N. M. Alovddinova Ilmiy va pedagogik xizmatlar markazi direktori


TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI



Download 46,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/171
Sana29.04.2022
Hajmi46,49 Mb.
#594384
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171
Bog'liq
2 5242334118246617535

50
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
1. Metallni tiski jag‘lari orasiga olib, mustahkam o‘rnatish lozim. Aks holda qirqish 
vaqtida metall siljib, reja chizig‘ining vaziyati o‘zgaradi va ish sifati buziladi.
2. Bolg‘aning puxta dastalanganligini tekshirib olish kerak. Aks holda bolg‘alash 
vaqtida bolg‘a dastadan chiqib ketishi, ro‘parada turgan odamni shikastlashi 
mumkin.
3. Zubiloning yaroqliligi (kallagining butunligi va tig‘ning o‘tkirligi)ni tekshirish lozim. 
Singan, darz ketgan va o‘tmaslangan zubilodan foydalanmaslik kerak.
4. Qirqishda zubiloni gorizontal holatda tutib turmaslik kerak. Bunday holat 
metallning qirqilmasdan, egilishiga olib keladi.
5. Chilangarlik ish stoliga himoya to‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
6. Metallning so‘nggi qatlamini qirqib tushirish vaqtida zubiloga ortiqcha zarb 
bermaslik kerak. Bunday holat qo‘lning shikastlanishiga olib keladi.
7. Mo‘rt metallarni qirqish, tarashlash vaqtida himoya ko‘zoynagini taqib olish 
lozim.
8. Qirqish vaqtida katta metall parchasining uzilib tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
II. Metallarni sandon (plita) ustida qirqish
Qirqiladigan metall material yoki zagotovkaning o‘lchami katta yoki uzun bo‘lsa, 
ularni tiskiga o‘rnatib qirqishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday holatlarda qirqish ishlari 
sandon ustida bajariladi.
Sandon yaxlit metall taglik bo‘lib, uning ustida metallarni to‘g‘rilash, parchinlash, 
qirqish kabi ishlar amalga oshiriladi (40-rasm). Sandon maxsus stol, tumbochka yoki 
kunda ustiga o‘rnatiladi.
Metallarni sandon ustida qirqish uchun:
1) qirqiladigan metall rejalanadi. Yupqa metallar bir tomonidan, qalinlari esa ikki 
tomonidan rejalanadi;
2) rejalangan metall sandon ustiga qo‘yib qirqiladi. Qirqish vaqtida zubilo reja 
chizig‘i bo‘yicha metallga tik qo‘yiladi (41-rasm, a, b);
40-rasm.
Sandon.
@edurtm_uz


51
3) yupqa metallar bir tomonlama yarmigacha yoki 2/3 qismigacha qirqilib, qolgan 
qismi qo‘lda qayirib sindirib olinadi;
4) qalin metallar ikki tomonlama qirqiladi. Bir tomonidan yarmigacha qirqilib, 
qolgan qismi ikkinchi tomondan qirqiladi. Buning uchun metall sandonga to‘ntarilgan 
holatda o‘rnatiladi. Ammo metall butunlay qirqib uzilmasdan, so‘nggi qatlam qo‘lda yoki 
tiskiga qistirib olib, qayirib sindiriladi;
5) qirqish metallning qalin-yupqaligiga qarab, bir marta yoki bir necha marta o‘tish 
bilan bajariladi. Bir necha marta o‘tish bilan qirqish vaqtida zubilo oldingi iz bo‘yicha 
surib boriladi;
6) uzun o‘lchamli reja bo‘yicha kesishda zubiloning o‘z-o‘zidan surilishini 
ta’minlash maqsadida uni kesish yo‘nalishi bo‘yicha orqaga ma’lum burchak (10–15º) 
ostida tutgan holda bolg‘alanadi. Bunday holat metallning bir tekis sifatli qirqilishini 
ta’minlaydi. Zubiloni ko‘tarib surganda, tig‘ining bir qismi qirqim ariqchasida qolishi 
kerak;
7) yumaloq va kvadrat shakldagi metallarni qirqishda reja hamma tomoniga 
aylantirib chiziladi. Qirqish ishlari ham aylantirib olib boriladi. Bu jarayonda metall 
oxirigacha qirqib tushirilmasdan, balki so‘nggi qatlami sindirib olinadi;
8) list metallardan egri chiziqli zagotovkalarni qirqib olishda, tig‘i yumaloqlangan 
(“y” simon) maxsus zubilolar ishlatiladi (41-rasm, d).
Chilangarlik bolg‘asi.
Bolg‘ada dasta uchun teshik ochiladi. Bolg‘aga o‘rnatilgan 
dasta uning uchiga yog‘och yoki metall pona qoqib mahkamlanadi. Bunday dastani 
qizil, chetan, oq qayin, zarang va boshqa qattiq hamda bukiladigan daraxtlarning 
yog‘ochlaridan tayyorlash mumkin. Dastaning yog‘ochi to‘g‘ri va quruq bo‘lishi, unda 
yoriq va ko‘zlar bo‘lmasligi, sirti yaxshi silliqlanishi, unga alif shimdirilishi kerak.
Qirqish vaqtida bolg‘ani o‘ng qo‘l bilan dastasining uchidan 15–20 mm qoldirib 
ushlash lozim (42-rasm).
a)
b)
d)
41-rasm.
Sandon ustida qirqish: 
a) polosalarni qirqish; b) listlarni to‘g‘ri chiziq 
bo‘yicha qirqish; d) listlarni egri chiziq bo‘yicha qirqish.
@edurtm_uz



Download 46,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish