N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

«Oddiylik - o‘g‘rilikdan yomon» 
degan hikmatni 
anoyi odam aytmagani aniq. Siz ham, mening 
soddagina birodarim, oddiy ko‘cha so‘zlari atrofida 
o‘ralashmang. 
Mening amerikalik harbiy o‘quvchilarimdan 
birining rus tili bo‘yicha ilk ustozi boltiqbo‘yilik 
shaxs ekan. O‘sha kursant rus tilida yengil 
boltiqbo‘yi aksentida gapirar edi. 
Ha, aytganday, ishonchli xizmat vakillari 
bo‘lmish do‘stlarimning xabar qilishlaricha, 
mening o‘zbek tanishim rus tilida binoyiday 
so‘zlashni o‘rganib olganmish. Shahar bozorlaridan 
birida farrosh bo‘lib ishlayotgan bu azamatning 


83
so‘zlashuv uslubi zodagonlarnikidan qolishmas-
mish. Joni og‘rib turgan bir ahvolda «Meni avf 
etasiz, muhtaram janob, sizga shuni ma’lum 
qilishga majburmanki, kuvaldani oyoqlarimga urib 
oldingiz», - degan emish. Uning bu safargi til 
o‘rgatuvchisi rus mumtoz adabiyotining muxlisi 
ekanligi aniq. 
Ha, modomiki, biz yo‘lda ekanmiz, hamisha 
ehtiyot bo‘lishga to‘g‘ri keladi. 
Men sizga nimani o‘qish kerakligi borasida 
tavsiyalar berdim. Ko‘radigan, tinglaydigan-
laringizni ham ajratib olgan bo‘lsangiz kerak. Yo‘q, 
shu yerda biroz to‘xtab o‘taylik. Siz tajribasizlik 
qilib, o‘rganayotgan tilingizda aytilgan har qanday 
qo‘shiq so‘zlarini tarjima qilishga urinishingiz 
mumkin. Ko‘pincha hech baloga tushunmaysiz. 
Hozir dunyoda shunday guruhlar urchib ketganki, 
ularning tilini tuqqan onalari ham tushunmasalar 
kerak. Siz bunday aljiraganlar bilan alahsib 
o‘tirmang. 
Televideniye orqali beriladigan yangiliklar va 
tahliliy ko‘rsatuvlarni ko‘rish foydadan xoli 
bo‘lmaydi. Tabiiyki, men unda aytilgan har bir 
narsaga ishoning, deyayotganim yo‘q. Yaxshi 
tomoni televideniyeda ko‘rgan yangiliklar matnini 
internetdan topishingiz mumkin. 


84
Til o‘rganishda hayvonot va nabodot olami, 
tabiat sirlari, jug‘rofiy kashfiyotlarni aks ettiruvchi 
filmlarning foydali ta’siri katta. Bunday filmlarning 
tili juda boy bo‘ladi. 
Yana bir gap. Professional suxandonlar, hech 
shubhasiz, matnlarni standart tilda o‘qiydilar. 
Talaffuzlar, ohanglar adabiy bo‘ladi. Shu joyda ham 
hushyorroq bo‘lasiz. Misol uchun, suxandonlar 
tomonidan rus tilida o‘qilgan matnni eshitib 
ko‘ring. Bu tilda hamisha shunday gapirish kerak 
deb o‘ylaysizmi? Aslo yo‘q. Bu xuddi baliq oviga 
smoking kiyib borishday yoki avtobus bekatiga 
soldatcha qadam tashlab, har bir qadam tashlaganda 
oyoklarning asfaltga 30 sm yuqoridan tushishini 
nazorat qilib borishday gap. Bu holatlar kulgili 
tuyulishidan tashqari, hayotda standart tilda 
so‘zlash ba’zi anglashilmovchiliklarni, eng yomoni 
sun’iylikni keltirib chiqaradi. 
Hech bir soha kishisi o‘z soxasi bo‘yicha hamma 
narsani bilmaydi. Hamma o‘z imkoniyati 
darajasidagina biladi. Til o‘rganayotganda ham 
imkoningiz yetmaydigan narsalarni o‘zingizdan 
talab qilmang. Hammasiga baravar urinmang. 
Qaysidir o‘rinda hafsalangiz pir bo‘lib qolsa, 
boshlagan ishingiz o‘lda-jo‘lda qolib ketishi 
mumkin. 


85
Mening aziz tinglovchim! Saboqlarimiz deyarli 
oxirlab bormoqda. Men risolamning oxirgi qismida 
o‘tgan saboqlarimizni umumlashtirgan holda ayrim 
savollaringizga javob bermoqchiman. 
Demak, sizning savollaringizga mening 
javoblarim: 
Til o‘rganish jarayonidagi matritsa nima o‘zi? 
Matritsa - suxandonlar tomonidan baland ovoz 
va standart ohangda o‘qilgan 20-30 chog‘li dialog 
va matnlar demakdir. 
Matnlarni qayerdan tanlab olgan ma’qul? 
Matnlarni tanqidchilarning o‘tkir nazaridan 
o‘tgan qo‘llanmalardan olish maqsadga muvofiqdir. 
Tilni matritsa yordamisiz ham o‘rgansa 
bo‘ladimi? 
Albatta bo‘ladi. Ammo matritsa - til 
o‘rganishning eng oson va qisqa yo‘lidir. 
20-30 chog’li dialoglarni deyarli yoddan 
biladigan 
odam 
tilni 
yaxshi 
o‘rgangan 
hisoblanadimi ? 
Yo‘q, matritsa - bu til o‘rganishning birinchi 
bosqichi xolos. Agar dialoglar ularni tinglash 
mobaynida o‘z-o‘zidan sizga yod bo‘lib qolgan 
bo‘lsa, bundan faqat quvonish kerak. 


86
25-30 ta dialog va matnni birvarakayiga 
o‘rganish kerakmi? 
Bu bilan siz «men yarim kilo pishgan go‘shtning 
hammasini lunjimga tiqishim va yamlamay 
yutishim kerakmi?», - deganday bo‘ldingiz. Yo‘q, 
azizim, o‘zingizni aslo azoblamang. Siz go‘shtni 
oz-ozdan kesib olib, og‘zingizga solishingiz va 
shoshilmay, yaxshi chaynab yeyishingiz kerak. 
So‘z va iboralarni to‘gri talaffuz qilishni 
qanday o‘rgansam bo‘ladi? 
Harflarga qarab talaffuzni o‘rganib bo‘lmaydi. 
Ayniqsa yozilishi bilan aytilishi orasida katta farq 
bo‘lgan so‘zlarda boy tillarni o‘rganayotganda. 
Yozuv - portretday bir gap. U tashqi ko‘rinishdan 
boshqa hech narsani anglatmaydi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish