N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet159/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni
Tip Bo’g’imoyoqlilar – Arthropoda

Kenja tip Jabra bilan nafas oluvchilar – Branchiata

Sinf Qisqichbaqasimonlar – Crustacea

Kenja sinf Jabraoyoqlilar – Branchiopoda

Turkum Bargoyoqli qisqichbaqasimonlar – Phyllopoda

Tur Dafniya – Daphnia pulex

Kenja sinf Jag’oyoqlilar – Maxillopoda

Turkum Kurakoyoqlilar – Copepoda

Tur Siklop – Cyclops streneus
Umumiy tushunchalar

Dafniya. Dafniya bargoyoqli qisqichbaqasimonlarning keng tarqalgan turlaridan biridir. U chuchuk suv havzalaridan hovuz, ko’l va sholipoyalarda yashaydi. Uning tanasi 1-3 mm kattalikda bo’lib, ikki yon (lateral) tomondan siqilib yassilashgan. Gavdasi xitindan iborat yupqa va tiniq ikki pallali ovalsimon chig’anoq (karapaks) bilan qoplangan. Chig’anoq ostida ichki organlari aniq ko’rinib turadi. Chig’anoqning bosh va dum tomonlari ochiq bo’ladi. Shuning uchun chig’anoq ichidan suv o’tib turadi. Suv jabraoyoqlarni yuvib o’tayotganda, uning tarkibidagi kislorod hisobidan nafas oladi. Shuningdek, suv bilan kirgan mayda oziq zarralari ham ushlab qolinadi. Chig’anoqning dum tomondagi qismining uchi ingichkalashib, uzun o’simta hosil qiladi. Ushbu o’simta dafniyaning muvozanat saqlash organi vazifasini bajaradi. Dafniyaning tanasi bosh, ko’krak va qorin qismlardan iborat. Boshi yarim doira shaklida bo’lib, uning oldingi qismi qorin tomonga tumshuqsimon cho’zilgan. Boshning keyingi qismi esa chig’anoq ostida qolib ketgan. U juda noaniq ko’rinadi. Boshning ko’krak bilan chegarasi deyarli bilinmaydi. Bosh qismidagi antennulalari rivojlanmagan bo’lib, ular boshning tumshuqsimon cho’ziq o’simtasi-rostrum ostida kichikkina, segmentlarga bo’linmagan ortiqlar ko’rinishida. Ushbu rudimentar ortiqlar bir tutam kalta qilchalarga ega bo’lib, kimyoviy sezish (xemoreseptor) vazifasini bajaradi. Antennalar bir juft, uzun va har biri ikki shoxchali va bo’g’imli. Ular dafniyaning harakatlanish organidir, chunki har bir shoxchasi tig’iz tuklarga ega. Antennalar yordamida dafniya suvda sakrab-sakrab harakatlanadi. Ushbu harakatlanish usuliga binoan dafniya «suv burgasi» deb ataladi. Dafniyaning boshida 1 ta murakkab (fasetka) ko’z va oddiy nauplius ko’zlari joylashgan.

Dafniyaning ko’krak qismida 5 juft yassilashgan oyoqchalari bo’lib, ular jabralarga ega. Ushbu oyoqchalar suvdagi oziq zarralarini sizib olishda ham ishtirok etadi. Dafniyaning oziqasi suv o’tlari, bir hujayrali hayvonlar, og’izaylang’ichlilar va boshqa mikroorganizmlardan iborat.

Rasm 68. Dafniya – Daphnia pulex ning tuzilishi.



1 –fasetkali ko’z, 2 –nauplius ko’zcha, 3 –antennula, 4 –antennalar, 5 –boshi, 6 –mandibula, 7 –ko’krak oyoqlarning birinchi jufti, 8 –ko’krak oyoqlarining qillari, 9 –ko’krak oyoqlarining jabra o’siqlari, 10 –qorin, 11 – ayricha,12 – qillar, 13 – chig’anoq, 14 – yurak, 15 – ichak, 16 – jigar o’simtasi, 17 – tuxumdon, 18 – chiqarish kamerasi (nasl qopchig’i), 19 – ayirish bezi, 20 – qorinning orqa o’siqlari, 21 – tananing oxirgi o’sig’i, 22 – ko’krak oyoqlari

Dafniyaning chig’anog’i orqali ayrim ichki organlarini aniq kuzatish mumkin, ayniqsa, ovqat hazm qilish organlari, yurak va nasl qopchig’ini bemalol ajratib olish mumkin. Og’iz tananing oldingi uchida joylashgan bo’lib, u yuqori lab bilan yopilgan bo’ladi. Og’izdan keyin qisqa qizilo’ngach boshlanib, u o’rta ichakka ochiladi. O’rta ichak orqa ichakka tutashgan. O’rta ichak «jigar» o’simtasi deb ataluvchi bir juft ortiq hosil qiladi.

Dafniyaning yuragi tananing yelka tomonida joylashgan. Qon aylanish sistemasida qon tomirlar rivojlanmagan. Yurakning ikki yon tomonida bittadan qon kiradigan va oldingi tomonida bitta qon chiqadigan teshikchalar (ostiyalar) bo’ladi. Yurak qisqarganda qon (anig’rog’i gemolimfa) uning oldingi teshikchasidan chiqib, bosh tomonga yo’naladi. Undan qaytib qorin tomondagi tana bo’shlig’iga keladi. Qon oyoqlarda kislorodga to’yinib, keyin ostiyalar orqali yurakka qo’yiladi.

Dafniyalar ayrim jinsli. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan kichikroq. Urg’ochilarning yelka tomonidagi chig’anoq ostida tuxum kamerasi joylashgan. Tuxum kamerasi tuxumdon bilan bog’langan. Kameraga tushgan urug’lanmagan tuxumlar yosh dafniyagacha rivojlanadi. Urug’langan yoki qishlab qoluvchi tuxumlar esa dafniya halok bo’lgandan keyin uning chig’anog’i ostida egarchalar (efippiylar) hosil qiladi. Efippiylar qishlab qoluvchi tuxumlarni tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi va shamol yordamida boshqa suv havzalariga tarqalishiga yordam beradi.

Siklop. Siklop kurakoyoqli qisqichbaqasimonlarning chuchuk suvlarda, ayniqsa ko’l, hovuz va ba’zan sholipoyalarda ko’p uchraydigan turlaridan biridir. Uning kattaligi 1,5-2 mm ga teng bo’lib, tanasi yelka va qorin tomonlarga biroz yassilashgan. Tanasi segmentlarga bo’lingan, lekin chig’anog’i bo’lmaydi. Tana boshko’krak va qorin bo’limlaridan iborat. Boshko’krak (sefalotoraks) 5 segmentdan, qorin qismi urg’ochilarida 4 ta, erkaklarida esa 5 ta segmentdan tashkil topgan. Boshko’rakning oldingi uchi ovalsimon (tuxumsimon) shaklda. Unda ikki juft mo’ylovlari bo’ladi. Ularning birinchi jufti antennulalar, ikkinchi jufti antennalar. Antennulalar ancha uzun bo’lib, sefalotoraksning o’rta qismigacha yetib boradi va u ancha ko’p sondagi mayda bo’g’imlardan tashkil topgan. Antennulalar ancha zich tuk va qilchalar bilan qoplangan. Ular tuyg’u vazifasini bajaradi. Shuningdek siklopning harakat qilishida ham ishtirok etadi, chunki suvni ma’lum qatlamida, tanani osilib turishini ta’minlaydi va uni suv tubiga cho’kishidan saqlaydi. Erkak siklopni antennulalarini uchki qismi ilmoqsimon bukilgan, ularda tukcha va qilchalar ham oldingi yarmida saqlangan, lekin siyrak va kalta bo’ladi. Bunday tuzilishga va shaklga ega bo’lgan antennulalar juftlashish vaqtida urg’ochilarini ushlab turish vazifasini ham bajaradi. Erkak va urg’ochi sikloplarning antennulalarini turlicha tuzilishi, jinsiy dimorfizmning muhim belgilaridan hisoblanadi. Antennulalar kelib chiqishi jihatidan halqali chuvalchanglarning palplari hisoblanadi. Ularning bir shoxchali bo’lishi ham ushbu fikrni tasdiqlaydi.

Siklopning antennalari antennulalarga nisbatan ancha kalta va bo’g’imlar soni ham kam bo’ladi. Ular kelib chiqishi jihatidan halqali chuvalchanglarning shakli o’zgargan birinchi juft parapodiylaridir.

Siklopning bosh qismidagi og’iz organlari bir juft yuqori jag’lar, ikki juft pastki jag’lardan, shuningdek bosh bilan qo’shilib ketgan segmentdagi bir juft jag’oyoqlardan iborat. Jag’lar va jag’oyoqlar yuqori va pastdagi xitinlashgan toq lablar bilan o’ralgan bo’ladi. Sikloplarda og’iz organlari oziqni tutib to’plovchi apparatni hosil qilgan. Boshda murakkab ko’z bo’lmaydi va faqat bitta oddiy nauplius ko’z joylashgan.

Sefalotoraksning ko’krak qismi 4 ta segmentdan iborat. Unda 4 juft ikki ayrili ko’krak oyoqlari bo’lib, shularning birinchi uch jufti suzish vazifasini bajaradi. Ko’krak oyoqlarning 4-jufti reduksiyalashgan va boshqalaridan keskin farq qiladi. Oyoqlar ko’krak segmentlarining har birida bir juftdan joylashgan. Oyoqlarning segmentlari (bo’g’imlari) orqa va qorin tomonga qarab yassilashgan hamda tanaga harakatchan birikkan. Oyoq segmentlari tukchalar va qilchalarga ega. Bunday oyoqlar eshkaksimon harakatlanadi. Shuning uchun siklop eshkakoyoqlilar turkumi vakilidir. Siklopda jabralar bo’lmaydi. Gazlar almashinuvi butun tana sathi orqali amalga oshadi.

Qorin bo’limi (abdomen) silindr shaklida. U 5 ta segmentdan iborat. Segmentlarda oyoqlar bo’lmaydi. Qorinning birinchi ikkita segmenti qo’shilib bitta genital (jinsiy) segmentni hosil qilgan. Urg’ochilarining qorin bo’limini ikki yon tomonida urug’langan tuxumlarga ega bo’lgan bir juft tuxum xaltalari bo’ladi. Qorin bo’limi ikki shoxli ayricha (furka) bilan tugaydi. Ayricha shoxchalari qillar bilan qoplangan. Suzish jarayonida uning ahamiyati kattadir.

Umuman siklopning gavda bo’limlarini tashkil etuvchi segmentlar har xil kattalikda, shaklda va tuzilishda bo’lganligi sababli, geteronom (bir-biriga o’xshamagan) segmentasiya deyiladi. Siklop tanasini juda yupqa xitin qoplag’ichi qoplab turganligi sababli, u orqali ichak sistemasi va jinsiy bezlari deyarli aniq ko’rinib turadi.



Rasm 69. Siklop - Cyclops streneus ning urg’ochisi



1 – ko’z, 2 – antennula, 3 – antenna, 4 – boshko’krak, 5 – ko’krakning erkin segmentlari, 6 – qorinning jinsiy segmenti, 7 – tuxum xaltasi, 8 – dum ayrisi, 9 – ichak, 10 – ko’krak muskullari, 11 – tuxumdon.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish