Aks holda,
tarmoqqa ulangan ishchi stansiyalar qayta yuklanganda har doim
xatolik haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
Ishchi guruhlar nomlarining turliligi. Tarmoqda birga
ishlaydigan hamma kompyuterlar bir xil ishchi guruh nomiga
ega ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Tarmoqdagi ishchi
guruhlarning turli nomlari bir necha ishchi guruhni yaratishga
olib keladi va boshqa kompyuterlarga kirish «
Вся сеть» (Butun tarmoq)
tugmasi orqali amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.
Guruhning nomini boshqarish panelidan ochiladigan tizim
xossasining muloqat oynasidan o‘zgartirish mumkin.
Tarmoq resurslaridan foydalana olmaslik. Tarmoqda bir-
galikda foydalaniladigan resurslarni borligini tekshirish kerak.
Agar shaxsiy kompyuteringizda resurslardan foydalanish bo‘l-
masa, (
Служба доступа к файлам и принтерам с ети Microsoft) tarmoqning fayllariga va printerlariga kirish xizmati
komponentining o‘rnatilgan
ligini tekshirish lozim. Windows
Vista operatsion tizimida printer va fayllardan birgalikda
foydalanish uchun (
Центр управления сетями и общим до- ступом ) umumiy kirishni va tarmoqni boshqarish markazi
oynasi orqali sozlanadi.