N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

 16-mashq. 
Undalmalarning  qo‘llanishiga  va  tinish  belgilarining 
ishlatilishiga  e’tibor  bering.  Navoiy  dahosi  deganda  nimani  tushunasiz? 
Shu  haqda  bahslashing.
1.  Ey  Navoiy,  eldan  bir  chaqa  ham  tama  qilma,  aksincha, 
o‘zing  elga  bersang,  buni  «karam»  deydilar.  2.  «Ey  barcha  fanlarni 
bilguvchi  olim,  bu  ish  xayolingga  yaxshi  kelibdi.  Bu  yoqimli 
ishga  hoziroq  kirish»,  –  dedi.  3.  Suhayl  o‘ziga  kelib  qarasa,  qo‘l-
oyog‘i  bog‘langan.  Jobir  unga  qarab:  «Ey  mening  asirim,  jangda 
bo‘sh  kelmading,  –  dedi.  –  Men  minglab  odamlar  bilan  urishdim, 
lekin  senga  o‘xshagan  dovyurakni  hech  ko‘rmaganman».  4.  Mas’ud 
dedi:  «Ey  ochiqko‘ngilli  kishi,  sening  savolingga  javob  berish 
shart».    5.  Muqbil  dedi:  «Ey  shoh,  men  sizning  umringiz  uzoq, 
martabangiz  osmon  bo‘lishini  istayman».  («
Xamsa»  asaridan) 
17-mashq. 
Parchani  o‘qing,  siz  ham  Alisher  Navoiy  avlodi 
ekanligingizdan  faxrlanasizmi?  Uning  ijodini  qanchalik  o‘rgandingiz? 
Shu  haqda  suhbatlashing.  Matndagi  undalmalarni  aniqlang.
O‘zbekiston  Xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  talabalik  yillarida 
Mirtemir  domlani  ko‘rish,  suhbatlaridan  bahramand  bo‘lishga 
boribdilar. 
Suhbat  qilib  o‘tirgan  xonalaridagi  ish  stoli  ustida  Pushkinning 
rasmi  turgan  ekan.  Anchadan  so‘ng  suhbat  ichkari  uydagi 
kutubxonada  davom  etibdi.  Ittifoqo  Erkin  akaning  ko‘zi  kitob 
javonidagi  Mir  Alisher  Navoiyning  suratiga  tushibdi  va  beixtiyor 
savol  beribdilar:
–  Ustoz,  nega  Pushkinning  rasmini  ko‘rinadigan  joyga  –  ish 
stolingizga  qo‘ygansiz-u,  bobomiz  Alisher  Navoiyning  rasmlari 
ichkarida? 
Mirtemir  domla  shunday  javob  beribdilar:
–  Erkinjon,  men  hazrat  Alisher  Navoiyning  avlodi,  ul 
zot  qoldirgan  ma’naviy  merosning  merosxo‘ri  ekanim  bilan 
faxrlanaman-u,  biroq,  afsuski,  Pushkinni  o‘qib  tushunganchalik 
http://eduportal.uz


15
hazrat  Navoiyni  tushuna  olmayapman,  ma’nolar  olamiga 
kirolmayapman.  Binobarin,  hazratdan  uyalganim,  yuzlariga  qarashga 
xijolat  bo‘layotganim  tufayli  shunday  qilganman. 
(“Ibratli  hikoyalar 
va  xislatli  hikmatlar”  kitobidan) 
1.  Undalma  deb  nimaga  aytiladi?
  
2.  Undalmalar  gapning  boshida,  o‘rtasida,  oxirida  kelganda, 
tinish  belgilari  qanday  qo‘yiladi?
    
3.  O‘z  nutqingizda  kirish  so‘zlar  va  birikmalardan 
foydalanasizmi? 
18-mashq.
  Uyga vazifa.
  Gaplarni  ko‘chiring.  Undalmalar  va  kirish 
so‘zlarning  ostiga  chizing.
1.  Rosti,  dunyoda  inson  bolasidan  ham  aziz  va  ardoqli  zot 
bo‘lmasa  kerak.  (B. Utemurodov)  2.  Bilasizmi,  ma’naviyat  urug‘i 
inson  bolasiga,  eng  avvalo,  ona  suti,  uning  allasi,  oila  va  keng 
jamoatchilik  ta’siri  bilan  singadi.  (Q. Qodirov)  3.  Aslida,  yuragida 
milliy  iftixor  tuyg‘usi,  Vatan  muhabbati  jo‘sh  urgan  bilimdon, 
dono,  tadbirkor  insonlar  har  bir  mamlakatning  salohiyati,  kelajagini 
belgilay  oladigan  katta  kuch  hisoblanadi.  (U. Jumayev)  4.  Do‘st 
yomon  kunda  bilinadi,  deyishadi.  Menimcha,  ularning  qandayligi 
yaxshi  kunda  ham  bilinadi.  (Ch.Aytmatov)   

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish