N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet111/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Cho’chqa solityori. Cho’chqa solityori ham qoramol solityori singari odamning ingichka ichagida parazitlik bilan yashaydi. Strobilasining uzunligi 2-3 metr, ba’zan 7 metrgacha bo’ladi. Tanasi skoleks, bo’yin va 900 ga yaqin proglottidlardan iborat. Skoleksini kattaligi 2 mm ga teng, unda 4 ta so’rg’ich va boshning xartumchasida ikki qator aylanma bo’lib joylashgan har xil kattalikdagi xitinli ilmoqchalar joylashgan. Yirik ilmoqchalarning uzunligi 0,16-0,18 mm, kichiklari esa 0,11-0,12 mm ga teng. Solityorning xartumchasidagi xitinli ilmoqchalarni bo’lishiga qarab, u qurollangan solityor deb ataladi. Germafrodit proglottidlarning har birida yuzlab pufakchasimon urug’donlar va uch bo’lakli bitta tuxumdoni bo’lib, jinsiy teshiklar umumiy kloakaga ochiladi. Kloaka esa proglottidning yon tomonida tashqariga ochiladi. Proglottidlarda muskullar yaxshi rivojlanmagan. Yetilgan proglottidlarda bachadon 7-12 ta yon shoxchalar hosil qiladi. Strobiladagi oxirgi yetilgan bo’g’imlarning har birini uzunligi 10-12 mm, eni 5 mm ga teng bo’ladi. Yetilgan bo’g’imlar strobiladan 5-6 tadan bo’lib uzilib najas bilan tashqi muhitga chiqariladi. Cho’chqa solityorining yetilgan bo’g’imlari qoramol solityorinikidan farqli ravishda harakatlanish xususiyatiga ega emas, chunki yuqorida qayd qilganimizdek uning muskullari past taraqqiy etgan.

Cho’chqa solityori ham qoramol solityori singari biogelmint. Uning rivojlanishida asosiy va oraliq xo’jayinlar ishtirok etadi. Odam asosiy xo’jayin hisoblanadi. Cho’chqa, qobon, it, mushuk, tuya, quyon kabi sut emizuvchilar oraliq xo’jayin vazifasini bajaradi.

Cho’chqa solityorining lichinkasi ham sistiserk deyilib, u cho’chqa va boshqa oraliq xo’jayin bo’luvchi sut emizuvchilarning har xil to’qima va organlarida ikki qavat po’stga o’ralib, no’xat kattaligidagi pufakcha-finna holida joylashib parazitlik qiladi. Finna ichida suyuqlik va 4 so’rg’ichli hamda ikki qator ilmoqchali xartumchaga ega bo’lgan sistiserk lichinkasi joylashgan.

Odam finna bilan zararlangan cho’chqa go’shtini xom yoki chala pishirib iste’mol qilishi orqali parazitni o’ziga yuqtiradi. Oshqozon va ichakda hazm shiralari ta’sirida finna po’sti erib ketadi va undagi lichinka ichakning shilliq qavatiga so’rg’ich va ilgakchalari yordamida yopishib o’sadi va 2-3 oydan keyin voyaga yetadi.

Cho’chqa solityori bilan zararlangan odam o’z ahlati bilan atrof-muhitni ifloslantiradi. Cho’chqa va boshqa oraliq xo’jayin bo’luvchi hayvonlar iflos suv va har xil oziqa maxsulotlari bilan solityorning tuxumlarini o’ziga yuqtiradi. Oraliq xo’jayin tanasida tuxumdan chiqqan olti ilmoqli onkosfera lichinkasi qon va limfa tomirlariga o’tib muskullarga, ko’z, bosh miya va boshqa organlarga o’rnashadi va maxsus po’stga o’ralib, 2-4 oyda sistiserkga aylanadi. Sistiserk cho’chqa tanasida 6 oygacha yashaydi. Odam cho’chqa solityori uchun ba’zan oraliq xo’jayin ham bo’lishi mumkin. Solityorning tuxumlari ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali odamning ichagiga tushishi mumkin. Ichakda tuxumdan chiqqan onkosfera lichinkasi ichak devori orqali qonga o’tib, u bilan muskullarga, ko’zga, bosh miyaga, yurakka va boshqa organlarga borib, po’stga o’ralib finnaga aylanadi. Finna ichida esa sistiserk lichinkasi rivojlanadi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish