Oligodendrogliya neyrogliyaning eng ko„p sonli hujayralari bo„lgan oligodendrotsitlarni
o„z ichiga oladi. Oligodendrotsitlar mayda hujayralar bo„lib, shakli turlichadir.
Oligodendrotsitlar miyaning oq va kulrang moddasida keng tarqalgan bo„lib, MNS va periferik
nerv tugunlariiing hujayralarini o„rab turadi. Ular mielinli va mielinsiz nerv tolalarining pardalari
hosil bo„lishida hamda nerv oxirlarining shakllanishida ishtirok etadi. Ular trofik funktsiyani ba-
jaradi, nerv hujayralarining modda almashinuvi protsessida ishtirok etib, nerv tolalarining
degeneratsiyasi va regeneratsiyasida ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |