N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili


-mashq. Matnda mantiqiylik sifatining ta’minlanishida ishtirok etgan sintaktik birliklarni izohlang



Download 0,73 Mb.
bet16/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

46-mashq. Matnda mantiqiylik sifatining ta’minlanishida ishtirok etgan sintaktik birliklarni izohlang.
1956-yil edi. Yetimxonada birga oʻsgan tengdoshlarimni uchratib qoldim. Yigirma yilcha koʻrishmagan boʻlsak-da, men u haqda ancha-muncha gapni eshitib bilar edim. Oʻzim umrimda koʻp qiyinchilik, mushkul vaziyatlarni boshimdan kechirganman. Lekin mening koʻrgan kunimni buning koʻrgiliklari oldida jannat desa boʻlardi.
U tarixchi yosh muallim edi. 1941-yili urushga ketganini bilaman, keyin koʻp oʻtmay, bedarak yoʻqolganini eshitdim. Urushdan keyin ma’lum boʻldiki, asir tushib, toʻrt yilda konslager dahshatlarini boshidan kechiribdi. Gʻalabadan keyin harbiy qismlarimiz qutqarganda, oilasiga darak keldi: ochlikdan chalajon boʻlgan holicha gospitalga joylashtirishgan ekan. Ammo bir yil oʻtar-oʻtmay Kolimada emish, deb eshitdik. Oʻsha gapga ham toʻqqiz yil boʻldi. Demak, jami oʻn besh yilcha jahannam azobini chekib omon qolgan odam. Lekin u hozir bunday kulfatni kechirgan kishiga sira oʻxshamasdi. Quloch yozib koʻrishganimizda yana ham amin boʻldimki, u togʻni ursa, talqon qiladiganday sogʻlom, baquvvat, oq yuzidan kulgi charaqlab turibdi. (A.Muxtor)
Yechim:
Matndagi mantiqiylik sifatining ta’minlanishi quyidagi morfologik va sintaktik vositalar mavjudligi bilan izohlanadi.

  1. Matn bayon uslubida, mazmunan o‘tgan zamon ma’nosida turibdi. O‘tgan zamon ma’nosini ifodalovchi edi, -di, -gan, -ib kabi morfologik vositalar matn mazmunidagi zamon ma’nosining mantiqiyligini boshdan-oyoq ta’minlashga xizmat qilgan.

  2. Matn qurilishi hikoya uslubida, personajning xotiralari asosiga qurilgan. Jumlalar ketma-ketligi mazmunan bir-birini to‘ldiradi. Mantiqan ikkinchisi birinchisi bilan bog‘langan.

  3. Gaplardagi so‘zlar tartibi to‘g‘ri, tilning sintaktik tabiatiga uyg‘un bo‘lishi natijasida mantiqan to‘g‘ri nutq (yozma matn) hosil bo‘lgan.

Topshiriq. Berilgan gaplarni oʻqing, nutqning sofligi sifatiga putur yetkazgan vositalarni aniqlang.
1. Sizlarnikidaqa situatsiyada har qanday bola ham bunday natijalarga erisholmaydi. (Jurnaldan)
2. Viktorinaga qatnashish jarayonida bir gʻoya tugʻildi. (Gazetadan)
Yechim:
Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar quyidagilardan iborat:

  1. Dialektal (shevaga xos) so‘zlar;

  2. Varvarizmlar (nutqda o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va birikmalari)

  3. Vulgarizmlar (dag‘al, qo‘pol, haqorat so‘zlari)

  4. Parazit so‘zlar (lug‘atlarda aniq ma’nosi mavjud so‘z va iboralarning ayni ma’nosidan begona qilingan tarzda qo‘llanishi)

  5. Kanselyarizmlar (idoraviy so‘z va iboralar)

Topshiriqda berilgan gaplarda nutq sofligi sifatiga salbiy ta’sir etayotgan unsurlar sifatida dialektal so‘z (sizlarnikidaqa – sizlarnikiday), varvarizmlar (situatsiya – vaziyat, viktorina – savol-javob o‘yini, bilimlar bahsi) qo‘llanmoqda.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish