklanish va issiqlikning nurlanishi ta'sirida buzilishdan himoya qiladi, o'txonadan chiqayotgan gazlar esa o'z haroratini pasaytiradi. O'txona ekranlari yoqilg'idan chiqqan umumiy issiqlikning 35-50% ni qabul qiladi. Har-xil isitish yuzalaridagi ishchi jismning issiqlikni o'ziga olishining taqsimlanishi 20.1 - jadvalda ko'rsatilgan.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'rta bosimli qozonlarda (4MPa) ekranning radiasiya orqali olgan issiqligi, to'la bug'lanish (62%) uchun kamlik qiladi. Shuning uchun etmagan issiqlikni qaynaydigan ekonomayzer orqali ta'minlov suvi qabul qiladi, suv qaynaydi va suv-bug' aralashmasi barabanga yuboriladi.
Yuqori bosimli qozonlarda (10 MPa va yuqori) ekran quvurlarini radiasiya orqali olgan issiqlik miqdori suvni to'la bug'lantiradi va shuning uchun bu qozonlarda qaynamaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi.
O'ta yuqori bosimli qozonlarda (14 MPa va yukori) o'txonaning pastki qismida joylashgan ekranlar ekonomayzer rolini bajaradi. Bu ekonomayzer - radiasion ekonomayzer deb ataladi. Uning yuqorisida radiasion sirtlar o'rnatiladi. Bu sirtlarda suv holatidan bug' holatiga o'tish, ya'ni faza o'zgarishi sodir bo'ladi va bug' hosil bo'lishi va o'ta qizishi boshlanadi.


O'ta
qizigan
bug'ning
bosimi,
MPa

O'ta qizi­gan bug'- ning ha- rorati,0S

Ta'minot
suvining
harorati,
0 С

Isitish sirtlarida taqsimlanishi, %

issiqlik

Bug'lan-
tiruvchilar

Bug'ni o'ta
qizdiruv-
chilar

Ekono
mayzer
lar

4

440

145

62

19

19

10

540

215

49

30

21

14

560

230

40

35

25

14

545/545

240

35

44

21

26,5

565/570

260

--

58

42



  1. Bug’ o’ta qizdirgichlar

O'ta qizitilgan bug' - to'yingan bug' bosimidagi va uning haroratidan yuqori haroratga ega bo'lgan bug'. O'ta qizigan va to'yingan bug' haroratlari o'rtasidagi farq o’ta qizish darajasi deyiladi. O'ta qizigan bug' xossalari o'ta qizish darajasi ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. O'ta qizigan suv bug'i - bug'-kuch qurilmasining ishchi jismidir. O'ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli ishlaydi. O'ta qizigan bug' maxsus bug' qizdirgichlarda hosil qilinadi.







  1. rasm. Bug’ o’taqizdirgichlarning kompanovkasi:

a - р = 4 MPa, tb = 440 0С; b - p= 10 MPa, tb = 440 0 С; v - р = 14 MPa, tb = 545/5450 С; g - p = 25,5 MPa, tb = 545/5450С 1 - konvektiv bug' o'taqizdirgich; 2 - pardali o'taqizdirgich; 3 - shipdagi radiasion o'taqizdirgich; 4 - oraliq o'taqizdirgich; 5 - o'txona ekrani; 6 - feston; 7 - ekran quvurlari
Bug' o'taqizdirgichi - qozon agregatining o'ta qizigan bug' olish elementidir. Bug' o'taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20-60 mm bo'lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug' o'taqizdirgich qozonning gaz yo'llariga, radiasion bug' o'taqizdirgich o'txona shipi va devorlariga, yarim
radiasion (pardali) bug' o'taqizdirgich esa, o'txonadan chiqishda o'rnatiladi (7.1 - rasm).
Bug'ning yonish maxsulotlariga nisbatan harakat chizmasiga ko'ra, bug'o'taqizdirgich to'g'ri, teskari va aralash oqimli bo'lishi mumkin.
Bug' bosimi 14 MPa va undan yuqori bo'lganda, asosiy bug' o'taqizdirgichdan tashqari, turbinada qisman ishlatilgan bug'ni qayta o'taqizdirish uchun oraliq (ikkilamchi) bug' o'taqizdirgich ham o'rnatiladi.

  1. Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari. Bug‘ qizdirgichlar

Bug‘ qizdirgichlar. Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi (7.2-rasm).
7Я/777УШ 7//V///M Ш777777РЩ

  1. rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi.

Qarshi oqimli bug‘ qizdirgichlarda bug‘ quvurlarining birinchi (bug‘ yo‘li bo‘ylab) o‘ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o‘ramlarda deyarli


oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug‘ qizdirgichning isish sirtidan eng ko‘p darajada foydalaniladi. To‘g‘ri oqimli bug‘ qizdirgichlarda (7.2-rasm, b ) quvurlarning birinchi o‘ramlari (bug‘ning yo‘li bo‘ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta sekin pasayadi, bug‘ning temperaturasi esa ko‘tariladi. Buning natijasida gaz bilan bug‘ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo‘ladi. Agar bunda bug‘ qizdirgichga nam bug‘ kiradigan bo‘lsa, u holda namlik bug‘langanda bug‘ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o‘tirib qoladi, bu bug‘ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi.
Kombinatsiyalashgan bug‘ qizdirgichlar hozir eng ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday bug‘ qizdirgichlarining bir qismi qozon agregatining radiatsion qismida, qolgan qismi konvektiv qismida joylashgan. Radiatsion qism o‘txonaning jadal yonish sohasining yuqori qismiga joylashtiriladi va issiqlikni nurlanish va konvektsiya tufayli o‘ziga oladi (7.3-rasm)

/





  1. rasm. Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich:

1-baraban; 2-devorga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 3- pardasimon radiatsion bug‘ qizdirgich; 4- shiftga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 5- konvektiv bug‘ qizdirgich; 6- o‘ta qizigan bug‘ olib keladigan quvur.
Past va o‘rta bosimli qozon agregatlarida asosan konvektiv bug‘ qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bug‘ qizdirgich quvurlari og‘ir issiqlik sharoitida ishlaydi. Shuning uchun quvurlarni bug‘ bilan sovutib turish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bug‘ qizdirgich quvurlarini sovutish ishonchliligini ko‘rsatuvchi kattalik - bug‘ning massaviy tezligi р.ю dir. Issiqlik jadal qabul qilinadigan sohada bug‘ning massaviy tezligi 700-1100 kg/(m .s), konvektiv bug‘ qizdirgichlarda рю = 250-600 kg/(m .s) bo‘lishi kerak. Bug‘ qizdirgich quvurlari legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. O‘ta qizigan bug‘ temperaturasi 500°C gacha bo‘lsa, 10 va 20 markali po‘latlar ishlatiladi; 500 dan 600°C gacha teperaturalarda 12X1MF
*
markali po‘lat va 600 °C dan yuqori temperaturalarda 12X2MSF R markali po‘lat ishlatiladi. Bug‘ning quvurlardagi o‘rtacha tezligi 20 - 25 m/s bo‘ladi. Tezlik ortgan sari gidravlik qarshiliklar ham ortadi, kichik tezliklarda esa, sovitish yomonlashadi. Shuning uchun quvurlarni sovitish uchun eng maqbul tezliklar aniqlanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1 .Bug' hosil qiluvchi yuzalar qozonning qaerida o'rnatiladi?

  1. Bug' o'taqizdirgichlarning turlarini keltiring.

  2. Bug' o'taqizdirgichlar qozonning qaerida o'rnatiladi?

4.Oraliq bug' o'taqizdirgich nima uchun ishlatiladi?

  1. Rostlash tavsiflari Tayanch iboralar: konvektiv, o’ta qizdirgich, purkagich, reserkulyatsiya, baypastlash, radiatsiyon, gazli rostlash, bug’li rostlash.

Bug’li rostlashda-bug’ning entalpiyasi kamaytiriladi. Buning uchun o'ta qizigan bug’dan bir miqdor issiqlik olinadi va ta'minlovchi suvga beriladi, yoki bug’ga tozalangan kondensat purkaladi. Bu usullar odatda yuqori bosimli bug’ haroratini rostlashda qo'llaniladi. Oraliq qizitilgan bug’ haroratini rostlashda
odatda maxsus issiqlik almashtirgichlarda yuqori bosimli bug’ yordamida oraliq qizdirilgan bug’ harorati o'zgaradi.
Bug’li rostlash asosan yuqori bosimli bug’ uchun qo'llaniladi. Bu erda sirtqi va purkaydigan bug’ sovutgichlar ishlatiladi. Bug’-bug’lik issiqlik almashgich va bug’ o'ta qizdirgichlar sirtini o'zgartish usullar faqat oraliq o'ta qizdirgichlarda qizdirilgan bug’ haroratini rostlash uchun ishlatiladi.
Gazli rostlashda esa gaz tomonidan oraliq o'ta qizdirgichlarga beriladigan issiqlik miqdorini o'zgartiriladi. Bu erda yonish mahsulotlarini baypaslash va o'txonadagi alanga holatini o'zgartirish, yonish mahsulotlarini resirkulyasiya qilish usullari ishlatiladi.
Bug’ sovitgichni bug’ o'ta qizdirgichlardan keyin, radiasion va konvektiv o'taqizdirgichlar bosqichlar orasida yoki to'yingan bug’ tomonida o'rnatilishi mumkin(7.4-rasm).






  1. rasm. Bug’ haroratini rostlash usullarining tuzilishi

Agar bug’ sovitgich bug’ o'taqizdirgichdan keyin o'rnatilsa, kerakli bug’ harorati turbina oldida ishonchlik holatda bo'ladi, ammo bug’ o'taqizdirgichning chiqish qismi yuqori haroratdan himoyalanmay qoladi. Shuning uchun o'ta qizigan bug’ haroratini rostlash uchun bu usul ishlatilmaydi.
Bug’ sovutgichni boshqa variantlar bo'yicha o'rnatilishi mumkin, chunki turbina va o'taqizdirgich metalli himoya qilinadi.


Odatda bug’ haroratini rostlash uchun bitta yoki ikkita bug’ sovutgich ishlatiladi. Birinchisi pardali bug’ sovutgich, metallning harorati ortib ketishidan saqlab, ishonchli ishlanishni ta'miinlaydi.
Purkagichli bug’ sovutgich bug’ haroratini rostlashda eng sodda tuzilishga ega qurilma hisoblanadi (7.5-rasm). Bu qurilma bug’ quvurning 4-5 metrli to'g’ri joyiga o'rnatiladi va forsunka yordamida kondensat quvur ichiga purkaladi. Natijada bug’ harorati pasayadi. Forsunkadagi teshiklar diametri 3-6 mm.
j kondensa
I


7.5-rasm. Purkaydigan bug’ sovitgich:
1 - forsunka; 2 - shtuser; 3 - bug’ quvuri; 4 - himoya qiluvchi qopqoq



Nisbiy past haroratli kondensat tomchilarning bug’ quvuriga tegmaslik uchun ichki tomoniga himoya qiluvchi ko'ynak quvuri o'rnatilgan.Purkagichli bug’ sovutgichlar suv sifatiga juda katta talabga ega. To'g’ri oqimli qozonlarda purkaladigan suv sifatli qozonda ishlatiladigan kondensat sifatiga to'g’ri keladi.
Barabanli bug’ qozonlarda ta'minot suv sifati yaxshi bo'lmasa purkash uchun qozonning o'zida kondensat hosil etiladi. (7.6-rasm).






  1. rasm. O’taqizdirilgan bug’ni o’z kondensat bilan rostlash chizmasi. 1-

baraban; 2-kondensat qaytarish chiziq; 3-kondensator; 4-kondensat idishi; 5- purkagichli bug’ sovitgich: 6-ekonomayzer; 7-rostlagich.
To'yingan bug’ni kondensasiyalash uchun ta'minot suv ishlatiladi. Keyin ta'minot suv ekonomayzerga yuboriladi.
Bug’-bug’li issiqlik almashtirgich oraliq bug’ haroratini rostlash uchun ishlatiladi. Bu almashtirgich 300-400 mm diametrli kollektordan iborat. Uning ichida 25-35 mmli 10-20 quvurlar o'rnatilgan.
Quvurlar tizimi haroratini yaxshi taqsimlash uchun va issiqlik almashuvini oshirish maqsadida va kompensasiya yaxshi bo'lishi uchun u U-simon holatda tuzilgan. Bu usulda oraliq bug’ haroratini 30 dan 40O C gacha o'zgartirish mumkin.
Gazli rostlash usullar. Oraliq o'taqizdirgichlarda baypas yordamida bug’ haroratini rostlash.
Bu usulda bug’ o'taqizdirgich sirti ikki qismga bo'linadi:

Yonish
maxsulotlari

Karoratini rostlash usuli:
1-issiq pog’ona; 2-o'tish zona; 3-sovuq pog’ona; 4- baypas klapani; 5-aylanma bug’ quvuri.



Sovuq pog’onada yonish mahsulotlarning harorati past va issiq pog’onada esa katta bo'ladi. Bu usulda baypas klapani katta o'rinni egallaydi. Agar o'rta bosimli silindrga (O'BS) yuborilayotgan bug’ harorati oshib ketsa, baypas klapan orqali yuqori bosimli silindrdan (YuBS) chiqqan bug’ sovuq pog’onaga yuboriladi. O'BS ga ketadigan bug’ harorati pasaysa klapan orqali bug’ issiq pog’onaga o'tadi. Bu rostlash usulning qulayligi yuqori bosimli qizdirgichning ishlashiga ta'sir etmasligi. Usulning kamchiligi esa oraliq qizdirgichning sovuq bosqichida metall sarfi oshishi, shu sababdan bu usul keng qo'llanilmaydi.
Yonish mahsulotlarini resirkulyasiya qilish. Bu usulda ekonomayzerdan chiqqan yonish mahsulotlarning haroratli 350-4500C tutun so'rgich yordamida gazlar o'txonasining yuqori va past zonasiga yuboriladi. Natijada o'taqizdirgichlar orqali o'tgan gazlar hajmi va uning tezligi ko'tariladi va o'taqizigan bug’ harorati ham oshadi. Qozon yuklamasi kamaytirilsa bug’ harorati ham kamayadi. Bu sharoitda yonish mahsulotlar hajmini oshirish kerak. Bu usul gaz va mazutga ishlaydigan o'ta yuqori bosimli qozonlardafoydalanadi.


Yonish mahsulotlarini baypaslash. Oraliq bug’ haroratini yonish mahsulotlar yordamida rostlash ikkita usul bilan ishlatiladi,bug’ o'ta qizdirgichlar orasida bo'sh gaz yo'li o'rnatish;yonish mahsulotlarini parallel gaz yo'llarii yordamida taqsimlash (7.8-rasm) yonish mahsulotlar sarfi gaz to'siqlar yordamida rostlanadi.



Yonish

t

t

t

X

X

X


Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish