N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet91/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Pensiyaning tayanch miqdori.

Yoshga doir pensiya tayinlashda – pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha yillik ish haqining (eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan ortiq bo’lmagan doirada) 55 foizi, lekin eng kam oy­lik ish haqining 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda tayanch miq­dori belgilanadi.

Nogironlik pensiyasining tayanch miqdori. I–II guruh nogironla­ri uchun hisoblab chiqarilgan o’rtacha oylik ish haqining (eng kam oy­lik ish haqining 8 barobaridan ko’p bo’lmagan miqdorda) 55 foizi; III guruh nogironlari uchun esa o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, am­mo eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorda belgilanadi. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasining tayanch miqdori oilaning har bir mehnatga yaroqsiz a’zosiga o’rtacha oylik ish haqi­ning 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo’lmagan miqdorda. CHin yetim (ham otasi va ham onasidan ayrilgan) bolalar uchun pensiya hisoblashda uning ota-onasi o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.

Ish staji uchun pensiyaning oshirilishi. To’liq pensiya tayin­lashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun pensiyaning tayanch miqdori:

a) yoshga doir pensiya tayinlashda – hisoblab chiqarilgan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

b) I–II guruh nogironlik pensiyasi tayinlash paytida o’rtacha oy­lik ish haqining 1 foizi miqdorida;

v) III guruh nogironlariga – o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

g) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foi­zi miqdorida, chin yetimlar uchun esa ota va onaning umumiy (birga qo’shilgan mehnat staji miqdoriga ko’ra (eng kam oylik ish haqining 7 barobari doirasida) stajidan kelib chiqilgani holda oshiriladi.

Pensiya miqdorini hisoblashdagi uchinchi tarkibiy qism – pensiyalarga qo’shiladigan ustama haqlardir.

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonun­ning 28-moddasiga ko’ra pensiyalarga minimal oylik ish haqidan kelib chiqib ustama haqlar qo’shib beriladi:

Odatda ustama haqlarning pensioner tanlashi bo’yicha faqat bittasi berilishi mumkin. Ammo qonun hujjatlarida nazarda tutib qo’yilgan hollarda bir nechta ustama haq berilishiga ham yo’l qo’yili­shi mumkin. Tayinlangan pensiyalar keyinchalik qayta hisoblanishi mumkin. Pensiyani qayta hisoblashga asos bo’ladigan ana shunday holatlar «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunning 49-moddasida ko’rsatib qo’yilgan bo’lib, ular quyidagi hollarda qayta hisoblanadi:

Pensiyani oshirish huquqi paydo bo’lganida tayinlangan pen­siyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun mu­rojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan amalga oshiri­ladi.

Pensiyalarni to’lash


Pensiyalar tayinlangan kundan boshlab, ya’ni yoshga doir pensiya – pensiya olish huquqi paydo bo’lgan, nogironlik belgilangan kundan boshlab, uch oy ichida murojaat qilingan bo’lsa, boquvchisini yo’qot­ganlik pensiyasi esa marhum vafot qilgan (pensiya olish huquqi pay­do bo’lgan) kundan boshlab, olti oy ichida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilgan bo’lsa, – pensiya olish huquqi yuzaga kelgan kundan, boshqa hollarda – ariza berilgan kundan boshlab tayinlanadi hamda ishlamaydigan pensionerlarga ular doimiy istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadi.

Pensiyaga chiqqanidan keyin ham ish faoliyatini davom ettira­yotgan pensionerlarga esa pensiya ular mehnat munosabatida bo’lib turgan korxona, tashkilot kassasi orqali to’lanadi. Ishlamayotgan pensionerlarga pensiya to’lash Aloqa vazirligi korxonalari (aloqa bo’limi) yoki pensionerga shaxsiy schet ochish orqali xalq banki muas­sasalari orqali amalga oshiriladi. Ishlamayotgan pensionerlarga pensiyalarni aloqa korxonalari (aloqa bo’limlari) orqali to’lashga oid bo’lgan barcha masalalar O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Aloqa vazirliklari tomonidan birgalikda tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 30 avgustda ro’yxatga olingan «O’zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni to’lashga doir qo’llanma»da belgilab berilgan.

Pensiya va nafaqa faqat pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyida (ro’yxatdan o’tgan yerda) to’lanadi. Pensiya va nafaqalar­ni to’lash to’lov hujjatlarida ko’rsatilgan qat’iy belgilangan mud­datlarda amalga oshiriladi. Oylik to’lash muddati pensionerga bi­rinchi to’lash paytida ma’lum qilinadi. Pensiya birinchi marta to’langanda pensiya oluvchi tomonidan topshiriqnoma pasporti asosida to’lg’iziladi, pensiya puli miqdorini, pensiya olingan kunni ko’rsatib, imzo chekadi. pasport ma’lumotlari pochta xodimi tomoni­dan tekshirib ko’riladi. Agar pensiya yoki nafaqa pulini oluvchi imzo qo’ya olmasa (savodsiz, salomatlik holati bo’yicha), u boshqa kishini yoki qarindoshini chaqirishi kerak (ijtimoiy ta’minot va aloqa bog’lamasi xodimlaridan tashqari). U pul olishga qo’l qo’yadi va o’z pasportining raqami, seriyasi, kim tomondan va qachon berilganli­gini ko’rsatadi. Pochtachi bu ma’lumotlarni ko’rsatilgan hujjat bi­lan solishtirib tekshiradi.

Pensiya va nafaqani ijtimoiy ta’minot va pochta aloqasi xodimlariga ishonchnoma bo’yicha to’lash qat’iyan taqiqlanadi. «Fuqaro­larning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunning 59-mod­dasiga ko’ra, pensionerga hisoblab chiqarib qo’yilgan, lekin uning tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi uch yildan oshmagan davr uchun to’lanadi.

Pensiyani tayinlovchi yoki to’lovchi organning aybi bilan o’z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o’tgan davr uchun muddati chek­lanmagan holda to’lanadi. Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko’rsatib o’tilgan oila a’zolariga oyning u vafot etgunga qadar o’tgan kunlari uchun to’lanadi.

Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning tegishli summasi ularning o’rtasida teng taqsimlanadi. Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn maro­simini o’tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bo’lmagan holda dafn etish nafaqasi to’lanadi.

Ko’rsatib o’tilgan pullar ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin 6 oy ichida murojaat etilgan taqdirda to’lanadi. CHet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldin tayinlangan pensiyalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limiga chiqib ketish to’g’ri­sida ariza berilgan kundagi holatga ko’ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oyligi oldindan to’lanadi. Bu fuqa­rolarning chet elda bo’lgan vaqti uchun, agar davlatlararo bitimlarda (shartnomalarda) o’zga qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalar­gina to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 iyundagi qarori bilan «Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi tu­fayli tayinlangan pensiyalarni boshqa mamlakatlarga o’tkazish tar­tibi to’g’risida» Nizom tasdiqlangan. Pensiyalar to’lash sohasida Mustaqil Davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlar o’rtasida 1992 yil 13 martda bitim tuzilgan bo’lib, ushbu bitim asosida bu soha­dagi o’zaro hamkorlik tartibga solinadi. CHin yetim bolalarga to’liq davlat ta’minotida turgan davrida eng kam oylik ish haqining 100 foizi, ota-onasining biridan judo bo’lgan to’liq davlat ta’minoti­da bo’lgan yetim bolalarga esa eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida to’lanadi va ushbu summa bolaning nomiga xalq bankida ochilgan omonat schetiga o’tkazib qo’yiladi.

Qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg’iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o’rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kami­da 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to’lanadi. Ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to’lanmaydi. Pensioner statsionar davolanishda (kasalxonada yotib davolangan) bo’lgan vaqt uchun pensiya to’liq to’lanaveradi. Pensioner sodir etilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoq jazosiga hukm etilgan bo’lsa, pensiya to’lash u jazoni o’tayotgan davrda to’xtatib qo’yiladi va jazoni o’tab chiqqanidan so’ng bergan arizasiga binoan uni to’lash qayta tiklanishi mumkin. Pensiyalar va ular qo’shib beriladigan ustama haqlardan soliq olinmasligi belgilan­gan.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish