1-boshlovchi: Hozirgi novbatni 7-sinf o’quvchilari tomonidan she’rlar guldastasiga bersak marhamat.
Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning bilim - saviyasini oshirishi, kitobga bo‘lgan muhabbatini, ma’naviyatini yuksaltirish borasida yangi qadam tashlanib, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, noshirlik, matbaa sohalarini rivojlantirish hamda mazkuryo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab - quvvatlashga alohida qaratilmoqda.
Bu jarayonlarda kasb - hunar kollejlari ham o‘z dasturiy maqsad vazifalaridan kelib chiqib, tumanda san’at va adabiyot sohasi vakillari, tadbirkor va yoshlarni jalb etgan holda "Mening oilam - kitobxon oila" mavzuida davra suhbatlarini tashkil etilmoqda.
Tumanimizdagi kasb - hunar kolleji o‘quvchilari bilan olib borilgan davra suhbatlaridan birida Kitobga bo‘lgan muhabbatim juda ham cheksiz, - deydi Peshko‘ iqtisodiyot kolleji 1-bosqich talabasi Shoira Yaxshiyeva. "Mening oilam - kitobxon oila" tadbirlarini ko‘plab o‘tkazishimiz ertamiz kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa ko‘nikmasini hosil qilish bo‘yicha aniq chora - tadbirlar dasturini ishlab chiqish, axborot-kutubxona muassasalari va ta’lim muassasalari kutubxonalari xodimlarining o‘quvchilar bilan ishlash borasidagi majburiyat va mas’uliyatini oshirishga undaydi.
Prezidentimiz boschiligida kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bizni juda ham quvontirdi. Ayniqsa, respublikamizning har bir tumanlarida ixtisoslashgan kitob do‘konlarini ochish, kitob mahsulotlarining narxinishakllantirish bo‘yicha bergan aniq ko‘rsatmalari kelgusida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishimizga, tanlagan sohamizni chuqur o‘zlashtirishimizga va eng asosiysi ma’rifatli inson bo‘lib kamol topishimizga xizmat qiladi.

Ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adabiyotlarning mumtoz asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish va adabiyot to‘garaklari faoliyatini moddiy qo‘llab - quvvatlash tizimini rivojlantirishga ham e’tibor qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |