N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Quyi darajali formatlash. 
Quyi darajali formatlash jarayonida 
diskning yo‘laklari sektorlarga bo‘linadi. Bunda sektorlar sarlavhasi 
va natijasi (prefikslar va suffikslar) yoziladi, shuningdek, yo‘laklar 
va sektorlar orasidagi intervallar shakllanadi. Har bir sektorning 
ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan yoki maxsus ma’lumotlarning 
test to‘plami bilan to‘ldiriladi. Qattiq diskning yo‘laklaridagi sektorlar 
soni kontroller va jamlagich interfeysiga bog‘liq bo‘ladi.
IDE va SCSI jamlagichlarining deyarli barchasida 
zonali yozish
deb ataladigan yo‘laklardagi o‘zgaruvchi sonli sektorlar ishlatiladi. 
Markazdan uzoqda joylashgan, ya’ni nisbatan uzun bo‘lgan yo‘lak lar 
markazga yaqin joylashgan yo‘lakka qaraganda ko‘p sonli sektorlarni 
o‘z ichiga oladi. Qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan biri – ichki 
silindrlar bilan solishtirganda tashqi silindrlarni ko‘p sonli sektorlarga 
bo‘lishdir. Nazariy jihatdan tashqi silindrlar ko‘p ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olishi mumkin, negaki katta aylana uzunligiga ega (3.4-rasm).
Ma’lumotlarni standart yozishda tashqi yo‘laklar maydoni nihoyat-
da samarasiz ishlatiladi, negaki sezilarli darajada katta maydon bilan 
farqlanadigan bu yo‘laklar ichki yo‘laklar kabi xuddi shu ma’lumotlar 
miqdorini o‘z ichiga oladi. Past darajali formatlashda qattiq disk 
sig‘imini oshirish usullaridan biri diskning ichki silindrlariga qara-
ganda diskning tashqi silindrlarida ko‘p miqdordagi sektorlar soni 
yaratilishidan iborat.


52
Zonali yozish usulini qo‘llamaydigan jamlagichlarda, tashqi 
silindrlarning yo‘laklari uzunligi ichki silindrlarga qaraganda ikki 
baravar uzun bo‘lishiga qaramay, har bir silindrda bir xil miqdorda 
ma’lumotlar saqlanadi. Bu xotira qurilmasi sig‘imining noratsional 
ishlatilishiga olib keladi.
Zonali yozishda silindrlar 
zonalar
deb ataladigan guruhlarga 
bo‘linadi. Diskning tashqi chekkaga yaqinlashishiga qarab yo‘laklar 
ko‘p sonli sektorlarga bo‘linadi. Bitta zonaga tegishli barcha silindr-
larda yo‘laklardagi sektorlar soni bir xildir. Zonalar soni jamlagich 
turiga bog‘liq. Ko‘pchilik qurilmalarda ular 10 va undan ortiq bo‘ladi 
(3.5-rasm).
Tarkibida joylashtirilgan disk kontrollerlari mavjud bo‘lgan SCSI va 
ATA jamlagichlari turli xil sektorlar soniga ega yo‘laklarni formatlash 
imkonini beradi. Bu tipdagi jamlagichlarga joylashtiriladigan 
kontrollerlar zonali yozish algoritmini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi, bu 
esa jismoniy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlarni ularga 
mos holdagi mantiqiy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlar 
soniga o‘zgartirishga imkon beradi. Natijada jamlagichda bir xil 
sektorlar soniga ega bo‘lgan yo‘laklar yaratiladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish