2. Mehnat huquqi printsiplari
Mehnat huquqining printsiplari eng avvalo ularning amal qilish doirasiga ko’ra tasniflanishi mumkin. Bunda ayrim yetakchi g’oyalar milliy huquq tizimimizning barcha tarmoqlariga yoxud bir necha turdosh tarmoqlarga yoki bo’lmasa faqat mehnat huquqi sohasining o’ziganina ta’lluqli ekanligiga tayanib ish ko’riladi. SHunga ko’ra ular:
1. Umumhuquqiy printsiplar;
2. Tarmoqlararo printsiplar;
3. Mehnat huquqining tarmoq printsiplariga ajratilishi mumkin.
Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan qonunlarga amal qilishning umumiy majburiyat ekanligi, fuqarolarning (xodimlaning ham) qonun oldida teng ekanlari, erkak va ayollarning teng huquqliligi kabi printsiplar umumhuqiy printsiplar jumlasiga kiradi.
Mehnat qilishning erkinligi, majburiy mehnatni ta’qiqlanganli, kasb-kor va mashg’ulot turini erkin tanlash huquqi kafolatlanishi, ish joyini erkin tanlash, mehnat jarayonida inson hayoti va salomatligini muxofaza etilishi kabilar tarmoqlararo printsiplardan bo’lib, mehnat faoliyati amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha sohalarda (fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, qishloq xo’jali huquqi va boshqalar) amal qiladi.
Tarmoqlarro printsiplar sifatida quyidagilar ko’rsatilishi mumkin:
a). Erkin mehnat qilish va o’zining mehnat qilish imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olishi mumkinligi;
b). Sog’liqni saqlashga bo’lga huquqni ta’minlanishi;
v). Ilm olish, kasb o’rganish, malaksini oshirishga bo’lgan huquqni kafolatlanishi;
g). Jamoat birlashmalariga uyushish, kasaba uyushmalari faoliyatida qatanashish huquqini amalga oshirilishi;
d). Mehnat qilishga bo’lgan huquqlarni qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalangan holda himoya qilishni kafolatlanishi.
Mehnat huquqining o’ziganina xos bo’lga ko’pgina printsiplar ham mavjud bo’lib, ular boshqa huquq sohalarida tatbiq qilinmaydi. Bunday printsiplar jumlasiga mehnat funktsiyalarining aniqligi, mehnat munosabatlari chog’ida xodim hayoti va salomatligining ishlab chiqarish manfaatlaridan ustunligi kabilar kiritilishi mumkin.
Erkin mehnat qilish va o’zining mehnat qilish imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olish huquqi fuqaroga mehnatning o’zi istagan jabxasini (yollanish asosida yoki erkin mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi, tadbirkorlik bilan yoxud boshqa o’zi uchun foydali bo’lga faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lishi mumkinligi) hech bir to’sqinliklarsiz tanlay olish imkoni mavjudligini anglatadi. Ammo, bunda jamiyatning ehtiyojlari, muayyan kasbga talab darajasi, shaxsning malaka va tajribasi kabi bir qator omillar e’tiborga olinishi lozim.
Mehnat shartnomasi tuzishning erkinligi printsipi yuqoridagi printsipning ko’rinishlaridan bo’lib, mehnat qilishning ixtiyoriyligi va majburiy mehnatga yo’l qo’yilmasliligi bilan bog’liqdir.
Sog’liqni saqlashga bo’lga huquqni ta’minlanishi printsipi ishlab chiqarish jarayonida sanitariya va gigiena talablariga rioya qilinishini, mehnat havfsizligini ta’minlay oladigan texnik, iqtisodi-tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishini talab qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xodimlar sog’liqini saqlash eng avvalo ishlab chiqarishda jarohat yetishi, shikastlanish, baxtsiz xodislarni oldini olish, kasb kasalliklari yuz berishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilan barcha chora-tadbirlar ko’rilishi lozimligini anglatadi. Bunda eng avvalo ishlab chiqarishda xodimlar sog’lig’ini ta’minlashga hizmat qiladigan huquqy-normativ baza yaratilishi, uning muntazam takomillashib borishiga erishmoq kerak.
Ilm olish, kasb o’rganish, o’z malaksini oshirishga bo’lgan huquq xodimlarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda maxsus ma’lumot olish, ishlab chiqarish jarayonida o’z malakasini oshirishi uchun zarur sharoit yaratilishini, shogirdlik asosida kasb-hunarni egallashga bo’lgan huquqlarining amalda ta’min etilishini bildiradi. Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari mahsus va kasbiy bilim olishni kafolatlaydi va uni ro’yobga chiarilishi uchun zarur huquqiy kafolatlarni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonunchiligida shogirdlik yo’li bilan kasbga ega bo’lish haqida mahsus normalar ko’zda tutilmagan bo’lsada, ammo, amalda undan foydalanib kelinmoqda va bizning nazarimizda qonunchilikdagi ushbu bo’shliq yaqin kelajakda bartaraf etiladi.
Mehnat kodeksining 7-moddasiga ko’ra: majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo’llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya’ni:
harbiy yoki muqobil hizmat to’g’risidagi qonunlar asosida;
favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy hisoblanmaydi.
Mehnat huquqining tamoyillaridan yana biri–kamsitishga yo’l qo’yilmasligidan iborat. Mehnat kodeksining 6 - moddasiga ko’ra: barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo’lish va bu huquqlardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo’lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo’lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo’l qo’yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida uning muayyan turiga xos bo’lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to’g’risidagi alohida g’amxo’rligi bilan bog’liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat sohasida o’zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o’ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to’lash to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Bozor munosabatlari tobora rivojlanib borayotgan, mulkchilikning turli shakllariga tayanuvchi xo’jalik sub’ektlari, ayniqsa xususiy biznes korxonalar keng tarqalgan sharoittda mehnat munosabatlarida kamsitishga yo’l qo’yilmasligi printsipiga amal qilinishi inson huquqlarini ta’minlanishida katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |