N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish


Ichki registrlar (protsessorli xotira)



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Ichki registrlar (protsessorli xotira)
mashinaning yaqin oradagi 
ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli 
saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori 
tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy 
xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi 
uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini 
ta’minlab bera olmaydi. 
Registrlar
– xotiraning turli uzunlikdagi 
tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli 
ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda 
ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki 
registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
Buyruqlarni saralash sxemasi
kompyuter dasturlariga muvo fiq 
buyruqlarning bajarilishiga tegishli manzillarni tashkil qilish uchun 
xizmat qiladi.
Uzilishlarni boshqarish sxemasi
dasturni elektron to‘xtatish 
(ko‘zda tutilmagan vaziyat), uning yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf 
etish hududiga o‘tishi, asosiy dasturni bajarishni davom ettirishi 
uchun to‘xtagan joyga qaytishi uchun xizmat qiladi.
Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni boshqarish sxemasi 
(XTTK). 
Ma’lumotlar massivini tashqi xotiradan tezkor xotiraga 
yuqo ri tezlikda olib o‘tish zaruriyati tug‘ilganda, protsessor bosh qaruvi 
ostidagi axborotning oddiy dasturiy almashinuvi samarasiz bo‘lishi 
mumkin. Ma’lumotlarni tashqi xotiradan tezkor xotiraga (yoki aksincha) 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimli shina orqali uzatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bu ish tartibini protsessorning maxsus sxemasi (xotiraga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kirish kontrolleri deb ham ataladi) ta’minlaydi.
ShK manzilli xotirasining tashkil qilinishini ko‘rib chiqamiz. 
ShKning xotirasi – bu axborotni yozish, saqlash va uzatishga 
mo‘ljallangan muhim funksional qismidir. ShKlarning zamonaviy 
modellarida xotira rivojlangan ierarxiyaga ega bo‘lib, hajmi va tezligi 
bo‘yicha turli bo‘lgan qurilmalardan tashkil topadi. Mikro protsessor 
xotira turlari va pog‘onalarining sxemasi 1.3-rasmda keltirilgan.
Xotiraning barcha turlarini shartli ravishda ularga nisbatan 
protsessorning foydalanish darajasi bo‘yicha to‘rtta pog‘onaga bo‘lish 
mumkin.


13
Birinchi pog‘ona – tezligi protsessorning taktlash chastotasi 
bilan tenglashtirilishi mumkin bo‘lgan, o‘ta tezkor xotira. Birinchi 
bosqich xotiralariga L1 kesh-xotirani hamda qo‘shimcha xotira 
qurilmasi sifatida qabul qilingan umumiy vazifali ichki registrlarni 
(IR) kiritish mumkin. Ushbu ikki xotira turi protsessorning kristaliga 
joylashtirilgan bo‘ladi.
Ikkinchi pog‘ona – bu an’anaviy tezkor (OZU) va doimiy xotira 
qurilmalaridir (DXQ). Doimiy xotiradan faqat axborotni o‘qish ish 
tartibida foydalaniladi va u standart dasturlarni, konstantalarni, 
funksiyalar jadvalini, ba’zida protsessorga joylashtirilgan fuksiya-
larni amalga oshiruvchi mikrodasturlarni saqlaydi. Tezkor xotira 
joriy hisoblashlarning ma’lumotlarini va dasturlarini hamda joriy 
uzilishlarga ishlov beruvchi dasturlarni saqlaydi. Protsessor tezkor 
xotiradan ma’lumotlarni o‘qish va yozishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
birinchi bosqich xotirasi orqali amalga oshirishi mumkin. DXQ yoki 
TXQ sxemalari protsessor bilan bitta platada joylashtirilishi mumkin.
Uchinchi pog‘ona – tezligi bir-biridan farqlangan ichki va 
tashqi saqlash qurilmalari o‘rtasida axborot almashinuvini vaqtida 
axborotni oraliq o‘qish va saqlash uchun mo‘ljallangan buferli xotira 
qurilmalaridir. L2 xotira protsessor bilan bir blokda joylashtirilgan 
bo‘lib, yarimo‘tkazgichli integral sxema yoki disk hisoblanadi. 
Odatda, bu pog‘onani oraliqli saqlash vazifasini bajargani uchun 
ikkinchi pog‘ona kesh xotirasi deb ataladi.
Xotira qurilmalarining dastlabki uchta pog‘onasi protsessorning 
ichki xotirasi hisoblanadi. Oxirgi – to‘rtinchi pog‘onasi – bu tashqi 
1.3-rasm. 

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish