44-dars. MUSTAHKAMLASH
1-topshiriq.
Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gaplarni aniqlang.
Tinish belgilarini izohlang.
Do‘stimga dedim: «Senga sir emaski, gul bebaho, guliston
bevafodir». Donishmandlar deydilar: «Har narsaki bevafo bo‘lsa,
u muhabbat qo‘yishga noravodir». Do‘stim dedi: «Xo‘sh, u holda
qanday tadbir ko‘riladi?» Men unga javob berdim: «Mutolaa
qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston»
nomli kitob yozishim mumkin».
Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga
yopishib xitob qildi: «Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi,
va’dasiga vafo qilmog‘i lozim!» (Sa’diy)
2-topshiriq.
Otangiz aytgan nasihatlarni yozing. Ko‘chirma gaplarga
izoh bering.
http://eduportal.uz
88
Do'stlaringiz bilan baham: |