8.4. Tarmoq adapterini o‘rnatish
Kompyuterning PCI shinasiga ulanadigan «ichki» tarmoq
adap terini o‘rnatish uchun quyida keltirilgan harakatlar ketma-
ketligini bajarish kerak.
1. Kompyuterni elektr ta’minotidan o‘chirish.
2. Tizimli blokning yon tomondan mahkamlab turgan vint-
larni bo‘shatib, kompyuter g‘ilofining qopqog‘ini ochish.
3. Tarmoq adapterini o‘rnatish kerak bo‘lgan bo‘sh slot
tanlandi. Agar bir xil bo‘lgan slotlarning bir nechtasi bo‘sh
bo‘lsa, ulardan o‘rnatish uchun
qulay bo‘lgani tanlandi. Slotning
qaysi biri tarmoq adapterining
siz tanlagan modeliga mos kel-
ishini aniqlang (8.7-rasm). Bun-
day qurilmalarning hammasin-
ing platasidagi kontakt qismida
maxsus o‘yilgan joy yoki «kalit»
mavjuddir. Bu birinchidan, quril-
mani portga ishonchli mahkam-
lash imkonini beradi, ikkinchi-
dan, uni noto‘g‘ri o‘rnatishdan
himoyalaydi.
RJ-45 razyomi
Koaksial kabel
uchun BNS razyomi
DB-15
razyomi
8.6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |