N qodirov, I. M. Fayzullaev, K. S. Shamsiev qozon qurilmalari



Download 3,85 Mb.
bet15/69
Sana11.03.2022
Hajmi3,85 Mb.
#489782
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
fayl 1912 20210923

L yo

Yoqilg'i

a=1

a=1, 3

a=1, 5

a=2

Antrasit

2270

1845

1665

1300

Qo'ng'ir ko'mir

1870

1590

1425

1150

Torf

1700

1510

1370

1110

O'tin

1855

1575

1435

1165

Mazut

2125

1740

1580

1265

Tabiiy gaz

2000

1749

1478

1167






Yoqilg'ining yonish harorati. Yoqilg'i issiqlik isroflarisiz yondirilganda, yonish mahsulotlari qaysi haroratgacha qizisa, shu harorat yonish harorati deyiladi va Tyo bilan belgilanadi. Chunki yoqilg'i real sharoitlarda yondirilganda issiqliq isrof bo'lganligi sababli, yonishning haqiqiy harorati doimo nazariy hisoblangan haroratdan past bo'ladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Havoning tarkibida necha foiz kislorod va azot bor?

  2. Azot oksidlanish jarayonida ishtirok etadimi?

  3. Yoqilg'ining yonuvchan moddalari nimalardan iborat?

  4. Yoqilg'ining yonish reaksiyasi nimadan iborat?

  5. Yoqilg'ining yonish usullarini ko'rsating.

  6. Ortiqcha havo koeffisienti nima va u qanday aniqlanadi?

  1. Yonish mahsulotlarining tarkibi. Yonish mahsulotlarning hajmi

Tayanch iboralar: uch atomli gazlar, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, entalpiya
Yoqilg'ilarning yonish jarayonida uglerod oksidi CO2, oltingugurt angidridi SO2 va suv bug'i H2O mahsulotlari hosil bo'ladi. Bundan tashqari yonish mahsulotlari tarkibiga azot N2 va ortiqcha kislorod O2 ham kiradi. Uglerod oksidi CO2, oltingugurt angidridi SO2 va kislorod O2 quruq gazlar deb ataladi. Uglerod oksidi va oltingugurt angidridining yig'indisi uch atomli gazlar deb ataladi
RO2 = СО2 + SO2 (3.9)
Yoqilg'ilarning to'la yonishi uchun, qozon o'thonasiga havoning nazariy sarfiga nisbatan ko'proq havo beriladi. Agar kerakli havo sarfini uning nazariy sarfiga bo'lgan nisbatini olsak, u holda ortiqcha havo koeffisientini aniqlash mumkin:
a = £, (3.10)
r x
bu erda: VX - yonish jarayoniga xaqiqatdan kerakli havo sarfi; VX0 - nazariy havo sarfi.
Qozon o'txonasidagi ortiqcha havo koeffisienti a, ishlatiladigan yoqilg'i turlariga bog'liq. Shu ko'rsatkich qattiq yoqilg'i uchun 1,15 ^ 1,25, suyuq yoqilg'i uchun - 1,02 ^ 1,1 va tabiiy gaz uchun 1,05 ^ 1,1 ga teng.
Yonish mahsulotlarning hajmi
Yoqilg'ilar to'la yonishi uchun kerak bo'lgan nazariy havo hajmi va natijada hosil bo'lgan yonish mahsulotlari hajmlarini 3.2-jadvalda keltirilgan formulalar yordamida aniqlash mumkin.

3.2 - j a d v a l

Hajm
Yoqilg'i

Yoqilg'i

Hisoblash formulasi

1

2

3

Havoning
nazariy
hajmi

Qattik va suyuq

V0 = 0,0889(c“ + 0,375“)+ + 0,265H“ - 0,0333 * О“

Gaz

V0 = 0,0476

2CH 4 + 0,5С0 + 0,5Н 2 +'
+ Z(m + nУтНп - О2




Uch atomli gazlar

Qattiq va suyuq

VRO2 = 0,01866(c“ + 0,3755'“)

2

3




Gaz

Vro2 = 0,01(CH4 + CO + CO2 +X cmHn)

Suv bug'i

Qattiq va suyuq

V02o = 0,111“ + 0,0124Ж“ + 0,0161* V^

Gaz

Hlo = 0,0 + 0,0161*

' 2CH 4 + H 2 + ^
n +
+ У- CmHn + 0,124
гк m n 5 г
V 2 J
V0
x

Azot

Qattiq va suyuq

V02 = 0,79V0 + 0,008N“

Gaz

V02 = 0,79Vx° + 0,01N2





Shunday qilib, yonish mahsulotlarining jamlangan nazariy hajmi
v; = RO2+V0o+v°°2 (3.11.)
Yonish mahsulotlarining haqiqiy hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi
VT = v; + {a- 1)v; . (3.12)

  1. Yonish mahsulotlarining entalpiyasi

Entalpiya Н- termodinamik tizimning holat funksiyasi bo'lib, u ichki energiyaning U va bosim Р bilan hajm V ning ko'paytmasi yig'indisiga teng: Н = U + PV . Izobarik jarayon (R=sonst) da entalpiya orttirmasi tizimiga uzatilgan issiqlik miqdoriga teng.
Yonish mahsulotlarining nazariy hajmining entalpiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:



в, (3.13) kJ/kg yoki kJm3,
f Ap Л

=
Т
Vro2 Cro2 + Vn2 + CN2 + vH2o CH2o + ay 100Ck


bu erda: Cro , сN , с^ q - tutun gazlaridagi komponentlarning issiqlik sig'imi
koeffisentlari, gazning berilgan haroratida aniqlanadi, kJ/(m3.K); CK- kulzarralarning issiqlik sig'imi koeffisenti, kJ/(m3.K); aU - tutun bilan uchib ketgan kul zarralarining qismi; в -tutun gazining harorati, K.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Yonish mahsulotlarining tarkibini keltiring.

  2. Yonish mahsulotlarining hajmi qanday aniqlanadi?

  3. Yonish mahsulotlarining entalpiyasi nima?

  4. Entalpiya nimaga teng?

3.6.O‘txona qurilmalari. Qatlamli, kamerali va uyurmali o‘txonalar Tayanch iboralar: o’txona, o’choq, kamera, yuqori temperatura


Yoqilg‘ining yonish jarayoni kechadigan qurilma o‘txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui o‘txona qurilmasi deyiladi. Har qanday o‘txonani yondirish qurilmasi bilan o‘txona bo‘shlig‘i (kamerasi) ning qo‘shilmasidan iborat deb qarash mumkin. Qattiq yoqilg‘ini yoqishda yoqilg‘i bo‘laklarini tutib turadigan panjarali cho‘g‘don yondirish qurilmasi bo‘lib xizmat qiladi. Suyuq va gaz holatidagi yoqilg‘ini yoqishda o‘txonaga to‘zitilgan yoqilg‘ini va yonish uchun zaruriy havoni purkab beradigan forsunka yoki gorelkalar yondirish qurilmasi bo‘ladi. O‘txona va uning yo‘llarida qozonni isish sirtlari joylashadi, ular o‘txonada yoqilg‘i yonganda hosil bo‘ladigan issiqlikni o‘ziga oladi. Hozirgi o‘txonalarda yoqilg‘i shunchalik yuqori temperaturada yonadiki, yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan kul suyuqlanib shlakka aylanadi. O‘txonaning yuqori temperaturasi va o‘txona devoriga o‘tirib qolgan suyuqlangan shlak ta’sirida o‘txonaning ichki qoplamasi tez yemirilishi mumkin. Bundan tashqari, tutun gazlar bilan birga chiqib ketayotgan kulning suyuq zarralari isitish sirtlariga o‘tirib, issiqlik uzatilishini yomonlashtiradi. Shu sababli o‘txona devorlari ekranlanadi, ya’ni ularning oldiga ichida suv aylanib yuradigan metall quvurlar o‘rnatiladi. Yoqilg‘ini yoqish usuliga qarab o‘txonalar qatlamli va kamerali o‘txonalarga bo‘linadi. Qatlamli o‘txonalarda qattiq yoqilg‘i qatlam usulida yoqiladi. Kamerali o‘txonalar changsimon holidagi qattiq yoqilg‘i, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Kamerali o‘txonalar mash’alali va uyurmali o‘txonalarga bo‘linadi.
Qatlamli o‘txonalar
Qatlamli o‘txonaning asosini panjarali cho‘g‘don tashkil etadi. Panjarali cho‘g‘don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yoqilg‘i teng joylashtiriladi va panjara ostidan yonish uchun zarur bo‘lgan havo tabiiy ravishda yoki majburan uzatiladi.
Panjarali cho‘g‘don yoqilg‘ini tutibgina qolmasdan yoqilg‘iga havoni o‘tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o‘tkazib turish vazifalarini ham bajaradi. Cho‘g‘dondagi hamma teshik va tirqishlarni ko‘ndalang kesimlari yig‘indisi panjaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho‘g‘don o‘lchamlari yoqilg‘i turi va uning bo‘laklarining katta kichikligiga mos ravishda tanlanadi. Cho‘g‘don asosan cho‘yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo‘lganda, u bir necha bo‘lakdan tashkil topadi.
Qo‘zg‘almas cho‘g‘donli va qo‘zg‘almas qatlamli o‘txonalar, yoqilg‘i qatlamini aralashtirib harakatlanadigan cho‘g‘donli o‘txonalar. Qo‘zg‘almas cho‘g‘don ustida harakatlanuvchi qatlamli o‘txonalar.Hozirgi paytda qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan o‘txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo‘lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o‘txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o‘txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg‘ini cho‘g‘donga qo‘lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o‘txonalarni qo‘llash qozon unumdorligini 6,5 - 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho‘g‘donni qo‘llash qozonning bug‘ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi. Zanjirli cho‘g‘don yoqilg‘i qatlam - qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o‘txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi. Yoqilg‘i bunker 1 dan harakatlanayotgan zanjirli cho‘g‘don 4 ga tushadi. U bir - biriga parallel joylashgan uzluksiz ikkita zanjirdan iborat bo‘lib,ularga cho‘g‘donlar mahkamlangan. 3.4-rasmda qatlamli o‘txonalar sxemasi keltirilgan.






