N iz o m iy n o m id a g I to sh k en t davlat ped a g o g ik a universiteti mamasoli jumaboyev



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/247
Sana14.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#552752
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   247
Bog'liq
jumaboyev mamasoli bolalar adabiyoti va falklori

Sog'lom, quvnoq bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Agarda ish qilmasam,
Tez zerikib qolaman.


Kattalarga dastyorman,
Xizmatiga tayyorman.
Mehnat — baxt. 0 ‘sha baxtni qo‘lga kiritish, mehnat unumdorligini 
oshirish uchun esa eng awalo ilm-fanni puxta o'zlashtirib olish kerak. Q. 
Muhammadiy «Kichkina michurinchilar» sh e'rid a m ehnatning zoe 
ketmasligini alohida ta ' kidlaydi:
Ilmini bilib olsang,
Mo ‘Ijaling xato ketmas.
Mehnat dunyoda buyuk ish. Kimki bu ishning etagini tutsa, u hech 
qachon kam boim aydi. Bugun ham shoirlarimiz o ‘z asarlarida bolalami 
mehnatkash bo'lishga, mehnat ahdini xurmat qilishga, ulaming peshona 
terlari evaziga bunyod etilgan narsalami e’zozlashga, asrab-avaylashga 
da’vatkor she’rlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar.
Bolalami bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida 
taibiyalash muhim ishlaidan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga 
aloxdda e’tibor beradilar. «Kichkina bog‘bon haqida doston», «Suv bilan 
suhbat», «Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o'rtoq haqida qissa» (Zafar 
Diyor); «To‘rt fasl» (Sh. Sa’dulla); «Bizning boqqa kelinglar» (G'.G'ulom); 
«Boychechak», «G‘uncha» (Uyg‘un); « 0 ‘rik gullaganda» (H. Olimjon); 
«Yurtimiz tabiati», «Tilla qo‘ng‘iz» (I. Muslim); «Tabiat alifbosi», «Qanotli 
do'stlar» (Q. Muhammadiy); «Bahor», «Tog‘ manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat); 
«Toshbaqa» (Yu. Shomansur); «Bir cho‘ntak yong'oq» (M A ’zam); «Baholar», 
«Maqtanchoq chumoli» (T. Adashboyev); «Bahor va m en»,« Qushcha so‘zi» 
(R. Tolib); «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasidandir. 
Bular orasida Shukur Sa’dullaning «Kichkina qushcha» asari alohida ajralib 
turadi. Unda bolalarning qushlarga bo'lgan mehri, g'amxo'riigi misralar qatiga 
chuqur singdiriladi.
Bolalar shoiri Olim Mahkam o'ziga o'zi talabchan qalamkashlardan 
biri. U o'zining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy 
tomondan mukammal bo'lishiga katta e’tibor beradi. «Kapalak» she’rini olib 
ko'raylik. To'rt misiadan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. 
Ammo juda ta’sirchan. Bu she’rda insonlar u yoqda tursin, hatto, hashoratu 
qurt-qumursqalar ham tabiatning mudom guldek yashnab turishi tarafdori 
ekanligi ayon boiadi:
— 
Kapalakjon, beri kel,
Buncha parvoz etasan.
— Meni quvma Erkinjon,
Gulni bosib ketasan.


Tinchlik va do'stlik! Bu ikki so‘z bir-biriga egizak. Bolalar adabiyotida 
bu mavzu muhim o ‘rinlardan birini egallaydi. G'afur G ‘ulom («Kaptar 
uchar, g‘oz uchar», «Tinchlik archasi»), Q. Muhammadiy («Urushga y o i 
bermaymiz»), Sh. Sa'dulla («Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she'r»), I. 
Muslim («Do'stlik»), Q. Hikmat («Tinchlik haqida qo‘shiq»), Shuxrat 
(«Tinchlik allasi», «Do'stlik guli»), Yusuf Shomansur («Orzular bir»), 
Safar Barnoyev («Biz bolalar») kabi shoirlar kitobxonlami tinchlik va 
do'stlik ruhida tarbiyalashga barakali hissa qo'shdilar.
Quddus M uhamm adiyning «Urushga yo'l bermaymiz» s h e 'ri 
bolalarning sevimli asarlaridandir. Unda yetuk insonlarning asosiy maqsadi 
tinchlik va osoyishtalik ekanligini bolalar ruhiga singdirib, ulami tinchlik 
uchun kurashga chaqiradi:
Deysan, tanda jonim bor,
Tinchlik uchun kurashay,
Urushga hech yo ‘l bermay,
Vatan, xalqim yashnatay.
Quddus M uhammadiy bu bilan chegaralanib qolmay, tinchlik 
tarafdorlarining yengilmas kuch-qudratini, astoydil harakat qilinsa tinchlik 
urushni yengishi muqarrar ekanligini shunday ifodalaydi:
Tinchlik bo'lsin hamma yoq.
Buning uchun hamma vaqt,
Kurashar jam bo ‘lib xalq.
Urushga y o ‘l bermaymiz,
Tinchlik yengar, tinchlik haq.
Bolalarning suyukli shoirlaridan biri boigan Qudrat Hikmat «Do'stlar, 
bering qo'lga qo'l» she' rida Quddus Muhammadiyning fikrini davom ettirib, 
shunday yozadi:
Tinchlik doim saqlanar,
Qasd qilgan majaqlanar.
Do'stlar, bering qo'lga qo'l,
Urushga hech qoymang yo'l»!
Hoziigi zamon o'zbek bolalar adabiyotida tinchlikning asosiy garovi 
bo'lmish do'stlik mavzusi tobora kengayib bormoqda. Bu mavzuda ayniqsa S. 
Jabbor, E. Raimov, R. Tolib, A. Obidjon va boshqalar g'oyaviy-badiiy 
mukammal asarlar yaratmoqdalar.
Bugungi o'zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini


aks ettiradigan asarlar haqida alohida to‘xtalib o ‘tish kerak. Hamma narsa 
o‘qishga, maktabga bog'liq. Maktab mavzusida yozilgan she’rlarda taibiya o'chog'i 
maktablar, unda qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-fan nurlaridan 
bahramand bo'lishga intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi.
Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she'rlari kichik maktab 
yoshidagi bolalarga mo'ljallangan. «Maktabim»ni o'qigan bolada o'qishga, 
ilm-fan nurlaridan bahramand bo'lishga intilish yanada o'sadi.
Ona kabi mehribon

Ilm-fanlarga makon,
Yayrab o'qiyman har on,
Qadrdonim, maktabim!
Senda darslar xilma-xil,
Ongim о ‘sar yilma-yil.
Sevinchlarga to ‘lar dil,
Qadrdonim, maktabim!»
A iochi o'quvchining maqsad va niyati ham a’lo darajada. Uning 
maqsadi o'sib, ulg'ayib xalq uchun, ona-oika uchun haqiqiy farzand boiib 
voyaga yetish:
A ’lo о ‘qishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Po'lat Mo'minning «Xoh o'qishda, xoh ishda», «Yer chopildi, javob 
topildi», «Sinfimiz qo'shig'i», «Ustozlar», R auf Tolibning «Katta 
tanaffusda», «O'rtog'imiz yo'qoldi», «Uy vazifasi»; Eigash Raimovning 
«Endi katta boiaman» kabi asarlarida shu kunning nafasi sezilib turadi.
Odatda bolalar orzular qanotida yashaydilar. Eigash Raimovning «Endi 
katta boiaman» she' rida bolaning oizu-niyati nihoyatda buyuk. Tezroq o'sib, 
ulg'ayib maktab o'quvchisi bo'lish:
Bultur edim oltida,
Yoshitn yetmay qoldida,
Maktabga yozishmadi,
O'qishga olishmadi.
Yillar yurmas ketiga,
Bu yil to ‘Idim yettiga.
Endi katta boiaman,
Men maktabga boraman.


Bolalar rostgo'y, halol, poklikni yaxshi ko'rishadi. Aldamchilik, 
yolg'onchilik, xushomadgo'ylik ularning xarakterlariga to'g'ri kelmaydi. Rauf 
Tolib bolalardagi bunday xususiyatni «O'rtog'imiz yo'qoldi» she'rida yaxshi 
yoritgan. Valijon o'zining yengiltakligi, yolg'onchi va xushomadgo'yligi, 
faqat o'z foydasini ko'zlab ish ko'rishi bilan sinfda obro'sini yo'qotgan:
О ‘z foydasin о У lar и
Do'st bo'lsin qandoq?
Oramizdan yo'qoldi,
Eh, bitta o'rtoq...
Bugungi kun bolalar she’riyatida harbiy vatanparvarlik mavzusi ham 
ancha mukammal ishlangan. Urush davri she’riyati tasvir markazida tuigan 
jangovarlik, fashist bosqinchilariga kuchli nafrat, Vatan himoyasiga chaqiriq, 
baynalmilal do'stlik g'oyalari so'nggi davr she’riyatida ham asosiy 
mavzulardan biriga aylandi. Ammo endi davr bilan bog'liq ravishda tasvir 
uslubining birmuncha o'zgarganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, urush 
davri she’riyatida lirik qahramonning bevosita jang maydonlaridagi 
kechinmalari ifodalansa, keyinchalik jang qahramonlarining esdaliklari yoki 
u haqda boshqalaming taasurotlari, tinchlik uchun kurash g'oyasi, urushning 
faqat halokatli oqibatlarini ifoda etishi birinchi o'ringa chiqarildi. Bu hoi 
she’riyatda harbiy vatanparvarlik tuyg'usining, tushunchasining tobora 
kengayib, yangi-yangi qirralari namoyon bo'layotganligini, davr talabi 
asosida ijodiy an’ananing davom etayotganini, boyitilayotganini ko'rsatadi.
Urushdan keyingi harbiy vatanparvarlik she’riyati uchun xarakterli 
xususiyatlar urush qahramonlari jasoratining ko'proq ikkinchi shaxs 
tomonidan hikoya qilinishida ham ko'zga tashlanadi. Urushga munosabatning 
bu shaklini Uyg'un («Mening akam»), Asqad Muxtor («Tinchlik soldati») 
kabi keksa avlod vakillaridan tortib, Tursunboy Adashboyev («O'g'limga»), 
Safar Barnoyev («Dadamning qoilari») singari keyingi avlod qalamkashlari 
ijodida ham uchratish mumkin.
O'zbek bolalar she’riyatining urushdan keyingi davrda yaratilgan 
namunalari ko'zdan kechirilganda, harbiy vatanparvarlik mavzusiga turlicha 
yondashilganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Mavlon Ikrom «Yosh 
Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish