144
8.8-rasm.
Tarmoq adapterini
tizmli platadagi razyomga
o‘rnatish.
4. Agar
tashqi qurilmalar ning
muloqat paneli o‘rnatila
digan,
tizimli blokning orqa tarafida
joylashgan tirqish yop
qich bilan
yopilgan bo‘lsa, u holda uni olib
tashlash kerak. Yopqichlar ikki xil
turda bo‘ladi: yechiladigan – ular
vint lar bilan mahkamlangan bo‘lib,
o‘z shakli
bilan tizimli blok ning
orqa tarafidan, yon ko‘rinishini
takrorlaydi va o‘yilgan, ya’ni kom pyuterning g‘ilofini tayyorla-
nayotgan vaqtda maxsus moslama bilan bosib kiri
tilgan.
Yechiladigan yop qichning
vintlari bo‘shatiladi. O‘yilgan yop-
qichni ehtiyotkorlik bilan otvertka
yordamida qayirib, tizimli
plataga zarar yetkazmagan holda sindirib olish kerak. Tarmoq
adapterini tizimli plataning mos keladigan razyomiga qo‘yib
ko‘rib, g‘ilofning orqa tarafidagi qaysi tirqishning kerakligini an-
iqlagandan so‘ng, shu yopqichni olib tashlang.
5. Adapterni razyom ustiga ehtiyotkorlik bilan qo‘ying.
Diqqat bilan platani o‘rnatish jarayonida xatolik yuz bermaslig-
ini, tarmoq adapteri ning kontaktlari mos kelgan slotning kon-
taktlariga zich joylash tirilishni kuza ting. O‘rnatish
jarayonini
boshlash dan oldin kompyuterning ti zimli blokini yon tomonga
yot qizish tavsiya etiladi, plata o‘rna tilayotganda
uni yuqoridan
bosish qulaydir (8.8-rasm). Platani slotga joy lashtirib, mus tah-
kamlanadigan vintlar bilan mah kamlang.
6. Tizimli blokning qopqog‘i yopiladi va
vintlar bilan max-
kamlanadi.
7. Kompyuterning elektr ta’minoti yoqiladi.
Agar USB tarmoq adapteridan foydalanilayotgan bo‘lsa,
uni mos ravishda kompyuterning tizimli bloki orqa tarafida
joylashgan portga maxsus kabel yordamida ulanadi. Adapterga
145
o‘z navbatida 10BaseT/100BaseT tarmoq kabeli ulanadi. Bu
harakatlar bajarilib bo‘lgandan so‘ng, drayverlarni o‘rnatish
kerak. Integrallangan, ya’ni tizimli plata ichiga joylashtirilgan
tarmoq adapteri sozlashni va o‘rnatishni talab etmaydi. Ularni
ishga tayyorlash uchun tizimli plataning dasturiy ta’minoti
majmuasida bo‘ladigan mos bo‘lgan drayverlarni o‘rnatish
kifoyadir. Plug and Play BIOS texnologiyasini qo‘llaydigan
Windows 2000/XP operatsion tizimidan foydalanilsa, kompyuter
va operatsion tizimning o‘zi tarmoq adapterining hamma kerakli
ko‘rsatkichlari sozlandi.
Plug and Play texnologiyasini qo‘llamaydigan operatsion
tizimda yoki Windows NT operatsion tizimida adapter o‘rnatilsa,
adapter bilan birga dasturiy ta’minot
majmuasi yoki tizimni
apparatli konfiguratsiyalash uchun talab qilinadigan ma’lumotlarni
qo‘lda kiritish haqidagi ma’lumotning borligiga ishonch hosil
qilish kerak. Plug and Play adapterini o‘rnatish faqat shu
standartni qo‘llaydigan tizimda amalga oshirilish mumkin.
USB va PC Card/CardBus tarmoq adapterlari ulanishi bilan
avtomatik tarzda aniqlanadi va o‘rnatiladi.
Eski turdagi adapterlardan yangi
operatsion tizimda foyda-
lanilsa, masalan, Windows XP da, albatta, talab qilingan dray-
verni adapterni ishlab chiqaruvchining saytidan yuklash kerak
bo‘ladi. Agar hatto drayver o‘rnatilgan bo‘lsa ham, uning
oxirgi versiyasini yuklashga erinmang,
chunki u adapterning
o‘rnatilishi va sozlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning
yuzaga kelishining oldini oladi. Windows Vista tizimi tarmoq
adapterlarining
juda katta kutubxonasiga ega, ammo unda eskirgan
platalarni qo‘llash kamdan-kam topiladi. U hol da Windows XP
tizimi uchun yaratilgan drayverlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: