N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Ta’minot manbayi
– tarkibida ShKning alohida va tarmoqli 
elektr ta’minot tizimi mavjud bo‘lgan blokdir.
Yuqorida keltirilgan bloklarning barchasi har qanday ShK ning 
asosini tashkil qiladi, ularsiz ShK to‘laqonli kompyuter deb hisob-
lanmaydi. 1.1-rasmda keltirilgan boshqa qurilmalar protsessor va 
uning xotirasiga nisbatan tashqi terminal qurilmalarga kiradi. Terminal 
qurilmalarga quyidagilar kiradi:

foydalanuvchining muloqat vositalari;

axborotni kiritish qurilmalari;

axborotni chiqarish qurilmalari;
– aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Foydalanuvchining
muloqat vositalari
tarkibiga quyidagilar 
kiradi:
– videomonitor (videoterminal, displey) – ShKga kiritilayotgan 
va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks ettiruvchi qurilma;
– nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari – tez rivojlanib bora yotgan 
multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga
quyidagilar kiradi:
– klaviatura – ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni 
qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;


16
– grafik planshetlar (digitayzerlar) – planshet yuzasida maxsus 
ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li bilan grafik axbo-
rotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
– skanerlar (o‘qish avtomatlari) – qog‘ozli va plonkali tashuv-
chilardan avtomatik tarzda o‘qish uchun va mashina yozuvidagi 
matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni ShKga kirituvchi 
qurilma;
– sensorli ekranlar – ShK ga displey ekranidagi tasvirning alohi-
da elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga mo‘ljal-
langan qurilma.
Chiqarish qurilmalariga
quyidagilar kiradi:
– printerlar – axborotni qog‘oz yoki plenkali tashuvchilarga qayd 
qilish uchun mo‘ljallangan bosmaga chiqarish qurilmasi;
– grafik quruvchilar (plotterlar) – grafik axborotlarni (gra fiklarni, 
chizmalarni va rasmlarni) ShKdan qog‘ozli tashuv chilarga 
chiqarishga mo‘ljallangan qurilma.
ShK tarkibiga kiritish-chiqarish terminallari bilan bir qatorda 
murakkab hisoblash tizimlari va tarmoq kompyuterlari bilan bog‘-
lovchi (ulovchi) qurilmalarni kiritish ham mumkin. 1.1-rasmda bu 
turdagi ko‘p qo‘llanuvchi tarmoq adapteri ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarni 
uzatish va aloqa qurilmalariga analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 
va raqamli-analog o‘zgartirgich (RAO‘), ma’lumot uzatish multi-
pleksorlari, modemlar, tarmoqdagi o‘zaro aloqa standartlarini mos-
lashtirish uchun mo‘ljallangan interfeysli plata va kartalar kabi 
qurilmalar ham kiradi.
Yuqorida keltirilgan qurilmalarning ko‘pi multimediya ish tartibini 
ta’minlovchi vositalar guruhiga tegishli.
Multimedia 
– bu apparat va dasturiy vositalarning majmuasi 
bo‘lib, insonga, muloqat uchun tabiiy bo‘lgan muhitlardan: tovush, 
video, tasvir, animatsiyalardan foydalish yo‘li bilan kompyuter orqali 
muloqot qilish imkonini beradi.
Multimediya vositalariga nutqli axborotni kiritish va chiqarish 
qurilmalari; mikrofon va videokameralar, kuchaytirgichlar, ovoz ko-
lonkalari bilan akustik va videotasvir tizimlari, katta video ekranlar; 
tovush va videoadapterlar, videomagnitofondan yoki videokameradan 


17
tasvirni qamrab oladigan va ShKga kiritadigan videoqamrov platalari; 
hozirda keng tarqalgan, bosma matnlar va rasmlarni kompyuterga 
avtomatik tarzda kiritish imkonini beruvchi skanerlar; nihoyat, 
tovushli va video axborotlarni yozish uchun qo‘llaniladigan, katta 
hajmli optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari kiradi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish