Mashg’ulot maqsadi. Odam askaridasi va bolalar ostritsasi misolida nematodalarning tashqi va ichki tuzilishini hamda hayot sikllarini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Rangli jadvallar, elektron animasiyalar hamda fiksatsiyalangan ho’l va mikropreparatlar demonstrasiyasi, savol-javoblar orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Askarida va ostritsaning tashqi va ichki tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, 5 % li formalinda fiksatsiyalangan askaridalar va uning anatomik tuzilishini ho’l preparati, tanasining ko’ndalang kesimi mikropreparati, bolalar ostritsasining formalinli va bo’yalgan tayyor mikropreparatlari, MBI-1 va MBS-1 mikroskoplari, qo’l lupalari, jarrohlik pichoqlari (skalpellar), qisqichlar, har xil qaychilar, to’g’rilagich va entomologik ignalar, buyum va soat oynachalari, parafinli idishlar, toza suvli idishlar, tomizgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |