N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,52 Mb.
bet155/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Ikki pallali mollyuskalarning chig’anog’i qanday ochilib yopiladi?

  2. Baqachanoq qanday oziqlanadi?

  3. Baqachanoqning nafas olishini tushuntirib bering.

  4. Ikki pallali mollyuskalarning tanasi qanday bo’limlardan iborat?

  5. Baqachanoqning nerv tugunlari qayerda joylashgan?



BO’G’IMOYOQLILAR TIPI – ARTHROPODA
Bo’g’imoyoqlilar umurtqasiz hayvonlarning boshqa barcha tiplari orasida turli-tumanliligi va Yer sayyorasida keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda ushbu tipga 1,5 mln ga yaqin tur mansub bo’lib, turli xil muhitlarda, jumladan turli-tuman suv havzalarida, ayniqsa quruqlikda keng tarqalgan.

Bo’g’imoyoqlilarning tanasi tashqi tomondan zich xitinli kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplag’ichi ba’zilarida qalin va qattiq, ayrimlarida yupqa parda ko’rinishida bo’ladi. Kutikula qattiqligidan tashqari, suv bug’larini tashqariga o’tkazmasligi va hayvonni qurib qolishidan himoya qilishi bilan chuvalchanglarning oddiy kutikulasidan farq qiladi. Xitinli kutikula o’z xususiyati bilan egiluvchan, lekin cho’zilmaydi. Shunga binoan hayvonning rivojlanishi jarayonida gavda hajmining oshishi tufayli vaqti-vaqti (rivojlanish bosqichlarining almashinuvi) bilan eski po’st tushib, o’rniga gipoderma hisobidan yangi kutikula hosil bo’ladi. Ayrim guruh bo’g’imoyoqlilarining kutikulasida xitindan tashqari turli miqdorda organik va anorganik moddalar ham qo’shilgan bo’ladi.

Bo’g’imoyoqlilarda teri-muskul xaltasi bo’lmaydi. Uning o’rniga muskul tutamlari ko’rinishidagi ixtisoslashgan muskullar rivojlangan. Shuningdek, bo’g’imoyoqlilarda ilk bor ko’ndalang-targ’il muskul tolalari rivojlangan. Ushbu muskullarning bir uchi tana a’zolariga, ikkinchi uchi tana qoplag’ichining ichki qalinlashgan joylariga birikadi. Aksariyat bo’g’imoyoqlilar ko’ndalang-targ’il muskullari faoliyati tufayli juda ham harakatchan bo’ladi va faol usulda ozuqasini topadi. Bunday faollik ularning nerv sistemasi va sezuv organlarining rivojlanganlik darajasini ko’rsatadi.

Bo’g’imoyoqlilarda bo’g’imli, harakatchan oyoqlar hosil bo’lgan. Ushbu oyoqlar shu hayvonlarning harakatlanish a’zolari sifatida halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan. Bo’g’imoyoqlilarning xilma-xil shakldagi oyoqlari, shuningdek, qisqichbaqasimonlarning antennalari, kapalaklarning mo’ylovlari, qo’ng’izlarning baquvvat jag’lari, chivinlarning sanchib-so’ruvchi og’iz organlari kabilar ham shaklan o’zgargan parapodiylar hisoblanadi. Bo’g’imoyoqlilarning gavda bo’shlig’i birlamchi gavda bo’shlig’i bilan selomning qisman qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan. Bunday gavda bo’shlig’i miksosel deb ataladi.

Ovqat hazm qilish sistemasining uchala bo’limida ham ovqatni hazm qilishda qatnashuvchi va fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlar bo’ladi.

Qon aylanish sistemasi ochiq va uning markazida gavdaning orqa tomonida uzunchoq yoki pufakchasimon yurak joylashgan. Qon yurakdagi qopqoqchali teshiklar (ostiyalar) orqali o’tib, qon tomirlarga yoki yurakdan gavda bo’shlig’iga quyiladi. Gavda bo’shlig’ida qon gavda suyuqligi (limfa) bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi.

Nafas olish organlari turli-tuman. Birlamchi suvda yashovchi bo’g’imoyoqlilarda u jabralardan iborat. Quruqlikda yashovchilarida esa o’pkalar va traxeyalar sistemasi shakllangan.

Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarning nerv sistemasiga o’xshash bir juft halqum usti nerv tuguni (bosh miya), halqumni o’rab oluvchi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh miya uch bo’limdan, ya’ni oldingi (protoserebrum), o’rta (deytoserebrum) va keyingi (tritoserebrum) bo’limlardan iborat.

Ajratish organlari aksariyat guruhlarida malpigiy naylaridan iborat. Suvda yashovchilarida halqali chuvalchanglar metanefridiylarining o’zgarishidan hosil bo’lgan bir juft naysimon bezlardan iborat. Bunday bezlar koksal bezlar deyiladi, chunki ularning chiqarish teshigi ko’krak oyoqlar yoki antennalar asosida tashqariga ochiladi.

Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli hayvonlardir va faqat jinsiy usulda ko’payadi. Ayrim guruhlarida partenogenez ko’payish usuli ham mavjud. Rivojlanishi to’g’ri yoki metamorfoz orqali amalga oshadi.



Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish