N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,52 Mb.
bet187/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Chayonlarning qorin bo’limi o’rgimchaknikidan qanday farq qiladi?

  2. Chayonlar qanday ko’payadi?

  3. Falangalarning o’ziga xos belgilarini ayting.

  4. Kanalarning hayot tarzi haqida nimalar bilasiz?

  5. Kanalar qaysi belgilari bilan boshqa o’rgimchaksimonlardan farq qiladi?


KO’POYOQLILAR SINFI – MYRIOPODA
Umumiy xususiyatlari

Ko’poyoqlilar bo’g’imoyoqlilarning quruqlikda yashovchi ancha katta guruhi bo’lib, 15000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ularning ko’pchiligi tropiklarda va janubiy kengliklarda tarqalgan.

Ko’poyoqlilar tunda faol hayot kechirishga moslashgan, kunduzi esa ularni barglar ostida, nam tuproqda, daraxtlarning kovaklari va po’stlog’i ostida, toshlar ostida topish mumkin.

Tanasi bosh va gavda bo’limlaridan iborat. Bosh yaxlit. U akron va gavdaning 3 yoki 4 ta bo’g’imlarining o’zaro qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan. Boshdagi bir juft mo’ylovlari turli-tuman shaklda, bir shoxchali ipsimon yoki to’g’nag’ichsimon. Ular tuyg’u va hid bilish organlari vazifasini bajaradi. Boshda bir juft fasetka ko’zlari joylashgan. Fasetkani hosil qiluvchi oddiy ko’zchalar (ommatidiylar) ancha siyrak to’plam ko’rinishida. Jag’lari ikki yoki uch juft.

Ko’poyoqlilarning gavdasi har xil guruhlarida turlicha sondagi segmentlardan iborat, ya’ni pauropodalar – 14 ta, simfillarda – 19 ta, laboyoqlilarda – 181 tagacha bo’ladi. Gavda segmentlarining deyarli barchasi juft oyoqlarga ega. Gavdaning segmentlari past taraqqiy etganlarida gomonom, ko’pchiligida – geteronom. Geteronom segmentasiyada yirik bo’g’imlar mayda bo’g’imlar bilan navbatlashadi.

Ko’poyoqlilarning uzunliklari ham turlicha, ya’ni juda maydalari 1,5-3 mm, o’rtacha kattalikdagilari – 3-5 sm, ayrimlari (tropiklarda) 15-28 sm gacha bo’ladi.

Ko’poyoqlilar sinfi simfillar, pauropodlar, ikki juft oyoqlilar va laboyoqlilar kenja sinflarga ajraladi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish