N. K. Jamalov mehnat huquqi


Jamoa shartnomasi tushunchasi va uning korxona va tashkilotlardagi ahamiyati



Download 2,79 Mb.
bet20/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

2. Jamoa shartnomasi tushunchasi va uning korxona va tashkilotlardagi ahamiyati

Jamoa shartnomasi xodimlar hamda ish beruvchilarning ijti­moiy sherikchiligi yo’li bilan korxonalardagi mehnat munosabat­larini tartibga solish vositasi sifatida bir tomondan, korxonani idora qilishdagi ish beruvchi avtonomligini, ikkinchidan esa, xo­dimlar jamoasining ham korxonani boshqarishda ishtirok eta olish huquqlari ro’yobga chiqarilishini anglatadi.

Hozirgi kunda jamoa shartnomasi lokal-huquqiy akt, korxona darajasida mehnaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi “o’ziga hos kodeks” tusini olib bormoqda.

Jamoa shartnomasi huquq ijodkrligi ko’rinishlaridan biri sifatida lokal-normativ yo’l bilan mehnat sharoitlarini o’rnatish vazifasini bajaradi.

Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.

Jamoa shartnomasi o’zining mazmuni va funktsiyalariga ko’ra oddiy fuqarolik huquqiy bitimlardan farq qiladi, chunki undan ko’zlangan maqsad- ikki tarafda O’zbekiston Respublikasi huquq va majburiyatlar tug’dirishgagina qaratilgan emas, jamoa shartnomasi korxonada yuz beruvchi ko’pchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni davlat huquqiy tizimidan tashqarida turgani holda tartibga solishga, xodimlar va ish beruvchi uchun majburiy bo’lgan “o’yin qoidalari”ni joriy qilishga, bu qoidalarga rioya etilishini kuzatib borishga, bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bitimdir. Jamoa shartnomasining qoidalari nafaqat uning taraflari sanaluvchi shaxslarga, balki unga aloqasi bo’lmaganlarga ham tatbiq qilinadi.(Masalan, shartnoma qabul qilib bo’linganidan so’ng ishga kirgan yangi xodimlarga, korxonada mehnat bitimiga assan mehnat qiluvchilarga, vafot etgan xodimning oila a’zolariga, korxonada ishlab pensiyaga chiqqan faxriylarga va hokazo).

Ayni paytda, jamoa shartnomasi ommaviy huquqiy (publichno-pravovoy) kuchga ega bo’lgan normativ hujjat ham emas, chunki, uning taraflari bo’lgan ish beruvchi ham, xodimlar vakillik organi ham ommaviy hokimiyatga ega emas va jamoa shartnomasi shartlari taraf­larning o’zaro kelishuvi bilan qabul qilingandir. Jamoa shartno­masi ijtimoiy sherikchilikka oid munosabatlarni korxona doirasida tartibga soluvchi lokal normativ hujjat sifatida ikki sotsial guruh: ish beruvchi (korxona mulkdori, tadbirkor) hamda yollanma xodimlar manfaatini o’zida ifodalaydi va shu sababli bipartizm nomini oldi.

Jamoa bitimlarining yuqori darajada va keng miqyosda amalga oshiriladigan shakli bo’lib jamoa kelishuvlari hisoblanadi.Ular tarmoq, hudud yoki iqtisodiyotning barcha tarmoqlari darajasidagi lokal me’yoriy hujjat sanaladi.

Jamoa kelishuvi - muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shart­lari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjat sanaladi.

Jamoa kelishuvi jamoa shartnomasidan farqli ravishda bir korxona miqyosida emas, balki kattaroq miqyosda (hudud, tarmoq) amal qiladi va o’z ahamiyati jihatdan muhim bo’lgan ijtimoiy sherikchi­lik munosabatlarini katta hududda (bir necha yuzlab, hatto minglab korxona doirasida tartibga soladi.

Jamoa shartnomaviy tartibga solish vositasi sifatida jamoa sharntnomasi va kelishuvlari mehnat huquqining umumiy qismiga taalluqli sanaladi, chuni ular vositasida mehnat huquqining barcha institutlariga oid qoidalar va normalar kuompleks holda joriy qilinadi. Jamoa shartnomalarida korxonaning idoravi bo’ysunishi, mulkchilik shakli, ish yuritish usulidan qat’i nazar mehnat shart-sharoitlari belgilanadi va mehnat sharoitlarini belgilovchi yuri­dik hujjat bo’lib xizmat qiladi.

Jamoa shartnomasi o’z mazmuniga ko’ra qonun talablariga mos bo’lishi lozim va unda xodimlar ahvolini mehnat qonun hujjatla­rida nazarda tutilganidan yomonlashtiruvchi normalar belgilanishi mumkin emas, chunki Mehnat kodeksining 5-moddasiga ko’ra mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini meh­nat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas.



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish