N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova


-topshiriq. Matnlarni mazmunidan kelib chiqib kengaytiring



Download 1,03 Mb.
bet52/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
4-topshiriq. Matnlarni mazmunidan kelib chiqib kengaytiring.
Pul muomalasi va uni tartibga solish shartlari
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Markaziy bank respublika hukumati bilan birgalikda murakkab vazifalardan biri - makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabini qondirish borasida ish olib bordi. Lekin, bu davrda mustaqil pul tizimining asosini tashkil etuvchi milliy valutamizning muomalaga kiritilmaganligi va pul muomalasi sobiq sovet rubli doirasida amalga oshirayotganligi yangi tuzilma – Markaziy bankka mustaqil va to‘laqonli pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyatini bermas edi.
Mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xosligini namoyon qilishda milliy valutamiz muhim rol o‘ynashini hisobga olib, bu masala mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Prezidentimiz tomonidan umummilliy vazifa sifatida qo‘yildi va 1994 yilning 1 iyulida milliy valutamiz - so‘m muomalaga kiritildi. Shu asosda Markaziy bank mustaqil pul-kredit siyosatini olib borish va uning vositalaridan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Qat’iy pul-kredit tizimida valuta siyosati
Jahon tajribasidan ma’lumki, inflatsiya sur’atlarining pasayishi bilan bir vaqtda valuta kurslarining tarqalishi va real ishlab chiqarish hajmining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi makroiqtisodiy barqarorlikdan darak beradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda valutani tartibga solishga oid islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ushbu sohada shoshmashosharlik bilan islohotlarni o‘tkazgan ayrim MDH mamlakatlarining xatosini takrorlamaslik imkonini beradi. Alohida davlatlarda, masalan Qirg‘iziston, Gruziya va boshqa ayrim mamlakatlarda valuta bozorining qisqa muddatlarda erkinlashtirilishi chet el kreditlarini jalb qilish evaziga amalga oshirilgan edi.
Milliy iqtisodiyotda o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmi
Bank tizimining iqtisodiyotdagi muhim vazifalaridan biri korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni tez va aniq amalga oshirishdir. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida sobiq davlat banki tizimidan meros qolgan oddiy va uzoq muddat talab qiladigan to‘lov mexanizmidan foydalanishga majbur bo‘lgan edik. Bunda korxona va tashkilotlar bitta shaharda joylashgan bo‘lsa ham to‘lovlar o‘tishi yoinki hisob-kitob amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olishlari uchun bir yoki bir necha oylab kutishlariga to‘g‘ri kelar edi. Bu holat esa bozor sharoitidagi korxonalar faoliyatining rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilar, yangi to‘lov tizimini joriy qilish esa katta mablag‘larni talab etar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan O‘zbekiston tijorat banklariga jahon tajribasidan hali biror-bir davlat bank tizimida bo‘lmagan imtiyoz berildi, ya’ni ular soliqlarning besh turidan ozod qilindi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish