3. Mehnat nizolarini ko’rib chiqish va hal etish bo’yicha xalqaro tajriba
Xalqaro Mehnat tashkilotining Ma’muriy (Administrativ) tribunali (keyingi o’rinlarda - Tribunal) mazkur tashkilotning maxsus tuzilmasi hisoblanib, u 1927-1946 yillarda faoliyat ko’rsatgan Millatlar ligasi davrida tashkil etilgan va bugungi kunga qadar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tribunal o’z faoliyati davomida Millatlar ligasi Kotibiyatining Xalqaro mehnat tashkilotiga bo’lgan shikoyatlarini ko’rib chiqqan. 1947 yildan e’tiboran Tribunal amaldagi va sobiq xodimlarning Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) va uni tan olgan boshqa xalqaro tashkilotlarga bo’lgan shikoyatlarini ko’rib chiqib kelgan.Bugungi kunda Tribunal 63 ta xalqaro tashkilotlarda ishlab kelayotgan yoki mehnat faoliyatini olib borgan 58 mingdan ortiq xalqaro xodimlar uchun ochiqdir. Tribunal tuzilmasiga keladigan bo’lsak, u yangilanadigan 3 yillik muddatga tayinlanadigan turli millatdan bo’lgan 7 nafar sudьyadan iborat.Sudьyalar Xalqaro Mehnat konferentsiyasida tayinlanadi. Tribunal faoliyati pretsedent huquqiga asoslangan bo’lib, uning bazasida 3,6 mingdan ortiq qarorlar ingliz va frantsuz tillarida saqlanadi.120
Tribunal yig’ilishi 3 nafar sudьyadan, ayrim istisno hollarda Tribunal raisi qaroriga ko’ra 5 nafar yoki hatto 7 nafar sudьyalarning ishtirokida o’tkaziladi.
Tribunal qarori ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, u so’nggi hisoblanadi hamda qaror ustidan shikoyat qilishga yo’l qo’yilmaydi. SHunga qaramasdan, Tribunal qarorlarga sharh berish, qarorni ijro etish yoki ko’rib chiqish to’g’risidagi arizalarni qabul qilishi mumkin. Tribunalning qarorida kelingan to’xtam asoslangan holda ko’rsatib o’tiladi, u yozma ravishda Xalqaro Mehnat tashkiloti bosh direktori hamda javobgarga yuboriladi. Qarorning bir nusxasi XMTning arxiviga kiritiladi, u yerda har qanday shaxs qaror bilan tanishib chiqishi mumkin bo’ladi.
Tribunalning faoliyati bilan bog’liq xarajatlar Tribunal bilan kelishilgan holda Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan qoplanadi. Tribunalning faoliyati bilan bog’liq barcha masalalar 1946 yil 9 oktyabrь kuni Xalqaro Mehnat konferentsiyasida qabul qilingan Tribunalning Ustavi bilan tartibga solinadi. Tribunalning ustaviga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish Tribunal bilan maslahatlashgan holda Xalqaro Mehnat konferentsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Tribunalning Prezidenti va vitse-prezidentini saylash, uning yig’ilishlarini o’tkazish, shikoyatlarni taqdim etishga qo’yiladigan talablar, ishni Tribunalda ko’rib chiqishga qadar amalga oshirish kerak bo’lgan hamda Tribunal davomidagi zarur protseduralar hamda barcha boshqa zarur masalalar Tribunal tomonidan yakka tartibda ishlab chiqiladigan tartib-qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |