207-mashq. Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida suhbatlashing. So‘ng gaplarni
ko‘chirma gapga aylantiring.
Yer tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida yer
miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib, kelgusi yil hosili
uchun asrab turadi, o‘ziga kuch to‘playdi. Bahorda yer insonga o‘z bahrini
ochadi, saxiy mehrini sochadi.
(Y. Sa’dullayeva)
208-mashq. Matnni o‘qing, uni ko‘chirma gapga aylantiring.
Yiqilgan otingdan yurma o‘pkalab, G‘anim ranjidan ham chekmagin
alam. Egarda sobitlik ilmini o‘rgan, Dardingga ma’rifat davodir, bolam. (Amirqul Karim)
86
1. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga qanday aylantiriladi?
2. So‘roq va buyruq gap shaklidagi gaplar-chi?
3. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalmaning o‘rni o‘zlashtirma gapda qanday
bo‘ladi?