2-boshlovchi Novbat 11-sinf o’quvchilariga marhamat
Kitob - donishmandlar suhbati
Odamzot yaratgan ma’lumotlar ichida eng chinakkam mo`jizasi kitobdir. U inson ma’naviyatini rivojlantirishda eng qudratli vosita bo‘lib, kitoblarda biz yashayotgan hayotning, o‘tmish zamonning aql-idroki yashaydi. Kitoblar qalbni yoritadi, insonni yuksaklikka ko‘taradi, kuchiga-kuch qo‘shadi, unda eng yaxshi orzu-istaklarini uyg‘otadi. Aqlni charxlaydi va yurakniyumshatadi. Men kitob o‘qiyotganda, dunyoning eng zo‘r, donishmand kishilari bilan muloqot qilgandek bo‘laman. Ularning musaffo, tip-tiniq suhbati bo‘lsang, ular bilan muloqot qilsang, sho‘a zahotiyoq ko‘z oldingga yaxshi dunyo paydo bo‘lgandek, ruhing quyoshdek yengillashgandek, qalbing mussafolashgandek, ko‘tarinkilik va bardamliliktuyasanki, go‘yo chashmadan tip-tiniq suv ichgandek bo‘lasan.
Kitob-falsafiy mushohadaga chorlaydi. Hayotni teran his qilishga da’vat etadi. Bevosita ulug‘ kishilar bilan birga o‘zing ham shu ulkan hayotning qahramoniga aylanib qolasan. Bugungi kunda men ulug‘ shoirlar, ("Abul maoniy") ("Ma’nolar otasi"deb tan olingan) Abduqodir Bedil, Rumiy, Navoiy, Bobur, Mashrab Ogahiyning asarlarini sevib o‘qiysan. Hayotdagi ulug‘ donolar sanalgan bu shoirlar asarlari hamisha meni lol qoldiradi. Shoirlarning zalvorli fikrlari hayotning tub mazmunini tashkil etadi. Chunonchi, Bedilda:
Zabt etay desang, ilmu kasb-hunar,
Insof, kamolni et o‘zingga rahbar
Bedilday puxta she’r yozay desang,
Po‘latdan qalam bo‘lsin, siyoh esa zar.
Bu misralar menimcha, yoshlar hayotining mayog‘i, shioriga aylanmog‘i lozim. Hech bir kasb-hunarni yengil-yelpi yo‘l bilan egallab bo‘lmaydi. Unga mehnat, mashaqqatli yo‘lda insof, adolat bilan yondashish shart. Shundagina kamolotga erishish mumkin deyilmoqda. Yuqoridagi ikki misrani keyingi ikki misra izohlamoqda, dalillamoqda: Bedildek mashhur shoir bo‘lmoqchi bo‘lsang "Qalaming" (po‘lat) iroda, siyoh-adolat, ezgulik yog‘dulari bilan o‘tkir bo‘lishi darkor deb aytmoqdalar. Mana shu to‘rt misraning o‘zidayoq, ezgu hayotning ehtiyojlari, zarurati oydin ifoda etilgan.
Rumiy ijodini Bedil asarlaridan ham soddaroq anglash mumkin. Ulug‘ shoir asarlarini hamma insonlar uchun birdek tushunarli, samimiy yaratgan. Shoirning fikrlari to‘g‘ri yurakka, dil to‘riga borib yetadigan, beixtiyor ko‘ngil shuuriga aylanadigan misralar:
Bu jahon-tog‘, fe’lu atvoring-nido,
Ul nidoni senga qaytargay-sado.
Bu baytda shoir insonning "Sen tog‘ga qanday ovoz bilan gapirsang, u ham senga aynan shunday" sado beradi, javob beradi, sen dunyo haqida qanday o‘ylasang, sening dunyong ham, taqdiring ham, qismating ham shunday bo‘ladi" - deyiladi. Birovga samimiy mehr berding, mehr qaytadi, nafrat qildingmi, istaysanmi, istamaysanmi, albatta, nafrat qaytadi. Aldadingmi, aldanasan: shafqatsizlik qildingmi, albatta, sen ham shafqatsizlikka duch kelasan. Bu tabiiy, tabiatning senga javobidir, deb uqtirmoqchi bo‘ladi. Ushbu fikrni shoirning quyidagi bayti ham to‘la izohlaydi:
Ey birodar, qil o‘zingga e’tibor,
Sendadir har dam hazon birla bahor
A. Navoiy elparvar, ma’rifatparvar va komil inson. Shoirning har bir misrada inson ma’naviyati, komilligi uchun sa’y-harakat yo‘li aniq ifoda etilgan. Umringda birgina Navoiyni o‘qisang ham, u kishiningahat, pandlariga rioya qilsang ham, dunyoda hech qachon kam bo‘lmaysan:
To xirsu xavas xirmoni barbod o‘lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas
To zulmi sitan jonig‘a bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
O‘zingdagi qalbingdagi hisu havas, nafsu havo-yu, zulmi sitamni o‘ldirmasdan, sendan el ham shod bo‘lmaydi, mamlakat (hayoting, umring) ham obod bo‘lmaydi, degan mazmun bor. Chunki shoir she’ri hamisha insontabiatiga qaratilgan.
Inson hayotga sinov uchun keladi. Ulug‘ shoir Z. M. Bobur hayoti va falsafasi ham shu: "Mana shu hayot so‘qmoqlaridan g‘am chekmasdan kurashib, o‘z maqsadi, orzusi yo‘lida mardonavorlik ko‘rsatsa, yaxshi nomi qolsa, elga u haqiqiy inson deb el tomonidan e’tirof etiladi":
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundinyaxshi yo‘q.
Kim degaylar dahr aro, qoldi falakdin yaxshilik.
Ulug‘ rim faylasufi Seneka shogirdiga shunday degan ekan: "Odamni ongli mavjudotga aylantirgan uning aqlidir. Aql donishmandlikka intilib, odam ruhini buyuk qiladi. Donishmandlik orqaligina kishi baxtiyor sezadi o‘zini. Baxtiyor sezmagan baxtiyor ham, ozod ham emas, Esingda tut, Lusiliy, yiqqaning emas, qalbingni bezagani boyligingdir". Xulosa qilib aytganda, ana shunday ma’naviy boylik-kitobdir.Shu bilan “Yangi kitob ,yangi olam”mavzusidagi tadbirimiz tugadi.E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.
Nurota tuman XTB ga qarashli 26-umumta’lim maktab kutubxonasi hamda maktabning 7-11-sinf o’quvchilari o’rtasida 23 aprel Xalqaro kitob kuniga atab “Yangi kitob-yangi olam”mavzusida o’tkazilgan abadiiy-badiiy kechaning
Do'stlaringiz bilan baham: |