N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet170/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Umumiy tushunchalar

O’noyoqli qisqichbaqasimonlar ancha yirik va murakkab tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imoyoqlilardir. Ularning bosh qismi protosefalonida ikki juft mo’ylovlari (antennula va antenna) va poyachali bir juft fasetkali ko’zlari joylashgan. Poyacha harakatchan bo’lib, ko’rish maydonini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Poyachada joylashgan ichki sekresiya bezlarining gormonlari pigmentni hujayra ichida tarqalishi, moddalar almashinuvi va qon tarkibidagi shakar va kalsiy moddalarining miqdorini boshqarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi.

Murakkab ko’zlar pigment hujayralar qavati bilan bir-biridan ajralib turadigan juda ko’p, ba’zan bir necha minglab mayda ommatidiy (ko’zcha)lardan tashkil topgan. Murakkab ko’zning bunday tuzilishi ma’lum buyumni mozaik ko’rish orqali butun tasvirini hosil qiladi. O’noyoqli qisqichbaqasimonlarning tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat. Boshko’krak umumiy qalin xitinli kutikula bilan qoplangan. Barcha ko’krak bo’g’imlari uch juft jag’ bo’g’imlari bilan qo’shilib, yaxlit jag’ ko’krakni hosil qiladi. Jag’ko’krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. O’noyoqlilarning ko’krak qismidagi 8 juft oyoqlarining uch jufti jag’oyoqlarga aylangan. Ular oziqni ushlash va og’iz teshigiga surish uchun xizmat qiladi. Ko’krakdagi qolgan 5 juft (10 ta) oyoqlar harakatlanishda ishtirok etadi. Shuning uchun ushbu qisqichbaqasimonlar o’noyoqlilar deb ataladi.

O’noyoqlilarning qorin bo’limi har xil tuzilgan. Masalan, suvda suzuvchi krevetkalarda qorin yaxshi rivojlangan va u ikki yondan siqilgan bo’lib, suzgich oyoqlar (pleopodlar) bilan ta’minlangan. Zohid qisqichbaqasida qorin qoplag’ichi juda yumshoq, krablarning qorin qismi juda ham kichraygan, bo’g’imlari soni qisqargan, qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan, dum suzgichi reduksiyalangan.

O’noyoqlilar tanasining rangi xilma-xil bo’ladi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki ko’kimtir, suv o’tlari orasida uchraydigan turlari esa himoya rangida-yashil bo’ladi. Ayrim o’noyoqlilar tana qoplag’ichining rangi tashqi muhit rangining o’zgarishi ta’sirida yoki bir sutka davomida o’zgarib turadi. Qisqichbaqalar tanasining rangi tana qoplag’ichidagi karotinoid pigmenti (aktoksantin)ga bog’liq. Toza holda bu pigment qizil rangda bo’ladi. Pigment organizmda oqsillar bilan birikib ko’kish yoki kulrang tusga kiradi. O’noyoqli qisqichbaqasimonlar bir necha yildan (krevetkalar) 20-25 yilgacha (daryo qisqichbqalari, krablar), ba’zi turlari (omarlar) 50 yilgacha yashaydi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish