N qodirov, I. M. Fayzullaev, K. S. Shamsiev qozon qurilmalari


Talabalar bunday qotishmalarning kimyoviy tarkibi



Download 3,85 Mb.
bet23/69
Sana11.03.2022
Hajmi3,85 Mb.
#489782
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
fayl 1912 20210923

Talabalar bunday qotishmalarning kimyoviy tarkibi, mexanik, texnologik va fizikaviy xususiyatlari bilan e-mike.8bit.co.uk saytida tanishishlari mumkin. Materiallarning fizik xususiyatiga misol:
06XN28MDT markali qotishmaning fizik xususiyati jadvali

Sinov harorati, ° C

20

100

20
0

30
0

40
0

05
о

600

700

800

900

Normal mustahkamlik moduli, YE, GPa




191

18
6

17
9

17
1

16
1

156

151

145




Zichlik, pn,
kg/sm3

796
0




























Issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffisiyenti Vt/(m °S)

13

13

15

17




22

24

25

26




Solishtirma elektr qarshiligi

750






























(p, NOmm)































Sinov harorati, ° C

20­
100

20­
200

20
30
0

20
40
0

20
50
0

20
60
0

20­
700

20­
800

20­
900

20­
100
0

Chiziqli kengayish koeffisiyenti (a, 10-6 1/°C)

10.9

12.9

13.
6

14.
4

14.
9

15.
3

16.8

16.3

16.8





Qozonlarni detallari va ularni tayyorlashga qc‘yiladigan talablar

  1. Quvurlar stansiya jihozlarining turli elementlari o‘rtasida ishchi moddaning uzluksiz va va xavfsiz uzatilishini ta’minlash lozim.

  2. Quvurlar tizimi jihozlarining tasodifiy buzilishi hollari yuz bergan paytlarda ularni tezda tuxtatish yoki boshqa yo’nalishga o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

  3. Quvurlar tizimi soda, aniq va kam mablag talab qiladigan bo‘lishi lozim. Quvur yordamida uzatilayotgan muhit issiqligi va bosimning yuqotilishlari iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim.

  4. Quvurlar qiziganda ularni mustahkamligiga va ulanish joylariga zarar yetmasligi uchun uzayish imkoniyatiga ega bo‘lishlari va tegishli belgi va ranglarga buyalgan bo‘lishlari lozim.

  5. Bug‘ uzatiladigan quvurlarni ishga tushirish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gidravlik zarbalarning olidini olish uchun ular kondensat ushlagichlari bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim. Quvur suv bilan tuldirilganda undagi havoni chiqarib yuborish uchun uning yuqori nuktasiga tegishli moslamalarni o‘rnatish kuzda tutiladi.

    1. Qozon detallariga ishlatiladigan materiallar

Qozon detallariga ishlatiladigan materiallar asosan uch guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh 820-870 K (545-595 °C) haroratlarda ishlash uchun mo‘ljallangan materiallar. Bularga kam uglerodli, kam va o‘rta legirlangan, perlit va austenit sinfli po‘latlar kiradi. Ular plastik, egiluvchan va oson ishlov berilishi bilan xarakterlanadi. Chiziqli kengayish koeffitsiyenti kamligi va issiqlik o‘tkazuvchanligini yuqorili detallarda issiqlik kuchlanishlarini tushirish va intensiv issiqlik uzatishini ta’minlaydi. Perlitli po‘latlar sinfiga kiruvchi materiallardan ko‘p qo‘llaniladigan xromnikelmolibdenli EI-395 va xromvolframmolibden vanadiyli EI-415 po‘latlar 820 K da ishlovchi quvurlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Po‘lat tarkibida molibden 0,5-1,0 % bo‘lishi uning oquvchanligini kamaytiradi, xrom po‘latning korroziyaga qarshi kimyoviy mustahkamligini oshiradi. Qo‘shimcha yuqori haroratlarda austenit sinfiga kiruvchi yuqori xromli modifikatsiyalangan zanglamas po‘lat qo‘llaniladi. Uning tarkibida molibden, volfram, vanadiy, niobiy va titan elementlari bo‘ladi.
Ikkinchi guruhga: 920-970 K (645-695 °C) haroratlarda qo‘llash uchun ishlatiladigan materiallar kiradi. Bularga austenit sinfiga kiruvchi yuqori issiqbardoshli va korroziyaga chidamli po‘latlar kiradi. Lekin bu tipdagi materiallar qator kamchiliklarga ega: bular qiyin ishlov berilishi, issiqlik oshishi bilan mustahkamligi oshmasligi, chiziqli kengayish koeffitsiyentining kattaligi, issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentining kamligi, qimmatligi va h.k. Po‘lat tarkibiga nikel, volfram, molibden kabi qimmatbaho elementlar kiradi. Austenit sinfiga kiruvchi EI-405, EI-612 markali po‘latlar quvur detallari, ishchi va yo’naltiruvchi elementlar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Uchinchi guruhga: 920-970 K dan yuqori haroratlarda ishlovchi detallar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar kiradi. Bu guruhga nikel, xrom, kobalt, temir elementlaridan iborat qotishmalar kiradi. Bular ichida nikel va xrom ko‘p miqdorda bo‘lgan qotishmalar ko‘p ishlatiladi. EI-765, 437, 607, 893 markali qotishmalar gaz qozonsi ishchi elementlari yasashda qo‘llaniladi.
Lekin ko‘pincha II va III guruhlar materiallari qimmat va mo‘rt bo‘lmasligi uchun I gruppa materiallari qo‘llaniladi. Yuqori haroratda materiallarni oquvchanligini yo’qotish uchun ko‘pincha sovitish tizimlari qo‘llaniladi. Sovitish tizimlari ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki sovitish tizimlari deb, qurilmadagi ma’lum bir elementni sovitish uchun qo‘yiladigan tizimlarga aytiladi.
Tashqi sovitish tizimlari deb, qurilma bir necha elementlarini sovitish uchun qo‘llaniladigan tizimlarga aytiladi.
Qozon ichki FIK:
= lt / lot = (T1-T2) / (T1-T'2)
Qozon qurilmasi bajargan haqiqiy ish: li = lt - lk.
Stansiya quvurlarini tayyorlashda perlitlar sinfiga kiruvchi 0,5 % uglerod (karbon)li va legirlangan po‘lat ishlatiladi. Ular yuqori harorat (450-580° S) larga chidaydi, yaxshi payvandlanadi. Ularga osonlik bilan mexanik ishlov berish mumkin.
Asosiy bug‘ quvurlarni tayyorlash uchun austenitlar sinfiga kiruvchi po‘latlar ishlatiladi. Ularning tarkibiga yuqori darajadagi issiq bardoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan xrom va nikel (30% gacha) kiradi.
Austenit po‘latlari perlitli po‘latlarga nisbatan ko‘p marta qimmat bo‘lib, ularga mexanik ishlov berish qiyindir.
Metallning mustahkamligi haroratga bog‘liq: harorat ortishi bilan metallning mustahkamligi kamayadi. Bundan tashqari yuqori haroratlarda (45000C dan ortiq) metalning boshlang‘ich tuzilishi o‘zgaradi. Uning elastikligi va kimyoviy chidamliligi kamayadi.
350-4000C sharoitida ishlaydigan quvurlar uzilish qarshiligi bu yoki oquvchanlik chegarasi 00 bo‘yicha hisoblanadi. 0u 00 qiymatlari 200 C sharoitida olinadi. Harorat 3500-4000 C bo‘lganda metall elastik deformatsiya chegaralarida ishlaydi. Harorat 4500C va undan yuqori qiymatga yetganda murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida qoldiqli deformatsiyalanish (shaklning o‘zgarishi) yuz beradi. Vaqt o‘tishi bilan qoldiq deformatsiya ko‘paya boradi. Metalning tuzilishi o‘zgaradi quvurlarning diametri ortib, devorning qalinligi kamayadi va shuning natijasida u yorilishi mumkin. Bu hodisa metallning sekin oquvchanligi (krip) deyiladi. Shunga ko‘ra metall mustahkamligini shartli sekin oquvchanlik chegarasi asosida baholash lozim.
«Shartli sekin oquvchanlik chegarasi deyilganda muhitning berilgan ishchi haroratida sekin oquvchanlikning ruxsat etilgandan oshmaydigan tezligi tushiniladi. Qoldiq deformatsiya V ni vaqt T ga nisbati sekin oquvchanlikni tezligi deyiladi:
®e.0 = В / Т

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish