N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet110/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni
Tip Yassi chuvalchanglar – Plathelmintes

Sinf Tasmasimon chuvalchanglar – Cyestoda

Turkum Zanjirsimon solityorlar – Cyclophyllidea

Tur Qoramol solityori – Tayeniarhynchus saginatus

Tur Cho’chqa solityori – Taenia solium
Umumiy tushunchalar

Qoramol solityori. Qoramol solityori hayot siklini xo’jayin almashtirish bilan olib boradi. Voyaga yetgan davrida asosiy xo’jayini-odamning ingichka ichagida yashasa, lichinkalik davrida qoramolning (oraliq xo’jayin) muskullari orasida yashaydi. Qoramol solityori biogelmint, shunga binoan, tashqi muhitda rivojlanishini amalga oshira olmaydi.

Qoramol solityorining voyaga yetgan tasmasimon davri 7-12 metr, ba’zan 15 metr uzunlikda bo’lib, strobilasi (umumiy gavdasi) ming dona, ba’zan undan ham ko’proq bo’g’imlardan iborat. Tanasining oldingi uchi kichikkina boshcha (skoleks) dan iborat. Skoleksning oldingi yarmi biroz kengroq, diametri 1,5-2mm ga teng, keyingi qismi ensiz. Boshcha muskullar bilan ta’minlangan 4 ta so’rg’ichga ega. Ular boshning tepa qismida simmetrik joylashgan. Boshchaning tepa (apikal) qismining o’rtasi biroz chuqurlashgan. Qoramol solityorining skoleksida xitinlashgan kutikulyar ilgakchalar bo’lmaydi, shunga binoan ushbu chuvalchang qurollanmagan solityor deb ataladi. Skoleksdan keyin, bo’g’imlarga bo’linmagan kaltagina joyi-bo’yin qismi yangi yosh bo’g’imlarni hosil qiladigan joy hisoblanadi. Yangi-yangi bo’g’imlarni hosil qilish jarayoni strobilyatsiya deyiladi. Chuvalchangning bo’g’imlardan iborat yaxlit tanasi strobila deb ataladi. Qoramol solityorining teri-muskul xaltasining tuzilishi so’rg’ichlilarnikiga o’xshaydi. Farq qiladigan tomoni shuki, tasmasimonlarda, jumladan qoramol solityorida ham tegumentning yuza qismi har xil bo’rtmalar yoki barmoqsimon o’simtalar hosil qiladi. O’simtalarning yuza qismi ingichka mikrovorsinkalar (mikrotrixiyalar) bilan qoplangan. Ushbu mikrovorsinkalar tuzilishi va fiziologik xususiyati jihatidan umurtqali hayvonlarning ingichka ichaklaridagi mikrovorsinkalarga o’xshaydi. Solityor o’z xo’jayinining ingichka ichagidagi tayyor oziqa moddalarni so’rib olishga moslashgan.



Rasm 45. Qoramol solityorini umumiy ko’rinishi.


Qoramol solityorida ham boshqa tasmasimonlarniki singari qon aylanish va nafas olish organlari bo’lmaydi. Ularning tanasidagi (parenximada) glikogen fermentlar ta’sirida parchalanib karbonat angidrid, vodorod va yog’ kislotalari hosil qiladi. Ushbu jarayonda ajraladigan energiyadan foydalanib solityor anaerob usulda nafas oladi.

Qoramol solityorining ajratish organlari protonefridial tuzilishda bo’lib, u parenximadagi kiprikli hujayralardan boshlanadi. Har bir hujayradan nozik naychalar boshlanib, ular boshqa xuddi shunday naychalar bilan qo’shilib, oxiri tananing ikki yon tomonidagi umumiy kanallarga ochiladi. Yon kanallar tananing orqa uchidan boshlanib, skoleksgacha davom etadi. Bu joyda kanallar bukilib, chuvalchangning qorin tomoniga o’tadi va tananing orqa uchigacha qaytadi. Har bir bo’g’imda bo’ylama kanallar proglottidning pastki qismida ko’ndalang kanal bilan qo’shiladi va siydik pufagini hosil qiladi. Pufak esa chiqarish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Keyinchalik birinchi yetilgan proglottid asosiy tanadan uzilib tushganda, ajratish kanallarining har biri mustaqil ravishda chiqarish teshigiga ega bo’lib qoladi.



