N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish


PCI shinasi ( Peripheral Component Interconnect



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

PCI shinasi
(
Peripheral Component Interconnect
,
 
tashqi 
komponentlarni ulash) – turli xil qurilmalarni ulash uchun eng keng 
tarqalgan va universal interfeys. 1993-yil Intel firmasi tomonidan 
ishlab chiqilgan. PCI shinasi VLB ga qaraganda ancha universal 
bo‘lib, 10 tagacha qurilmani ulash imkonini beradi. 80486 dan 
zamonaviy Pentiumgacha bo‘lgan har qanday protsessor bilan ishga 
sozlanish imkonini beruvchi o‘zining adapteriga ega. PCI ning 
taktlash chastotasi – 33 MHz, razryadligi 64 bitgacha kengaytirish 
imkoni bilan ma’lumotlar uchun 32 razryad va manzillar uchun 32 
razryadni tashkil qiladi. O‘tkazish xususiyati nazariy 132 Mbayt/s, 
64-bitli variantda esa 264 Mbayt/s. PCI lokal shinasining 2.1 
modifikatsiyasi 66 MHz gacha taktlash chastotasida ishlaydi va 64 
razryadlida 528 Mbayt/s gacha o‘tkazish xususiyatiga ega. Plug and 
Play, Bus Mastering va adapterni avtokonfiguratsiyalash ish tartibini 
qo‘llash amalga oshirilgan.


34
Bitta PCI shinasida to‘rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq bo‘lishi 
mumkin emas. PCI shinasining ko‘prigi (PCI Bridge) – bu PCI 
shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir. Host 
Bridge, ya’ni asosiy ko‘prik PCI ni tizim shinasiga (protsessor shinasi 
yoki protsessorlar) ulash uchun ishlatiladi. Peer-to-Peer Bridge – bir 
rangli ko‘prik – ikkita PCI shinasini ulash uchun ishlatiladi. Ikkita va 
undan ko‘p PCI shinasi kuchli shimoliy platformalarda qo‘llaniladi, 
chunki qo‘shimcha PCI shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish 
imkonini beradi.
PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‘rinishida izohlaydi: har 
bir kadr manzil fazasidan boshlanadi, bu faza izidan bir yoki bir nechta 
ma’lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda ma’lumotlar fazasi soni 
noma’lum, ammo qurilmaning shinadan foydalanishining maksimal 
vaqtini aniqlovchi taymer bilan cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy 
taymeriga ega.
Har bir almashuvda ikkita qurilma – almashuv tashkilotchisi 
(Inisiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Shinadan foyda-
lanishga bo‘lgan so‘rovlar arbitraji bilan tizimli plata chipsetining 
tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‘lama shug‘ullanadi.
Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri 64 
kontaktli ketma-ket joylashgan ikkita seksiyadan (har biri o‘zining 
kaliti bilan) iborat. Bu interfeys yordamida tizimli plataga videokarta, 
tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa qurilmalar 
ulanadi. Ko‘pincha tizimli platada bir nechta PCI razyomi bo‘ladi. 
PCI shinasi lokal shina bo‘lsa ham kengaytirish shinasining ko‘pgina 
funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI 
shinasi bor bo‘lsa, bevosita protsessorga emas (VLB shinasidan 
foydalanilganga o‘xshab), balki PCI shinasining o‘zi ga (kengaytirish 
interfeysi orqali) ulanadi. Masalaning bunday hal qilinishi tufayli 
shina protsessorga nisbatan mustaqil va protsessorga so‘rovlar bilan 
murojaat qilmasdan uning shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday 
qilib, protsessor shinasining yuklamasi kamayadi. Masalan, protsessor 
tizim xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti, bu vaqtda esa tarmoq 
orqali qattiq diskka axborot yozilyapti.
Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI kartasining 
komponentlari plataning chap yuzasida joylashgan. Shu sababli oxirgi 


35
PCI-sloti adapterning o‘rnatilish joyidan foydalanishni qo‘shni ISA-
sloti (Shared slot) bilan bo‘lishadi.
Uch o‘lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III, undan keyin 
Pentium IV protsessorlarining yaratilishi video ma’lumotlarni uzatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan PCI shinasining yuklamasini kamaytirishni 
talab qildi. Intel firmasi PCI ni takomillashtirdi va AGP magistral 
interfeysini qo‘shdi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish