48
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
13-§. METALLARNI QIRQISH
Metallarni qirqish ishlari metall qirqish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Ular
sirasiga chilangarlik qaychilari, arralari, zubilo, kreysmeysel kabilarni kiritish mumkin.
Turli qalinlikdagi metallarni qirqish ishlarini bajarishda, asosan, zubilo va kreysmeysel
asboblaridan foydalaniladi.
Zubilo va kreysmeysel.
Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va
tarashlanadi (36-rasm).
Zubilo ish qismi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, asbobsozlik
po‘latlaridan tayyorlanadi. U 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig‘ning
eni, mos ravishda, 10, 15, 20 va 25 mm ni tashkil etadi.
Kreysmeysellar tor ariqcha (kanavka), shponka pazlarini ochishda, ichki konturlarni
tarashlashda ishlatilib, zubilodan tig‘ining ensizligi hamda tanasining qalinligi bilan farq
qiladi. Ularning materiali hamda o‘tkirlik burchagi zubiloniki bilan bir xil bo‘ladi.
Metallarni zubilo yordamida qirqish ikki xil usulda: tiski yordamida va sandon
ustida amalga oshiriladi. Bu usullar bilan qirqishda list, lenta, polosa, chiviq kabi metall
materiallardan keyinchalik tayyorlanadigan detal va buyumlar uchun zagotovkalar
tayyorlanadi.
I. Metallarni tiski yordamida qirqish
1. Zagotovkani kerakli o‘lchamda rejalab olish.
2. Metallni tiskiga o‘rnatish. Bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– reja chizig‘i tiski jag‘lari tekisligida yotishi lozim. Uning qiyshiq, ya’ni tiski jag‘laridan
yuqori yoki pastda joylashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
– metallning qirqib tashlanadigan qismi tiski jag‘laridan yuqorida, ishlatiladigan qismi
esa tiski jag‘lari orasiga o‘rnatiladi. Aksincha o‘rnatilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi;
– qirqiladigan metall tiski jag‘laridan enli bo‘lsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap
tomonga chiqarib o‘rnatiladi va kesish davomida o‘ng tomonga surib boriladi.
Metallni tiski jag‘laridan o‘ng tomonga chiqarib o‘rnatmaslik kerak.
36-rasm.
Zubilo va kreysmeysel:
a) zubilo; b) kreysmeysel.
a)
b)
@edurtm_uz
49
3. Metallni qirqish ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish. Bunda tiskiga nisbatan
to‘g‘ri ish vaziyati tanlanadi (37-rasm). O‘ng qo‘lga bolg‘a, chap qo‘lga esa zubilo olinadi.
Zubiloning kallagi (tana qismi) boshiga nisbatan 20–25 mm pastdan ushlanadi
(38-rasm).
Zubilo metallga o‘ng tomondan, unga nisbatan 45º (surish burchagi), tiski jag‘lari
tekisligiga nisbatan esa 30–35º burchak (og‘ish burchagi) ostida tutiladi (39-rasm, a, b).
4. Zubiloni bolg‘alash orqali metallni qirqish. Bunda zubiloning kallagiga emas, balki
uning ish qismi tig‘iga qarash lozim. Aks holda to‘g‘ri chiziqli qirqim hosil bo‘lmaydi. Har
bir zarbdan keyin, zubilo chap tomonga surib boriladi. Yupqa metallar bir tomondan
birato‘la qirqib tushiriladi. Qalin metallar ikki tomonlama qirqiladi. Qirqib tushiriladigan
qatlam katta o‘lchamli bo‘lsa, u holda metallni uzish qo‘lda qayirib sindirish yo‘li bilan
bajariladi.
mm
37-rasm.
Zubilo bilan qirqishda to‘g‘ri
ish vaziyatini tanlash.
38-rasm.
Zubiloni ushlash
usuli.
39-rasm.
Zubiloni metallga nisbatan tutish:
a) surish burchagi; b) og‘ish burchagi.
a)
b)
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |