7.8-rasm. Yonish maxsulotlarni baypaslash usuli:
a-bo'sh gaz yo'li orqali; b-gazni parallel gaz
yo'llar yordamida taqsimlash; 1-oraliq bug’ o'taqizdirgichlar;
2-ekonamayzer; 3-rostlash to'siqlar.
O'txonada alangani o'zgartirish. Bu usulda o'txonada alanga yo'lini o'zgartirib yonish mahsulotlarning haroratini o'zgartish ham mumkin. Masalan, gorelka o'txonaning past zonasiga qaratilsa, qozonning ekran quvurlari o'ziga issiqlikni ko'p oladi va natijada yonish mahsulotlar harorati pasayadi.
Agar gorelka o'txonaning yuqori zonasiga qaratilsa, ekran quvurlari yaxshi isitilmaydi va yonish mahsulotlar harorati ancha ko'tariladi. Demak, o'txonada alanga yo'lini o'zgartirib oraliq o'taqizdirgichdagi bug’ haroratini rostlash mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
Bug' haroratini bug'li rostlash usullari qanday bo'ladi?
Bug' haroratini gazli rostlash usullari qanday bo'ladi?
Katta bosimli bug' haroratini rostlash usullari qanday bo'ladi?
4.Oraliq o'taqizdirgichda bug' haroratini rostlash usullarini keltiring.
Past haroratli qizdirish yuzalari Tayanch iboralar: ekonomayzer, xavo isitgich, rekuperativ, regenerativ
Past haroratli qizdirish sirtlari ekonomayzer va havo isitgichdan iborat. Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan issiqlik almashinuv apparatidir. Qizdirilgan havo yoqilg'i bilan o'txonaga beriladi. Ekonomayzer - ta'minlash suvini qozonga berishdan oldin tutun gazlari bilan qizdiradigan issiqlik almashgich. Bu qurilmalar konvektiv shaxtaning oxirgi zonasiga o'rnatiladi.
Havo isitgichdan o'tayotgan havo namligi yonish mahsulotlariga nisbatan kam, chunki tutun gazlarida yoqilg'idan chiqqan suv bug'lari hamda uch atomli gazlar (СО
2 va SO
2) miqdori juda katta. Natijada havo va yonish mahsulotlarining nisbati, ya'ni suv ekvivalenti С = C
X V
X / C
r V
r havo isitgichda har doim birdan kichikdir. Buning ma'nosi: havo isitgichda yonish mahsulotlarining harorati 1 0S ga sovusa, havo harorati 1,2 - 1,4 0S gacha ko'tariladi. Shuning uchun havo qizdirilgan sari haroratlar farqi At
x = V’^ - t
HX kamayadi (22.1 - rasm).
Ekonomayzerda esa suv isitilgan sari haroratlar farqi At ^
эк - t
эк ko'tariladi, chunki suvning issiqlik yutish qobiliyati katta.
rasm. Bir pog’onali isitish sirtlarida harorat farqlarining taqsimlanishi: 1 - ekonomayzer; 2 - havo isitgich;
Birin - ketin o'rnatilgan ekonomayzer va havo isitgichni bir pog’onali komponovka deb ataladi (7.9-rasm). Bir pog’onali komponovkada qizdirilgan havo harorati 250-3500S dan oshmaydi. Havo haroratini 350-4500S ga etkazish uchun ekonomayzer va havo isitgich ikki pog’onali qilib o'rnatiladi (7.10-rasm). Bu komponovka natijasida havo isitgichdan chiqayotgan harorat farqi ko'tariladi.
rasm. Ikki pog’onali isitish sirtlarida harorat farqlarining taqsimlanishi: 1 va 3 - ekonomayzerning ikkinchi va birinchi pog’onalari; 2 va 4 - havo isitgichning ikkinchi va birinchi pog’onalari o'rnatiladi.
Ekonomayzerlar va havo isitgichlar
Qozon agregatlarida ilon izi ko'rinishda ishlangan isitgich ekonomayzer sifatida ishlatiladi. Issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun ekonomayzer kichik diametrli (Д
ИЧ = 20^30
mm) uvurlardan ishlangan. Ekonomayzer quvurlarining uchlari kirish va chiqish kollektorlari bilan birlashtirib qo'yilgan. Kollektorlar gaz yo'lining tashqi tomonida o'rnatiladi. 7.11-rasmda ekonomayzerning chizmasi ko'rsatilgan.
Ekonomayzer quvurlari bug' generatorining old tomoniga nisbatan perpendikulyar yoki parallel holda joylashtiriladi. Birinchi variantda ilon izisimon quvurlarning uzunligi unchalik katta bo'lmaydi va ularni mahkamlash oson. Ikkinchi variantda esa kirish kollektorining uzunligi va quvurlar soni ancha kamayadi, ammo ilon izisimon quvurlar uzunligi oshadi va ularni makamlash qiyin bo'ladi.
rasm. Ekonomayzer kompanovkasi.
a-qozonning yon tomonidan ko'rinishi; v-qozonning old tomonidan ko'rinishi. 1-baraban; 2-ta'minot suvini barabanga etkazib beruvchi quvurlar; 3- ekonomayzer; 4-kirish kollektorlari
Ekonomayzerlar qaynaydigan va qaynamaydigan bo'lishi mumkin. Gaz tomonidan issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun suzgichli va ikki qo'shni quvurlar bir-biriga pardaga o'xshash plastinkalar bilan birlashtiriladi. Suzgichli quvurlar ekonomayzer kattaligini 40-50% ga kamaytiradi. Ekonomayzerlar membranali ham bo'ladi.
Havo isitgichlar
Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan issiqlik almashinuv apparatidir. Energetikada ko'llaniladigan havo isitgichlar regenerativ RVP va rekuperativ TVK bo'lishi mu
mkin.
Rekuperativ havo isitgichning asosiy turi - vertikal o'rnatilgan quvurli havo isitgichlardir. Bunda tutun issiqligi havoga quvurlar devori orqali uzluksiz uzatiladi. Havo isitgich chizmasi 7.12-rasmda ko'rsatilgan.