  1. rasm. Qatlamli o‘txonalar sxemasi

a-gorizontal panjarali o‘txona; b-tashlagichli o‘txona; v-zanjirli o‘txona; g- zanjirli teskari yo‘lli va tashlagichli o‘txona; d-tebranib turadigan cho‘g‘donli o‘txona; ye-qiya cho‘g‘donli o‘txona; j-jadal yonadigan o‘txona (V.V.Pomerantsov sxemasi); 1-bunker; 2-zanjirli cho‘g‘don; 3-shlak bunkeri;
Yoqilg‘i uchun zarur havo cho‘g‘don ostidan kiritiladi. Cho‘g‘donni boshlanish qismida yoqilg‘i qizdiriladi. Qizigan yoqilg‘i ozgina ortiqcha havo bilan yonadi. Cho‘g‘donni oxirida kuygan shlak shlak bunkeri 3 ga to‘kiladi.Teskari yo‘lli zanjir - panjarali o‘txonalarda toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirlarni yoqish mumkin. Yoqilg‘ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo‘qotib turish uchun o‘txonaga tebranib turadigan cho‘g‘donlar o‘rnatiladi. Bu cho‘g‘donlar vaqti - vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo‘shatib uni kulxonaga tushiradi. Cho‘g‘don tebranganda yoqilg‘i aralashib yonish yaxshilanadi. Qiya cho‘g‘donli o‘txonalar bug‘ unumdorligi 2,5 - 20 m/soat bo‘lgan qozonlarda yog‘och chiqindilarini yoqish uchun mo‘ljallangan. Jadal yonadigan o‘txonalar bug‘ unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo‘lgan qozonlarda torflarni yoqish uchun qo‘llaniladi. Qatlamli o‘txonalarning asosiy kamchiligi yonish yuzasi kichikligi tufayli uning quvvatini cheklanganidadir.
Kamerali o‘txonalar
Kamerali o‘txonalar (mash’alali) changsimon, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Qattiq yoqilg‘i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o‘txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg‘i muallaq holatda yonadi. Kamerada yoqilg‘i bilan birga kiradigan havo birlamchi havo deyiladi. 3.5 - rasmda kamerali (mash’alali) o‘txonalar sxemasi keltirilgan.





3.5 - rasm. Kamerali (mash’alali) o‘txonalar sxemasi.
a - qattiq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; b - suyuq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; v - suyuq va gaz yoqilg‘isi yoqish uchun o‘txona; g - changsimon yoqilg‘i yoqish uchun ikki kamerali o‘txona;
Yoqilg‘ini to‘liq yonishi uchun zaruriy havoning bir qismi kameraga qo‘shimcha ravishda beriladi. Bu havo ikkilamchi havo deyiladi. O‘tga chidamli g‘ishtdan ko‘tarilgan o‘txona kamerasi 1 ga gorelkalar 2 orqali yoqilg‘i va havo aralashmasi uzatiladi. Bu yerda aralashma alangalanadi va yonib tomom bo‘lib, yuqori temperaturali mash’alani hosil qiladi. O‘txonadan chiqishda yonish mahsulotlari temperaturasi pasayadi, chunki mash’ala radiatsiya tufayli issiqlikni jadal ravishda isish sirtlariga (quvurlar to‘plamiga) beradi. Ko‘mir changini yoqish uchun mo‘ljallangan kamerali o‘txonalar asosan gorelkalarning joylanishi va shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra o‘txonalar shlak quruq va suyuq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarga bo‘linadi. Shlak quruq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarda ko‘mir changining yonishidan hosil bo‘lgan kulning 80-85% i tutun gazlar bilan chiqib ketadi. Qolgan 15-20% i shlakka aylanadi va o‘txonaning pastki qismiga shlak varonkasi 3 ga tushadi. Suyuqlangan shlak zarralari sovuq varonkaning sirtiga tegib qotadi va shlak shaxtasiga to‘kiladi.Shlak suyuq holda chiqarib tashlanadigan o‘txonalarda kulning 90% ga yaqin asosiy qismi suyuq shlakka aylanadi va shlak vannasiga oqib tushadi.
Suyuq va gaz xolidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan kamerali o‘txonalardan shlakni chiqarib tashlash qurilmalari bo‘lmaydi, shuning uchun uning osti gorizontal yoki sal-pal qiya qilinadi. 3.6.-rasmda kamerali o‘txonada gorelkalarning joylashtirish sxemalari ko‘rsatilgan.

  1. -rasm. Gorelkalarning joylashish sxemasi.

O‘rtacha quvvatli qozon qurilmalari uchun asosan gorelkalar o‘txonaning old tomoniga va qarama-qarshi ikki tomonga , yirik qozon qurilmalarida esa burchagiga joylashtiriladi. Gorelkalar o‘txonaning shipiga kamdan-kam hollarda o‘rnatiladi.
Uyurmali o‘txonalar
Uyurmali o‘txonalar maydalangan ko‘mirni hamda mazutni yoqish uchun mo‘ljallangan.Maydalangan ko‘mir havo bilan birga uyurmali kamera 1 ga beriladi. Kameraga yana yon tomondan ikkilamchi havo beriladi, u 100 m/s tezlik bilan kiradi. Kamerada yonish mahsulotlarining aylanuvchan oqimi hosil bo‘lib, bu oqim yoqilg‘ining yirik donalarini kamera devorlariga otadi va ular bu







  1. yerda qizigan havo oqimlari ta’sirida gazga aylanadi. 3.7 - rasmda uyurmali o‘txonaning sxemasi keltirilgan.
    - rasm. Uyurmali o‘txonaning sxemasi.

a - gorizontal uyurmali o‘txona; b - vertikal uyurmali o‘txona.
Uyurmali kameradan yonish mahsulotlari yoqilg‘ining yonib bo‘lmagan zarralari bilan birga butunlay (oxirigacha) yonish kamerasi 2 ga, keyin radiatsion soha 3 ga o‘tadi. Suyuq shlak tomchilari shlak tutib qoladigan to‘plam

  1. ga yopishib qoladi va undan oqib shlak vannasi 5 ga o‘tadi.

Uyurmali o‘txonalarning af/alliklari quyidagilardir:

  1. Yoqilg‘ining kam ortiqcha havo (1,05-1,1) bilan yonishi, bu hol issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan isrof bo‘lishini kamaytiradi;

  2. Maydalangan ko‘mirda (changsimon ko‘mir o‘rniga) ishlash mumkin;

  3. Yoqilg‘ini kuli o‘txonada 80 - 90 % ushlab qolinadi.

Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  1. Namligi ko‘p bo‘lgan ko‘mirlarni va uchuvchan moddalar kam chiqadigan ko‘mirlarni yoqish qiyin.

  2. Puflash uchun energiya ko‘p sarf bo‘ladi.

O‘txona qurilmalarining issiqlik-texnikaviy ko‘rsatkichlari. O txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi o‘txona ishini tavsiflaydigan asosiy kattalik hisoblanadi. Shu kattalikka asosan o‘txonani loyixalash va qurish masalalari yechiladi, hamda uning ishining samaradorligi aniqlanadi. Bu kattalik


3
Q/Vo‘ nisbat bilan ifodalanadi va 1m o‘txona bo‘shlig‘ida vaqt birligi ichida ma’lum bir miqdorda yoqilg‘i yoqilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga teng.
Qv= Q/Vo‘ =Qq p/Vo- [Vt/m3] (3.14)
Bu yerda p-yoqilg‘ining sarfi, kg/s; Qq-quyi yonish issiqligi,kJ/kg. Agar Qv ning qiymati amalda aniqlangan ma’lum bir qiymatdan katta bo‘lsa, u holda o‘txonadagi yoqilg‘i to‘liq yonmaydi. Qozon qurilmalarini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turli xil yoqilg‘i, va yondirish usullari va o‘txona turlari uchun Qv ning qiymati keng oraliqda o‘zgaradi. Masalan, qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan qatlamli o‘txonalar uchun Qv=290^350 kVt/m , mexanizatsiyalashgan qatlamli o‘txonalar uchun Qv=290^465 kVt/m , kamerali o‘txonalarda ko‘mir changi yoqilganda Qv=145^230 kVt/m , Qv=230^460 kVt/m , qatlamli o‘txonalar uchun o‘txona ishining jadalligini tavsiflovchi yana bir kattalik cho‘g‘donning solishtirma issiqlik kuchlanishi kiritiladi:
QR=Q/R=Qq' р / RpT /M2 J, (3.15)
22 Bu yerda QR-cho‘g‘donning to‘liq yuzasi, m . Bu kattalik, 1 m yonish
yuzasida vaqt birligi ichida ma’lum bir miqdordagi yoqilg‘i yonganda ajralib
chiqqan issiqlik miqdoriga teng. QR kattalik yoqilg‘i turiga, uning bo‘laklari
kattaligiga, kul miqdoriga va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi va keng oraliqda -
350^1100 kVt/m2 o‘zgaradi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Yoqilg‘i sarfi qanday aniqlanadi?

  2. O‘txona turlari. O‘txonaning asosiy ko‘rsatkichlari.

  3. Kamerali o‘txonalar.

  4. Uyurmali o‘txonalar qanday ishlaydi?

  5. Kamerali o‘txonalarning qanday afzalliklari bor?

  6. Uyurmali o‘txonalarning afzalliklari va kamchiligi.

  7. O‘txona qurilmalarining issiqlik ko‘rsatkichlari.



MASALA YECHISH NAMUNALARI
3

  1. masala. Qozon o’chog’ida 1 m tabiiy gaz yoqilg’isi yoqilishi uchun zarur bo’lgan nazariy va haqiqiy havo hajmlarini, hamda o’choqdan chiqayotgan yonish mahsulotlarining to’liq hajmi aniqlansin. Bunda tabiiy gaz tarkibi: CO2 = 0,2 %; CH4 = 98,2 %; C2H6 = 0,4 %; C3H8 = 0,1 %; C4H10 = 0,1 %; N2 = 1,0 % va o’choqdagi havoning ortiqchalik koeffisiyenti ayo = 1,2 bo’lsin.

3

hajmlarini quyidagi formulalar yordamida aniqlaymiz: V0 = 0,0478
Yechish. 1 m yoqilg’i yoqilishi uchun zarur bo’lgan nazariy va haqiqiy havo

C H - O2
m n 2
0,5-{CO + H 2)+1,5 • H 2 S + 2 • CH 4 + £


Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish