41
15- laboratoriya. Nerv oxirlari va reflektor yoy
Maqsad: Nerv oxirlari va reflektor yoyni mikropreparatlar, rangli jadvallar va atlas
yordamida o„rganish.
O‘quv jihozlari: mikroskop, mikropreparat, atlas, rangli jadvallar va o„quv adabiyotlari.
Mashg‘ulotning nazariy qismi:
Nerv hujayrasi о„simtalarining boshqa neyronlar yoki nerv, bо„lmagan tuzilmalar bilan
hosil qilgan maxsus birikmalariga sinapslar (yunon. synapsis – birikish, qо„shilish) deb ataladi.
Ikki nerv hujayralarining о„zaro birikishi organizmdagi sinapslarning asosiy qismini
tashkil qilib, ularni neyronlararo sinapslar deb ataladi. Agar nerv hujayrasi о„simtalari nerv
bо„lmagan tuzilmalarda (retseptor hujayralarda, mushak tolalarida, bezlarda va boshqa bir qator
tо„qimalarda) tugasa, bu sinapslar neyroeffektor va neyroretseptor sinapslar yoki nerv oxirlari
deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: