88
57-dars
NUÒQ USLUBLARI
NUÒQ USLUBLARI HAQIDA MA’LUMOÒ
1-topshiriq.
Matnni o‘qing.
Abdulla Qahhorning «Notiq» hikoyasida notiq o‘z uyida turmush o‘rtog‘iga
«O‘rtoq xotin» deb murojaat qiladi. Bu bilan personajning
xarakteri ochiladi
va o‘quvchi kulgisini qo‘zg‘atadi.
Buning sababi shundaki, ma’lum
nutqiy
vaziyat uchun xoslangan uslub boshqa nutqiy vaziyatda qo‘llangan.
Ko‘rinadiki, ona tilimizning imkoniyatlaridan to‘g‘ri
foydalanish uchun
uning so‘z
boyligi-yu, grammatik qonun-qoidalarini bilishgina kifoya qilmaydi.
Buning uchun adabiy tilimizdan ma’lum nutqiy
vaziyatga muvofiq ravishda
foydalana olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: