Mashg’ulot maqsadi. Qora suvarak misolida hasharotlar ichki organlari va sistemalarining tuzilishi hamda funksiyalari bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Elektron animatsiyalar va rangli jadvallardan foydalanish; qora suvarakni ichini yorib anatomiyasini ko’rish; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Tirik yoki 700 li spirtda fiksatsiyalangan qora suvaraklar; hasharotlarni ichki tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar; xloroform yoki efir; toza paxta; qisqichlar; o’tkir uchli qaychilar, to’g’rilagich va entomologik ignalar, qo’l lupasi, binokulyar mikroskoplar, buyum va qoplag’ich oynalar, toza suvli idishlar, tomizg’ichlar, parafinli idishlar, salfetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |