N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

 

Изменить размер раздела
(Bo‘lim o‘lchamini o‘zgartirish). 
Mavjud bo‘lgan mantiqiy disklar va bo‘limlarning o‘lchamini 
o‘zgartirishga imkon beradi. Bo‘lim boshqa bir bo‘lim hiso
-
biga yoki oldin taqsimlanmagan maydon hisobiga kattalashishi 
mumkin. Qattiq diskda mantiqiy disk o‘lchamining kamayishida 
taqsimlanmagan maydon vujudga keladi yoki uning hajmi ortadi.
 

Перераспределить место
(Maydonni qayta taqsimlash). 
Oldingi ustaning soddalashgan varianti. Barcha ko‘rsatilgan 
disklarda operatsiya bajarilganidan so‘ng bo‘sh joy teng 
taqsimlangan bo‘ladi.
 

Объединить разделы 
(Bo‘limlarni birlashtirish). Qattiq disk-
da ketma-ket joylashgan ikkita mantiqiy disklarni bitta mantiqiy 
diskka birlashtiradi. Ikkinchi mantiqiy diskdan olingan ma’lu-
motlar birinchi diskda yuqori darajadagi katalogni hosil qiladi.
Tavsiflagan ustalar yordamida bajarilishi mumkin bo‘lgan 
operatsiyalar qandaydir ma’lumotlarning yo‘qotilishiga yoki ulardan 
foydalanish usulini o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Partition Magic dasturi qattiq diskdagi ma’lumotlar yo‘qolishining 
oldini olish uchun imkon qadar barcha choralarni ko‘radi, qattiq 
diskning mantiqiy tuzilishini o‘zgartirish bo‘yicha operatsiyalar bari 
bir ham ma’lumotlar uchun muayyan xavf-xatar bilan bog‘liqdir. Bu 
xavf Partition Magic dasturi bilan parallel ishlovchi boshqa dasturlar 
yoki kompyuter manbasining o‘chib qolishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Imkon qadar barcha ehtiyot choralarni ko‘rish, shuningdek, 
qimmatli ma’lumotlarni zaxiraga nusxalash haqida o‘ylash kerak.
Ko‘p tizimli kompyuter. 
Partition Magic
 
dasturini ishlatishning 
o‘ziga xos varianti ko‘p tizimli kompyuter, ya’ni bir necha operatsion 


60
tizimlar bilan ishlashni ta’minlovchi kompyuterlar yaratilishidan 
iborat. Kerakli operatsion tizim tanlovi bevosita kompyuter 
yoqilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Yuklanayotgan tizim tanlovi mexanizmi bo‘limlar jadvalida 
to‘rtta bo‘lim berilishi mumkinligiga asoslangan, bu vaqtda ope-
ratsion tizim u yerda bitta asosiy va bitta qo‘shimcha bo‘limlarni 
ko‘rishni kutadi. Tizimning boshlang‘ich yuklash davrida Partition 
Magic dasturi tarkibiga kiruvchi Boot Magic maxsus vositasi qaysi 
operatsion tizimning yuklanishi mo‘ljallanayotganligini so‘raydi, 
unga mos bo‘lgan bo‘limni faollashtiradi, boshqa operatsion 
tizimlarni yuklanishiga javob beruvchi bo‘limlarni yashiradi. Bunda 
yashirilayotgan bo‘limlar hajmi uncha katta bo‘lmasligi mumkin, 
chunki ular faqat operatsion tizimning yuklanishini ta’minlovchi 
fayllarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Shunday qilib, bitta kompyuterda uchta turli operatsion tizimlar-
ning ishga tushishini ta’minlash mumkin, masalan Windows, Linux i 
OS/2.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish