N. K. Jamalov mehnat huquqi


Mehnat huquqining sub’ekti sifatida ish beruvchilar



Download 2,79 Mb.
bet11/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

5. Mehnat huquqining sub’ekti sifatida ish beruvchilar

Mehnat bozorining zarariy ishtirokchilaridan biri-ish beruv­chidir. Ish beruvchi mavjudligi tufayligina mehnat bozori mavjud bo’ladi va faoliyat yurita oladi. Ish beruvchi mehnat bozorining iste’molchisi bo’lib, bozordagi ish kuchining tovar sifatidagi bahosi uning tomonidan bildirladigan talabga bog’liq bo’ladi.

Ish beruvchi, bu – fuqarolarga ish taklif eta oladigan, mehnat va boshqaruv, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan, o’z xodimlari mehnatini tashkil etishga, ularga ish haqi to’lashga, qonun hujjatalarida nazarda tutilgan kafolatlarni ta’minlab berishga layoqatli bo’lgan tashkilot (ayrim fuqaro)dir.

Ish beruvchilar mehnat sohasida tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquq sub’ektlilik layoqatiga ega bo’lishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-moddasiga ko’ra, quyidagilar ish beruvchilar bo’lishi mumkin:

1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo’linmalari o’z rahbarlari timsolida;

2) mulkdorning o’zi ayni bir vaqtda rahbar bo’lgan xususiy korxonalar;

3) o’n sakkiz yoshga to’lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

4) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. (15-modda O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O’RQ-391-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2015 y., 33-son, 439-modda) 25

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasiga muvofiq: o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvi­da alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.

Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.

Foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo’lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo’lishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot bo’lgan yuridik shaxs xo’jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonun­larda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.

Tijoratchi tashkilot bo’lmagan yuridik shaxs jamoat birlashma­si, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turi­ladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.

Tijoratchi bo’lmagan tashkilot o’zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin.

Yuridik shaxs shaklidagi ish beruvchilar o’zlarining turli xusu­siyatlariga ko’ra farqlanishlari mumkin. Mulkchilik shakliga ko’ra:



  • davlat korxona, muassasa va tashkilotlariga:

  • nodavlat korxona va tashkilotlariga;

  • chet ellik investor ishtirokidagi korxona va tashkilotlarga;

  • yakka shaxsning mulkiga asoslanuvchi va jamoaviy mulkdorlarga tegishli korxona va tashkilotlarga bo’linishlari mumkin.

Yuridik shaxs o’zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan

faoliyat maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’ladi.

Yuridik shaxsning huquq, layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi.

Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Yuridik shaxsning filiali ham yuridik shaxs tomonidan beril­gan vakolatnoma asosida ish beruvchi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan, vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo’linmasidir.

Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Yuridik shaxs shaklidagi ish beruvchilar faoliyat maqsadiga ko’ra tijoratchi (tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan va notijorat (foyda olish maqsadini nazarda tutmaydigan) tashkilotlaridan iborat bo’lishlari mumkin.

Davlat mulkiga asoslanuvchi ish beruvchilar - yuridik shaxslar davlat tomonidan o’zlariga yuklangan ishlab chiqarish, xizmatlar ko’r­satish, boshqaruv sohasida faoliyat yuritish bilan band bo’ladilar.

Korxona deganda belgilangan tartibda vakolatli davlat idorasida davlat ro’yxatidan o’tish orqali tadbirkorlik sub’ekti sifatida tashkil etilgan, o’z ustavida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishga qodir bo’lgan xo’jalik sub’ektidir.

Muassasa bo’lib esa ijtimoiy-boshqaruv sohasida ish yuritadi­gan vakolatli organ nazarda tutiladi.

Tashkilot bo’lib xo’jalik faoliyatini yoxud boshqa ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etish, muvofiqlashtirish, boshqarish vazifasini bajara oladigan sub’ekt hisoblanadi.

Tijorat tashkilotlari xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari shaklida tashkil etilishlari mumkin. Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari to’liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan yoki qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aktsiyadorlar jamiyati shaklida bo’ladi.

Notijorat tashkilotlari matlubot kooperativi, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, muassasalar, yuridik shaxslar birlashmalari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari shaklida mavjud bo’ladilar.

Yuridik shaxs qonunda ro’yxati belgilab qo’yilgan ayrim fao­liyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug’ullanishi mumkin (Masalan, bank xizmatlari, sug’urta xizmat­lari ko’rsatish va boshqalar).

Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazar tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Xorijiy korxonalar va xorijlik investorlar ishtirokidagi xo’jalik sub’ektlari ham O’zbekiston Respublikasidagi xo’jalik (tadbirkorlik) faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi qonun­chiligi talablari asosida ish yuritadilar va bu qoida ish beruvchi sifatidagi vakolatlari hamda majburiyatlariga ham taalluqlidir. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-moddasiga ko’ra, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to’liq yoki qisman tegishli bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona­larda O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari qo’llaniladi.

O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonu­nining 12-moddasiga ko’ra26, CHet ellik investorlarning xo’jalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, ularning sho’’ba korxonalari, filiallari va boshqa tuzilmalarini, shuningdek xo’jalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etish, sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirish, ijara shartnomalari va boshqa shartnomalarini tuzish bo’yicha faoliyati O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

CHet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O’zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi.

CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlari­ning mehnat munosabatlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjat­lari bilan tartibga solinadi.

CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona xodimlarining pensiya ta’minoti O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Ayrim fuqaro qonun hujjatlariga muvofiq ish beruvchi sifatida mehnat munosabatlarida ishtirok etishi mumkin. Biroq, fuqarolar o’z maishiy, ro’zg’or ehtiyojlarini qondirish maqsadida, o’zga fuqarolarni ishga yollashlari mumkin va bunda ular ish beruvchiga taalluqli huquqlarga ega bo’ladilar, majburiyatlarni bajaradilar.

O’zbe­kiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni 6-moddasiga ko’ra, Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.

Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun ko’pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to’lagan holda jalb etishga haqlidir.27

Mehnat kodeksining 17-moddasiga muvofiq ish beruvchi korxo­nani boshqarish va o’z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shart­nomalarini tuzish va bekor qilish;

mehnat shartnomasida shart qilib ko’rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;

o’z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo’lish huquqiga egadir.

Qonun o’z navbatida unga quyidagi majburiyatlarni ham yuklay­di: ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutil­gan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.

Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kir­maydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog’lig’i uchun xavf tug’diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.(MKning 177-moddasi).



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish