ASOSIY ATAMALAR
LUG‘ATI
Badiiy uslub — ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali
obrazli ifodalovchi va shu yo‘l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq
uslubi.
Bog‘langan qo‘shma gap — qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘z-
lari,-u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gap.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap — tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lib, maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida
bog‘langan qo‘shma gap.
Ergashgan qo‘shma gap — qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki
shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gap.
Qo‘shma gap — ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik
va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan
butunlik.
Ilmiy uslub — daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga
asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi,
fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub.
Ko‘chirma gap — birovning aynan keltirilgan yoki o‘zganing hech
o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi.
Do'stlaringiz bilan baham: |