Rasm 46. Qoramol solityori



A – tanasining oldingi qismi, B – bosh qismi (skoleks) ning ustki tomondan ko’rinishi: 1 – so’rg’ich, 2 – bo’yin qismi, 3 – bo’g’imlar (proglottidlar); С – cho’chqa solityorining skoleksi: 1-so’rg’ich, 2 – xartumcha, 3 – ilmoqchalar.
Strobilani tashkil qiluvchi proglottidlar tuzilishi, o’lchami va rivojlanganlik darajasiga binoan uch xilga bo’linadi. Bo’yin qismining ko’ndalangiga bo’linib, hosil qiladigan yosh proglottidlari ancha kichik va jinsiy organlar shakllanmagan bo’ladi. Bunday yosh proglottidlar sekin-asta kattalashib, ichida jinsiy organlarning shakllana borishini ko’rish mumkin. Bo’yindan boshlab, taxminan 250-300-bo’g’imlargacha yosh proglottidlardan iborat. Yosh proglottidlarning bo’yi eniga nisbatan ancha qisqa. Strobilaning taxminan 300-bo’g’imlaridan boshlab, germafrodit proglottidlar shakllana boshlanadi. Germafrodit bo’g’imlar to’rtburchaksimon ko’rinishda, eni va bo’yi 0,7-1,0 sm ga teng. Unda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlar rivojlangan bo’ladi. Erkaklik jinsiy organlari proglottid parenximasida joylashgan 100 dan ortiq pufakchasimon urug’donlardan iborat. Urug’donlarning har biridan urug’ o’tkazuvchi ingichka kanalcha boshlanadi. Ushbu kanalchalar o’zaro bir-biri bilan qo’shilib, bitta umumiy urug’ yo’lini hosil qiladi. Urug’ yo’li bir qancha burmalar hosil qilib, proglottidning yon tomonidagi xaltachada joylashgan kuyikish organi-sirrusga tutashadi. Sirrus esa jinsiy kloakaga qayrilgan holatda bo’ladi. Urg’ochilik jinsiy sistemasi proglottidning pastki tomonida joylashgan bir juft shoxlangan tuxumdondan iborat. Tuxumdonlar o’zaro qo’shilgan joydan tuxum yo’li boshlanadi. Tuxum yo’li ingichka naysimon qinga tutashadi. Qinning boshlangan qismi biroz kengayib, urug’ qabul qiluvchi pufakchani hosil qiladi. Urug’ qabul qiluvchi pufakchaning bir tomon uchi erkaklik jinsiy sistemasining teshigi yonidagi jinsiy kloakaga ochiladi. Har bir germafrodit proglottidning eng pastki qismida uchburchak shaklida sariqdon joylashgan. Sariqdonning naychasi tuxum yo’li bilan qo’shilib ootipni hosil qiladi. Ootipga Melis tanachasi va bachadon ham kelib qo’shiladi. Ootipda jinsiy hujayralar qo’shilgandan so’ng sariqlik bilan o’raladi va Melis tanachasi bezidan ajralgan suyuqlik hisobidan po’stga o’raladi. Bunday po’stga o’ralgan tuxumlar asta-sekin bachadonga o’ta boshlaydi. Urug’langan tuxumlarning bachadonga o’tishi tufayli, u kengayib yon shoxchalar hosil qiladi. Bir vaqtning o’zida proglottid ichidagi jinsiy organlar reduksiyalanib, yo’qolib boradi, ularning o’rnini bachadonning yon shoxchalari egallaydi. Lekin jinsiy sistemada urug’ yo’li, sirrus, vagina va jinsiy kloaka saqlanadi.

Rasm 47. Qoramol solityorining jinsiy sistemasini tuzilishi.



A – urg’ochi jinsiy sistemasining tuzilishi, B – tuxum ichidagi onkosfera, C – qoramol solityorining germafrodit bo’g’imi

1-5 – erkak jinsiy sistemasining organlari (1 – urug’donlar, 2 – urug’ chiqarish naylari, 3 – urug’ yo’li, 4 –qo’shilish organi-sirrus, 5 – jinsiy kloaka), 6-12 – urg’ochi jinsiy sistemasining organlari (6 – qin, 7 – tuxumdon, 8 – sariqdon, 9 – ootip, 10 - bachadon, 11 – ayirish sistemasining bo’ylama kanali, 12 – ayirish sistemasining ko’ndalang kanali.
Bunday proglottidlar yetilgan bo’g’imlar deb ataladi. Qoramol solityorining yetilgan bo’g’imida bachadonning yon shoxchalari 17 tadan 35 tagacha bo’ladi. Bitta yetilgan bo’g’imda urug’langan tuxumlarning soni 150-175 ming donagacha bo’lishi mumkin.

Yetilgan bo’g’imlar strobilaning keyingi qismida shakllanib, ular ancha yaxshi va nisbatan kuchli muskullar bilan ta’minlangan. Shunga binoan strobilaning oxirida joylashgan yetilgan bo’g’imlar bitta-bittadan uzilib, o’z harakatlari bilan anus orqali tashqariga chiqishi mumkin.

Qoramol solityorining rivojlanishi xo’jayin almashtirish bilan amalga oshadi. Solityorning voyaga yetgan davri odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Strobilaning oxirgi qismidagi yetilgan proglottidlar germafrodit proglottidlarga nisbatan 2-2,5 baravar uzun ya’ni, 2-3 sm, eni 10-12 mm ga teng bo’ladi. Yetilgan proglottidlar bachadonidagi urug’langan tuxumlar ichida dumaloq shaklli olti ilmoqli embrion-onkosfera lichinkasi rivojlanadi. Bachadonning tuxum chiqarish teshigi bo’lmaganligi sababli, ular proglottid bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Solityor bilan zararlangan odam bir sutkada 6-11 tagacha yetilgan proglottidlarni najas bilan tashqi muhitga chiqarib turadi. Tashqi muhitga chiqarilgan tuxumlarni qoramol oziqa bilan birga o’ziga yuqtiradi. Qoramolning ovqat hazm qilish sistemasiga (oshqozonga, ichakka) tushgan tuxumlarni po’sti hazm fermentlari ta’sirida yemirilib, ichidan chiqqan onkosfera lichinkasi (kattaligi 30-40 mkm) ichak devorini teshib qon oqimiga o’tadi va butun organizmga tarqaladi. Ayniqsa skelet muskullari, ba’zan yurak, ko’z, jigar, o’pka, bosh miya kabi organlarga borib, o’rnashib, ilmoqchalarini yo’qotadi va 4-6 oy davomida navbatdagi lichinkaga-sistiserkka aylanadi. Sistiserk no’xat kattaligidagi pufak ichida yashab, parazitlik qiladi. Uning uzunligi 7-15 mm, eni 3-8 mm. Sistiserkli pufak finna deb ataladi. Pufak ichida lichinkaning 4 ta so’rg’ichga ega bo’lgan skoleksi qayrilgan holatda bo’ladi.

Rasm 48. Solityorlarning yetilgan bo’g’imlari.



A – cho’chqa solityori, B – qoramol solityori

1 – bachadon, 2 – urug’ yo’li, 3 – qin
Finnalar bilan zararlangan qoramol go’shtini odam yaxshi pishirmay yoki qovurmay iste’mol qilganda solityor lichinkalarini o’ziga yuqtiradi. Odam ichagiga tushgan sistiserk lichinkasi so’rg’ichlari yordamida ichak devoriga yopishib 80-90 kunda voyaga yetadi va germafrodit proglottidlar hosil qilaboshlaydi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish