N. Mahmudov va boshqalar. Ona tili


-misolda badantarbiya va ashulalar so‘zlari mantiqan juftlashmaydi. Shuningdek, badantarbiya berib borilmaydi, balki bajariladi. 7-misol



Download 0,73 Mb.
bet11/22
Sana29.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#592069
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
11-sinf ona tili Mashqlar yechimi

6-misolda badantarbiya va ashulalar so‘zlari mantiqan juftlashmaydi. Shuningdek, badantarbiya berib borilmaydi, balki bajariladi.
7-misoldagi Imzoga qoʻl qoʻyish (yengil harakat) mahalida gurs etib yerga quladi (tasodifiy og‘ir harakat) deyish mantiqan g‘alizlikni yuzaga keltiradi. Va yengil harakat paytida kutilmaganda og‘ir va qo‘pol harakatning yuzaga chiqishini mantiqan tasavvur qilish qiyin. Gurs etib yerga qulash jumlasi odatda tez harakatlar (masalan yugurganda) yoki noto‘g‘ri, qiyin harakatlar (masalan, raqs tushish, qadamni noto‘g‘ri bosish oqibatida muvozanatning buzilishi, og‘ir jismoniy mashqlar va hk) natijasiga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, Imzoga qoʻl qoʻyish jumlasida ham tavtologiya bor. O‘zi imzo qo‘yish – qo‘l qo‘yish demakdir. Shu bois imzo qo‘yish birikmasining o‘zi yetarlidir.
41-mashq. Berilgan parchani oʻqing, unda soʻz ma’nosiga e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelgan mantiqiylikning buzilishini tahlil qiling.
Chuqur atrofida biroz yurgandan soʻng it iz boʻylab olgʻa tashlandi. Mana, birdan toʻxtab qoldi. Tumshugʻi bilan yerni turtdi-da, oldingi oyoqlari bilan qorni titkilay boshladi… It tashvishli gʻingshib leytenantga suykaldi, soʻng yerni iskagancha, chuqurga, jilgʻa tomonga yoʻl oldi. Chuqurda qor bosilib, qalinlashgan. It oʻsha tomon oʻzini otdi, nihoyat, jilgʻa oldida taqqa toʻxtadi. Gʻazabli irillab usti muzlagan qorni tirnoqlari bilan qaziy boshladi. Qor ostida allaqanday qora narsa koʻrindi. It oldingi oyoqlarini mahkam tirab, oʻsha qora narsani tishlari bilan tishlab, butun kuchi bilan torta boshladi…
Qish kunlari qisqa: bu yondan u yonga qaraguningcha qorongʻi tushadi. Sovuq qahriga olib boryapti. Men goh sakrab hakkalayman, goh qoʻllarimni ishqalayman. Boshqalar ham mendan qolishmaydi. Sovuq jonni tindirmagani shu boʻlsa kerak-da. (M.Nasibullin)
Yechim:
Ushbu mashq shartiga asosan matndagi mantiqiylikning buzilishiga ta’sir etayotgan ayrim so‘zlarni aniqlash lozim. Matndagi shunday o‘rinlarni topib, tahlil qilib chiqamiz.

  • it iz boʻylab olgʻa tashlandi – ushbu birikmada bo‘ylab so‘zi o‘rnida ortidan so‘zini qo‘llash maqsadga muvofiq. Chunki bo‘ylab so‘zi ko‘pincha yoqalab ma’nosida (ya’ni biror obyektning ma’lum bir predmet bilan yonma-yon yo‘nalishda harakatlanishi, masalan, sohil bo‘ylab harakatlanish, ya’ni harakatlanuvchi obyekt yon tomonidan (o‘ng yoki chap) sohil parallel cho‘zilib ketgan) keladi. Shu bois bo‘ylab so‘zi mantiqiylikni buzishi mumkin. Chunki jumla mazmunida it orqada iz esa oldinda ma’nosi (iz yon tomonda emas) nazarda tutilmoqda. Shuning uchun bo‘ylab so‘zi o‘rnida ortidan so‘zini qo‘llash ma’no aniqligi va mantiqiyligini oshiradi.

  • Tumshugʻi bilan yerni turtdi-da – bu ifodada ikki xil mantiq buzilgan. Birinchidan, turtmoq harakati asosan insonga nisbatan qo‘llanib, aksariyat hollarda qo‘l harakati orqali bajariladi. Itda esa tumshuq orqali “bajarilmoqda”. Ikkinchidan, turtmoq harakatidan so‘ng turtilgan obyekt (predmet) biroz bo‘lsa ham mexanik kuch ta’sirida harakatga kelishi kerak. Vaholanki, yerning it tumshug‘i kuchi tasirida tebranma harakat hosil qilishini tasavvur qilish qiyin.

  • bu yondan u yonga qaraguningcha qorongʻi tushadi – bu holatni hayotiy (real) tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, insonning u yoqdan bu yoqqa qarashi uchun qandaydir soniyalar kerak bo‘ladi, xolos. Bu muddat ichida kunduzning o‘tib ketishi mantiqsizlik. Shu bois bu ifodani mubolag‘aviy tasvir sifatida faqat ko‘chma ma’nodagina tushunish mumkin.

  • tishlari bilan tishlab – bu ifodada tavtologik (o‘rinsiz takror) xatolik bor.

  • Sovuq qahriga olib, sovuq jonni tindirmagani bu ifodalardagi ma’noni ham faqat ko‘chma ma’nodagina tasavvur qilish va tushunish mumkin.

  • Shuningdek, matndagi ayrim tasvirlarda bir-biriga zid manzaralar uchraydi. 1-tasvir: Tumshugʻi bilan yerni turtdi-da, oldingi oyoqlari bilan qorni titkilay boshladibu tasvirdagi titkilamoq harakati qorning yumshoqligi va yangi yog‘ilganlik, hali muzlamaganlik ma’nolarini ifodalashga xizmat qilgan. 2- tasvir: Gʻazabli irillab usti muzlagan qorni tirnoqlari bilan qaziy boshladibu tasvirdan tushunish mumkinki, yerdagi qor allaqachon muzlagan, uni titish emas, balki “tirnoq bilan qazish kerak”. Shu bois bu ikki tasvirdagi ma’noni kontekstda mantiqan bog‘lana olmagan deb izohlash mumkin.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish