N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet194/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Mashg’ulot maqsadi. Qora suvarak misolida hasharotlarning tashqi tuzilishi va gavda bo’limlaridagi organlarning xilma-xilligini o’rganish.

Mashg’ulot uslubi. Jadvallardan va elektron animatsiyalardan foydalanish; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.

Kerakli jihozlar. Rangli jadvallar, tirik suvaraklar, xloroform yoki efir, qo’l lupalari, binokulyar mikroskoplar, vannachalar, to’g’rilagich ignalar, entomologik ignalar, o’tkir uchli qaychilar, qisqichlar, jarrohlik pichoqchalari, oq karton qog’ozlar, toza suvli idishlar.
O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni
Tip Bo’g’imoyoqlilar – Arthropoda

Kenja tip Traxeyalilar – Tracheata

Sinf Hasharotlar – Insecta

Kenja sinf Ochiq jag’lilar – Ectognatha

Turkum Suvaraklar – Blattoidea

Tur Qora suvarak – Blatta orientalis


Umumiy tushunchalar

Hozirgi vaqtda suvaraklarning 4000 dan ortiq turi bo’lib, shuning 22 turi O’rta Osiyoda uchraydi. Suvaraklar tabiatda toshlar ostida, tuproqda, eski binolarning devorlari kovagida, hashaklar ostida yashaydi. Suvaraklarning sinantrop guruhi vakillari esa xonadonlarda va molxonalarda yashaydi. Shunday turlardan biri qora suvarak uylarda, omborlarda, nonvoyxonalarda, oshxonalarda va oziq-ovqat bor bo’lgan joylarda uchraydi.

Suvarakning tanasi uch bo’limdan, ya’ni bosh (cephalon), ko’krak (thorax) va qorin (abdomen)dan iborat. Ushbu bo’limlarning tashqi yuzasi xitinli qoplag’ich bilan qoplangan. Bosh qismi ko’krakka ingichka belcha orqali tutashgan. Suvarakning bosh bo’limi 5 ta segmentning o’zaro qo’shilib ketganligidan hosil bo’lgan. Bosh uchburchak shaklda bo’lib, ancha qalin xitinli po’st bilan qoplanib, bosh qutichasini hosil qilgan. Boshning pastki qismida og’iz joylashgan, uning yuqori tomonini peshona qismi tashkil etadi. Boshning ikkala yon tomonida ancha uzun va mayda bo’g’imlardan (halqalardan) iborat bir juft mo’ylovlari joylashgan. Ular hidlash va sezish funksiyasini bajaradi. Mo’ylovlarning asosida bir juft murakkab (fasetka) ko’zlar joylashgan. Aytilganlardan tashqari boshda ikki juft og’iz oldi paypaslagichlari va orqa tomonida esa orqa (yelka) teshik ham bo’ladi.

Qora suvarakning tanasi silindrsimon, kattaligi 2-3 sm uzunlikda bo’lib, orqa-qorin (dorzoventral) tomonlarga qarab sezilarli yassilashgan. Urg’ochi va erkaklarida jinsiy dimorfizm aniq ifodalangan. Urg’ochilarining tanasi erkaklarinikiga nisbatan kengroq va qanotlari yaxshi rivojlanmagan.

Barcha hasharotlardagi singari suvarakda ham ko’krak uchta segmentdan iborat bo’lib, uning har biri ko’krakning bir bo’limini hosil qiladi. Shunga binoan ko’krak segmentlari ko’krak oldi, ko’krak o’rtasi va ko’krak oxiri bo’limlari deb ataladi. Suvarakning qorin tomonidan kuzatsak, ko’krak segmentlari ancha qalin xitinli qobiq hosil qilganligini ko’rish mumkin. Ushbu segmentlarning sternitlari ancha qattiq va mustahkam bo’ladi.

Rasm 85. Qora suvarak – Blatta orientalis

A – urg’ochi va B –erkak jinslarning tashqi tuzilishi,

D – erkagining yon tomondan ko’rinishi.



1 – bosh, 2 – oldko’krak, 3 – o’rta ko’krak, 4 – keyingi ko’krak bo’g’imi, 5 – qorin bo’limi, 6 – qanot, 7 – mo’ylov, 8 – yurish oyoqlari, 9 – toscha (chanoq), 11 – o’ynag’ich, 11 – son, 12 – boldir, 13 – panja va tirnoqchalar, 14 – serkalar, 15 – grifelchalar.
Hasharotlarning, jumladan suvaraklarda ham ko’krak bo’limi tanani harakatlantiruvchi qismdir. Ko’krakda ikki juft qanotlar va uch juft oyoqlar joylashgan. Ushbu qanotlar ko’krak o’rtasi va ko’krak oxiri segmentlarida o’rnashgan. Suvarakda erkak va urg’ochi jinslarda qanotlarning rivojlanganlik darajasi turlichadir, ya’ni erkak suvarakda qanotlari yaxshi rivojlangan, lekin uchishga moslashmagan. Urg’ochi suvarakda qanotlar juda qisqa. Oldingi juft qanotlari qalin va qattiq qanot qoplag’ichini hosil qilgan. Ikkinchi juft qanotlari yupqa xitinli va kalta. Umuman olganda urg’ochi suvarakning ikkala juft qanotlari ham anchagina reduksiyaga uchragan.

Hasharotlarda, shu jumladan suvaraklarda ham ko’krak bo’limida uch juft oyoqlar bo’ladi. Oyoqlarining birinchi jufti ko’krak oldi segmentida, ikkinchi jufti ko’krak o’rtasi segmentida va uchinchi jufti ko’krak oxiri segmentida joylashgan. Oyoqlar hasharotning ko’krak segmentlarini sterniti bilan plevritlari, qanotlar esa segmentning tergitlar bilan plevritlar tutashgan joyda o’rnashgan bo’ladi. Ko’krak oyoqlari tuzilishi jihatdan deyarli bir xil, ya’ni ular besh bo’g’imdan iborat. Asosiy bo’g’imi chanoq, undan keyin kalta o’ynag’ich, yirik va yo’g’on uchinchi bo’g’im - son, ingichka va uzun bo’g’im - boldir va oxirgi bo’g’imi - panja deyiladi. Panjaning oxirgi qismi juft tirnoqchalar bilan tugaydi.

Suvarakning oyoqlari yugurishga moslashgan. Oyoqlarining panja qismi nisbatan uzun bo’lib, biroz yassilashgan. Tirnoqchalarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan yostiqcha (pulvilla) hosil qilgan. Ushbu yostiqcha oyoqni substratga yopishishiga yordam beradi.

Suvarakning qorin bo’limi har xil kattalikdagi 10 ta segmentdan tashkil topgan. Qorinning oxirgi segmentida juft organ - serkalari joylashgan. Ushbu organ sezishda ishtirok etadi. Erkak suvaraklarda serkadan tashqari ya’na bir juft qo’shilish organi vazifasini bajaruvchi grifelchalari bo’ladi. Qorin bo’limi segmentlarining ostki tomonida nafas olish teshikchalari (stigmalar) joylashgan. Urg’ochi suvarakning qorin bo’limining oxirgi segmentida tuxum qo’ygich ham bo’ladi. U shakli o’zgargan qorin oyog’idir.


Ishni bajarish

1-ish. 700 li spirtda fiksatsiya qilingan suvaraklarni qisqich bilan olib vannachaga qo’ying, qo’l lupasi yordamida orqa tomonini kuzatib, erkak va urg’ochilarini aniqlab oling. Erkak suvarakni uzun qanotlariga va qorin qismining oxirgi segmentidagi grifelchalariga e’tibor bering.

2-ish. Suvarakning mo’ylovlarini ajratib oling va uni suvli soat oynasiga solib binokulyar mikroskopida kuzating. Uning ipsimon shakliga va mayda halqasimon bo’g’imlariga e’tibor bering.

3-ish. Suvarakning oyoqlaridan birini gavdasidan ajratib olib, buyum oyonasiga bir tomchi suv tomizib, oyoqni qo’yib, qo’l lupasida yoki binokulyar mikroskopda kuzating. Oyoqning asosiy bo’g’imlariga e’tibor bering.

4-ish. Suvarakning ko’krak qismidagi segmentlarni va uchinchi ko’krak segmentidagi qanotlarini tuzilishiga e’tibor bering. Shuningdek, qorin bo’limini ajratib olib, undagi serkalar, grifelchalar va tuxum qo’ygichni tuzilishiga e’tibor bering.

5-ish. Erkak va urg’ochi suvaraklarni tanasini umumiy tuzilishi rasmlarini chizing va ifodalab qo’ying.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish